Roman-german filologiyasi fakulteti
1.14K subscribers
9.54K photos
596 videos
28 files
1.86K links
O'zDJTU, Roman-german filologiyasi fakulteti rasmiy kanali

Shikoyat, taklif va murojaat uchun: Yoshlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Shahzoda
Matlabxonova
@matlabxonovaa


Fakultet matbuot kotibi; @suxrobochilov
Download Telegram
🧠 Joriy yilning 7-may sanasida Roman-german filologiyasi fakulteti Fransuz tili nazariy kafedrasi mudiri G. Raximova hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul o‘qituvchi N. Usmonova tashabbusi bilan 3-kurs talabalari ishtirokida “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirni kafedra mudiri G. Raximova kirish so‘zi bilan ochib berib, ushbu sana xalqimiz tarixida muhim o‘rin tutishini, ajdodlar xotirasini e’zozlash hamda yurt tinchligi va osoyishtaligini qadrlash har bir yosh avlodning muqaddas burchi ekanligini ta’kidladi.

Shundan so’ng N.Usmonova ushbu muhim sana “Xotira va qadrlash kuni” borasida o’z fikr va mulohazalarini birdirib o’tdi.
Tadbir davomida talabalar tomonidan mavzuga oid mazmunli taqdimotlar namoyish etildi.

Shuningdek, urush va mehnat faxriylariga bag‘ishlangan videorolik qo‘yib berilib, unda jasorat, fidoyilik va vatanparvarlik g‘oyalari yoritildi. Tadbir yakunida talabalarda tarixiy xotirani asrashga xuzmat qilufchi fikrlar bildirdilar

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
🇪🇸🇺🇿Erasmus+ dasturi doirasida xalqaro akademik hamkorlik davom etmoqda

📅 2026-yil 4–8-may kunlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ispan tili nazariy fanlar kafedrasi mudiri Iroda Turamuratova Erasmus+ KA171 Staff Mobility dasturi doirasida Ispaniyaning Alikante universitetida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Tashrif davomida Filologiya fakultetida tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlari, ilmiy seminarlar hamda akademik uchrashuvlarda faol ishtirok etildi. Shuningdek, mezbon universitet professor-o‘qituvchilarining dars jarayonlari kuzatilib, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol ta’lim metodlari va ilg‘or xorijiy tajribalar bilan yaqindan tanishildi.

Iroda Turamuratova tomonidan universitet talabalari uchun madaniyatlararo muloqot yo‘nalishida amaliy dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Mashg‘ulotlarda turli madaniyat vakillari bilan samarali kommunikatsiyani yo‘lga qo‘yish, milliy va madaniy qadriyatlarni anglash, tolerantlik hamda madaniyatlararo kompetensiyalarni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝Mazkur akademik almashinuv dasturi doirasida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilinib, ta’lim va ilmiy-tadqiqot sohalarida o‘zaro tajriba almashish, qo‘shma loyihalarni rivojlantirish hamda ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etish yuzasidan fikr almashildi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1😍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti kengashi tomonidan 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan barcha professor-o‘qituvchilar, faxriy ustozlar, talabalar hamda yurtdoshlarimiz samimiy muborakbod etiladi.

🕊 Xotira va qadrlash kuni — xalqimizning mardlik, jasorat va fidoyilik kabi yuksak fazilatlarini o‘zida mujassam etgan, ajdodlarimizning porloq xotirasini yod etish, bugungi tinch va osuda hayotimiz uchun jon fido qilgan insonlarga chuqur hurmat bajo keltirish kunidir.

🎬 Shu munosabat bilan 🇺🇿 Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti kengashi tomonidan tayyorlangan mazkur videorolikni e’tiboringizga havola etamiz.

Xotira abadiy, qadriyatlar muqaddas!
Bayram muborak bo‘lsin!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7🔥4😍21👏1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🕊 9-may — Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan Roman-german filologiyasi fakulteti Fransuz tili amaliy fanlar kafedrasi dotsenti Z. Davronova tashabbusi bilan 2026-yil 8-may kuni Jizzax shahri Sharof Rashidov tumanida joylashgan Zulfiyaxonim va Hamid Olimjon nomidagi 3-son ijod maktabining 6-“B” sinf o‘quvchilari bilan Sharof Rashidov tumanidagi “Motamsaro ona” haykali hamda “G‘alaba bog‘i”ga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida o‘quvchilar ushbu sana munosabati bilan Vatanga muhabbat, tinchlikning qadr-qimmati, ajdodlar xotirasiga hurmat va ehtiromni ulug‘lovchi she’rlar aytib, o‘z chiqishlari bilan barchada katta taassurot qoldirishdi. Shuningdek, urush va mehnat faxriylari xotirasini yod etish, ularning jasorati va fidoyiligini yosh avlod qalbiga singdirish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy suhbatlar tashkil etildi.

Tadbir davomida talaba-yoshlar hamda ijod maktabi o‘quvchilari “Motamsaro ona” haykali poyiga gullar qo‘yib, yurtimiz tinchligi va xalqimiz farovonligi yo‘lida jon fido qilgan insonlar xotirasiga hurmat bajo keltirishdi. “G‘alaba bog‘i”dagi tarixiy obidalar va esdalik maskanlari bilan tanishish esa o‘quvchilarning tarixga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.

Mazkur tashrif yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash hamda ajdodlar xotirasiga bo‘lgan hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥5🔥32🎉2😍21💯1🆒1
🟦🟦🟦

Bilim, tajriba va yangi imkoniyatlar sari yana bir qadam!

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining tegishli xatiga asosan, joriy yilning 4–9-may kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida tashkil etilgan “Vikioromgoh” loyihasida 🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining bir qancha iqtidorli va faol talaba-yoshlari munosib ishtirok etib qaytdi.

Oromgoh davomida ishtirokchilar uchun Wikipedia platformasi bilan ishlash, maqola yaratish va tahrirlash, ishonchli manbalar bilan ishlash, o‘zbek tilidagi kontentlarni boyitish bo‘yicha maxsus darslar, amaliy mashg‘ulotlar va treninglar tashkil etildi.

🎯 Shuningdek, loyiha davomida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida intellektual bellashuvlar, jamoaviy o‘yinlar, motivatsion uchrashuvlar, qiziqarli tanlovlar hamda madaniy hordiq tadbirlari o‘tkazildi. Bu esa ishtirokchilarning nafaqat bilim va ko‘nikmalarini oshirish, balki yangi do‘stlar orttirish, jamoa bilan ishlash tajribasini mustahkamlashiga xizmat qildi.

➡️ “Vikioromgoh” loyihasi yoshlarning bilim salohiyatini oshirish, raqamli savodxonligini rivojlantirish hamda milliy kontentni boyitishga hissa qo‘shuvchi muhim tashabbuslardan biri sifatida barchada iliq taassurot qoldirdi.

Ishonamizki, ushbu oromgohda orttirilgan bilim va tajribalar talaba-yoshlarning kelgusidagi faoliyatida muhim o‘rin tutadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3❤‍🔥22