Roman-german filologiyasi fakulteti
1.14K subscribers
9.54K photos
596 videos
28 files
1.86K links
O'zDJTU, Roman-german filologiyasi fakulteti rasmiy kanali

Shikoyat, taklif va murojaat uchun: Yoshlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Shahzoda
Matlabxonova
@matlabxonovaa


Fakultet matbuot kotibi; @suxrobochilov
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti kengashi tomonidan 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan barcha professor-o‘qituvchilar, faxriy ustozlar, talabalar hamda yurtdoshlarimiz samimiy muborakbod etiladi.

🕊 Xotira va qadrlash kuni — xalqimizning mardlik, jasorat va fidoyilik kabi yuksak fazilatlarini o‘zida mujassam etgan, ajdodlarimizning porloq xotirasini yod etish, bugungi tinch va osuda hayotimiz uchun jon fido qilgan insonlarga chuqur hurmat bajo keltirish kunidir.

🎬 Shu munosabat bilan 🇺🇿 Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti kengashi tomonidan tayyorlangan mazkur videorolikni e’tiboringizga havola etamiz.

Xotira abadiy, qadriyatlar muqaddas!
Bayram muborak bo‘lsin!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7🔥4😍21👏1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🕊 9-may — Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan Roman-german filologiyasi fakulteti Fransuz tili amaliy fanlar kafedrasi dotsenti Z. Davronova tashabbusi bilan 2026-yil 8-may kuni Jizzax shahri Sharof Rashidov tumanida joylashgan Zulfiyaxonim va Hamid Olimjon nomidagi 3-son ijod maktabining 6-“B” sinf o‘quvchilari bilan Sharof Rashidov tumanidagi “Motamsaro ona” haykali hamda “G‘alaba bog‘i”ga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida o‘quvchilar ushbu sana munosabati bilan Vatanga muhabbat, tinchlikning qadr-qimmati, ajdodlar xotirasiga hurmat va ehtiromni ulug‘lovchi she’rlar aytib, o‘z chiqishlari bilan barchada katta taassurot qoldirishdi. Shuningdek, urush va mehnat faxriylari xotirasini yod etish, ularning jasorati va fidoyiligini yosh avlod qalbiga singdirish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy suhbatlar tashkil etildi.

Tadbir davomida talaba-yoshlar hamda ijod maktabi o‘quvchilari “Motamsaro ona” haykali poyiga gullar qo‘yib, yurtimiz tinchligi va xalqimiz farovonligi yo‘lida jon fido qilgan insonlar xotirasiga hurmat bajo keltirishdi. “G‘alaba bog‘i”dagi tarixiy obidalar va esdalik maskanlari bilan tanishish esa o‘quvchilarning tarixga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.

Mazkur tashrif yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash hamda ajdodlar xotirasiga bo‘lgan hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥5🔥32🎉2😍21💯1🆒1
🟦🟦🟦

Bilim, tajriba va yangi imkoniyatlar sari yana bir qadam!

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining tegishli xatiga asosan, joriy yilning 4–9-may kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida tashkil etilgan “Vikioromgoh” loyihasida 🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining bir qancha iqtidorli va faol talaba-yoshlari munosib ishtirok etib qaytdi.

Oromgoh davomida ishtirokchilar uchun Wikipedia platformasi bilan ishlash, maqola yaratish va tahrirlash, ishonchli manbalar bilan ishlash, o‘zbek tilidagi kontentlarni boyitish bo‘yicha maxsus darslar, amaliy mashg‘ulotlar va treninglar tashkil etildi.

🎯 Shuningdek, loyiha davomida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida intellektual bellashuvlar, jamoaviy o‘yinlar, motivatsion uchrashuvlar, qiziqarli tanlovlar hamda madaniy hordiq tadbirlari o‘tkazildi. Bu esa ishtirokchilarning nafaqat bilim va ko‘nikmalarini oshirish, balki yangi do‘stlar orttirish, jamoa bilan ishlash tajribasini mustahkamlashiga xizmat qildi.

➡️ “Vikioromgoh” loyihasi yoshlarning bilim salohiyatini oshirish, raqamli savodxonligini rivojlantirish hamda milliy kontentni boyitishga hissa qo‘shuvchi muhim tashabbuslardan biri sifatida barchada iliq taassurot qoldirdi.

