Roman-german filologiyasi fakulteti
1.57K subscribers
12.5K photos
802 videos
36 files
2.26K links
ÖzDJTU, Roman-german filologiyasi fakulteti rasmiy kanali

Şikoyat, taklif va murojaat uçun: Yoşlar masalalari bo’yiça dekan maslahatçisi Şahzoda
Matlabxonova
@matlabxonovaa
Download Telegram
✨Milliy til – xalqlar va millatlarning asosiy muloqot manbaidir. Til xalqlarni birlashtiradi, tarbiyalaydi, o‘qitadi, urf-odat, an’ana va madaniyatlarni saqlaydi, avloddan-avlodga o‘tishini ta’minlaydi.
21-oktabr o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun. Shu mubosabat bilan joriy yilning 21-oktabr kuni O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti, Xotin-qizlar kengashi fakultet maslahatchisi, fakultet tyutorlari hamda fakultet koordinatorlari bilan birgalikda 6-talabalar turar joyida "Ona tilim-oltin tilim" mavzusi ostida davra suhbati bo'lib o'tdi.
⚡Tadbir jarayonida talabalar bilan tilimiz haqidagi turli xil ma'lumotlar almashinildi. Hamda tilimizga bo'lgan hurmatni yanada oshirish maqsadida #Uzbek_corner (milliy burchak) tashkil qilindi.
🔥2❤1
🔥TALANT SHOU

⚠️Oʻz iqtidoringizni ko'rsating va pul mukofotiga ega bo'ling

Hurmatli talabalar, iste'dodingizni namoyish etib, diqqat markazida boʻlishni hohlaysizmi ?

Unda ushbu tanlov aynan siz uchun!

📣Ishtirokchilar qoʻshiq, raqs, cholgʻu chalish kabi yoʻnalishlarda oʻz mahoratlarini koʻrsatishlari mumkin.

⚠️G'oliblar uch nominatsiya orqali aniqlanadi va taqdirlanadi:
🎖“Eng yaxshi qo’shiq ijrochisi” 1.000.000 so‘m
🎖“Milliylikni aks etgan raqs talqini uchun”
1.000.000 so‘m
🎖“Eng yaxshi havaskor gitarachi” 1.000.000 so‘m

📌Tanlov 24-oktabr soat 12:00 da Ingliz tili 2-fakulteti 201-xonada bo'lib o'tadi.

⚠️Ro'yxatdan o'tishni hisobga olib, ishtirokchilardan 11:30 gacha yetib kelishlari so'raladi.

✅ @YoshlarIttifoqi_UzDJTU
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😍2👍1
Yurtimizda “Gender tenglikka erishish borasida ham tizimli ishlarni olib borilayotgani, xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi ulushi esa birinchi marta 35 foizga yetdi. Bu borada O'zDJTU da amalga oshirilayotgan ishlarga Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mulkchilik shaklidan qat’iy nazar korxona, tashkilot, muassasalarda mehnat qilayotgan xotin-qizlar hamda uy bekalari uchun “Yil ayoli” milliy tanlovining tashkil etilayotgani yaqqol misoldir. Tanlov orqali mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga o‘zining ulkan hissasini qo‘shib kelayotgan, yuksak ma’naviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat, o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan soha nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari bo‘lgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsad qilingan bo'lib, Joriy yilning 19-oktabr kuni O'zDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti ispan tili nazariy fanlar kafedrasi katta o'qituvchisi Achilova Zulhumor Pulatovna tanlovning tuman bosqichi g'olibasi bo’lib, shahar bosqichiga yo’llamnani qo’lga kiritdi. Tadbirda ishtirok etgan barcha nominatsiya g'oliblariga diplom va esdalik sovg'alari topshirildi.
🎉5
Forwarded from Edu.uz
⚡️ Bugun oxirgi kun! Shoshiling! #eslatma

— Xabaringiz bor,
IELTSga o‘qish uchun 1000 ta Grant ajratilgan edi. Grantning umumiy miqdori 2.8 milliard so‘mni tashkil etadi!

✅ Ushbu loyihada Respublikamizda tahsil olayotgan barcha talaba-o‘quvchilar ishtirok etishi mumkin.

🏆 Tanlov g‘oliblariga “Registon IELTS Granti” guvohnomasi, vaucher hamda esdalik sovg‘alari va maxsus mukofotlar topshiriladi.

👉 Batafsil ma’lumot

📑 Shuningdek, tanlovda ishtirok etgan nomzodlarning barchasiga maxsus QR-kodli sertifikatlar onlayn beriladi.