Ishonamizki, ushbu oromgohda orttirilgan bilim va tajribalar talaba-yoshlarning kelgusidagi faoliyatida muhim o‘rin tutadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3❤‍🔥22
Xotira va qadrlash — millatga ehtirom

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti Fransuz tili amaliy fanlar kafedrasi katta o'qituvchisi D.Achilova va FFRAK-2404 guruh talabalari 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Motamsaro ona majmuasiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida talabalar urush yillarida xalqimizning jasorati, matonati hamda fidoyiligi bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, Vatan ravnaqi va tinchligi yoʻlida jon fido qilgan insonlar xotirasiga hurmat bajo keltirib, ularning qahramonona hayoti haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Mazkur tashrif talabalarda vatanparvarlik tuygʻularini mustahkamlash, ajdodlar xotirasiga hurmat ruhini shakllantirish hamda tarixiy merosimizni chuqur anglashda muhim аhamiyat kasb etdi.
1
#diqqat_tanlov

📚 “Dunyo mamlakatlari” kitobini o‘qib, super sovg‘alar egasiga aylaning! Tanlovda barcha O‘zbekiston fuqarolari qatnashishi mumkin. Barcha ishtirokchilariga QR kodli sertifikat beriladi.

G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:

🥇1-2-o‘rinlarga – 🇹🇷Turkiyaga sayohat;
🥈3-4-o‘rinlarga – 🇪🇬Misrga sayohat;
🥉5-6-o‘rinlarga – 🇻🇳Vetnamga sayohat;
🔸7-o‘ringa – 5 million so‘m pul;
🔸8-o‘ringa – 4 million so‘m pul;
🔸9-o‘ringa – 3 million so‘m pul;
🔸10-15-o‘rinlarga – 1 million so‘mdan;
🔹16-20-o‘rinlarga – 15 tadan kitoblar;
🔹21-50-o‘rinlarga – 10 tadan kitoblar;
🔹51-100-o‘rinlarga – 8 tadan kitoblar;
🎁150 kishiga qo‘shimcha sovg‘alar.

Eng faol targ‘ibotchilarga:

🥇1-3-o‘rinlarga – 1.5 million so‘mdan;
🥈4-6-o‘rinlarga – 1 million so‘mdan;
🥉7-9-o‘rinlarga – 500 ming so‘mdan;
🔹10-20-o‘rinlarga – 8 tadan kitoblar.

Kitob o‘qing, bilim oling – sovg‘a yutib, sayohat qiling!

Tanlovda ishtirok etish:
👉 https://t.me/kitobtargibot?start=49464045
🎭 YANA BIR YORQIN YUTUQ! 🎭

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti talabalari ustozlari Alex Kormanski va Mohira Bog'iyeva boshchiligida xalqaro miqyosdagi nufuzli XI Frankofon teatr festivalida munosib ishtirok etib, yana bir muhim yutuqqa erishdilar!

🇫🇷Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tashabbusi bilan 2026-yil 7–8-may kunlari Toshkent shahridagi O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrida tashkil etilgan XI Frankofon teatr festivali doirasida fakultetimizning iqtidorli talabalari o‘zlarining ijodiy salohiyati, sahna madaniyati va fransuz tiliga bo‘lgan qiziqishini namoyon etdilar.

🏆 Festival yakunlariga ko‘ra, O‘zDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti talabalari “Eng yaxshi senariy” nominatsiyasi bilan taqdirlandi!

Bu yutuq — talabalarning ijodkorligi, mehnatsevarligi hamda fransuz tili va madaniyatiga bo‘lgan qiziqishining yorqin namunasi bo‘ldi. Mazkur muvaffaqiyat fakultetimiz talabalari xalqaro maydonda ham o‘z iste’dodi va salohiyatini namoyon eta olayotganining yana bir isbotidir.

👏 Fakultetimiz jamoasi nomidan ushbu muvaffaqiyatga erishgan talabalarni samimiy muborakbod etamiz va kelgusidagi faoliyatlarida yanada ulkan zafarlar tilaymiz!

🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti — iste’dod va yutuqlar maskani!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7🔥5👏3❤‍🔥21