👨🏻‍💻 Ro‘yxatdan o‘tish:
👉 @Registan_grant_bot
👉 @Registan_grant_bot

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😱 Diqqat! SHOK xabar!

🤨 ...desagina tikilib eʼtibor bilan oʻqimasdan, bu xabarni ham oʻqing "TALABALAR".

🫵 O'zbekiston davlat jahon tillari Universiteti "Rektor kubogi" bahslari boshlanish arafasida ekanligini inobatga olib, siz va oʻzingizga oʻxshash kreativ g'oyasi bor QVZ oilasiga qoʻshilish istagida yurgan do'stlaringizni safimizga chorlab qolamiz.

🫴 Demak ishtirok etish shartlari:
25-oktabrga qadar oʻz fakultet jamoangizni shakillantiring va @ReyimbayevnaR ga murojaat qilasiz va siz universitet bosqichida qatnashish imkoniyatini qo'lga kiritasz.

🤜🤛 Va ushbu postni maksimal darajada repost qiling va QVZ oilasi a'zolari soni va sifat jihatdan oʻsishi uchun siz ham oʻz hissangizni qoʻshing.

P.s: Har bir fakultetdan bir dona jamoa ishtirok eta oladi.... 🫸🤛
🔥1
#Tyutorlar_faoliyati                 
#Muzeyga_sayohat 

O'zDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti talabalarining bo'sh vaqti maroqli tashkil etilmoqda.
                 
Joriy yilning 23-oktyabrida Roman-german filologiyasi fakulteti tyutori Mamadaliyeva Komila va biriktirilgan guruh talabalari bilan O'zbekiston Davlat San'at muzeyiga tashrif buyurishdi. Tashrifdan asosiy maqsad talabalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish hamda san'atga bo'lgan qiziqishlarini oshirishdan iborat.

Bizni kuzatib boring!
👍7⚡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro🌐
#kombinat🤝
#sport⚽️
#OAV_biz_haqimizda📣

Nurafshon telekanalining "Nurafshon xabarlari" informatsion dasturi orqali “Metallurg” futbol klubiga qarashli "El Golazo Academy Powered by Real Madrid Foundation" bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasi qoshidagi "To‘miris School" zamonaviy maktabida o‘tkazilgan "El día de Hispanidad" ya’ni "Ispaniya kuni" haqidagi lavha e’lon qilindi.

🌐www.uzbeksteel.uz 📱Facebook 📱Instagram 📱Twitter ✉️Telegram 🌐You Tube
#Tyutorlar_faoliyati

⚡Joriy yilning 23-oktabr kuni Roman-german filologiyasi fakulteti tyutori Davlatova Feruza o'ziga biriktirilgan talabalarning ijarada yashovchilari xolidan xabar olish maqsadida ijara xonadonlarga tashrif buyurdi.

📌Talabalarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishildi. Texnika vositalaridan to'g'ri foydalanish, xonadonlarni toza saqlash, qo'ni-qo'shnilar bilan yaxshi munosabatda bo'lish kerakligi haqida aytib o'tildi.

Bizni kuzatib boring!
👍1
🟥🟥🟥

🇺🇿🇺🇿Bugun soat 12:00 da 🔥Talant shou boʻlib o'tadi!!!

⚠️Ishtirokchilar 11:30 dan boshlab Ingliz tili 2-fakulteti 201-xonagakelib, ism,familiya va qaysi yoʻnalish boʻyicha ishtirok etayotganliklari haqida tashkilotchilarga maʼlumot berishlari shart!

❤️‍🔥Barcha ishtirokchilarga omad tilab qolamiz.

✈️ @YoshlarIttifoqi_UzDJTU
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
#Tyutorlar_faoliyati

⚜Talabalarda vatan tuygʻusini shakillantirish hamda bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida, koʻplab maʼnaviy-maʼrifiy sayohatlar tashkillashtirilmoqda, jumladan, "Besh muhim tashabbus" doirasida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti tyutori F.Davlatova biriktirilgan guruh talabalari bilan Respublika bolalar kutubxonasiga tashrif buyurdi.

⚡️Respublika bolalar kutubxonasi 1880-yilda qurilgan va Oʻzbekiston madaniy merosi obyektlari roʻyxatiga kiritilgan. Soʻngra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tashabbusi bilan 2023-yilda restavratsiya qilindi. Tashrifdan maqsad talabalar oʻrtasida kitobxonlik va savodxonlikni oshirishdir.

Bizni kuzatib boring!
❤3👍1