Roman-german filologiyasi fakulteti
1.14K subscribers
9.54K photos
596 videos
28 files
1.86K links
O'zDJTU, Roman-german filologiyasi fakulteti rasmiy kanali

Shikoyat, taklif va murojaat uchun: Yoshlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Shahzoda
Matlabxonova
@matlabxonovaa


Fakultet matbuot kotibi; @suxrobochilov
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿🇺🇿 5-may kuni Fransuz tili amaliy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi D. Achilova tomonidan Ingliz tili 2-fakulteti 2407-guruhda “Ikkinchi chet tili” fanidan ochiq dars tashkil etildi.

💠 Dars jarayoni yuqori saviyada, interaktiv usullar asosida olib borilib, talabalarning nutq madaniyati, fikrni aniq va ta’sirchan ifoda etish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratildi. Mashg‘ulot davomida amaliy topshiriqlar, jonli muloqot va bahs-munozaralar orqali ishtirokchilarning faolligi ta’minlandi.

💠 Ushbu ochiq darsda Fransuz tili amaliy fanlar professor-o‘qituvchilari ishtirok etib, darsni katta qiziqish bilan kuzatdilar va o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Mutaxassislar tomonidan dars mazmuni, qo‘llanilgan metodlar va pedagogik yondashuv yuqori baholandi.

💠 Bunday ochiq darslar professor-o‘qituvchilar o‘rtasida tajriba almashish, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
🇩🇪 Nemis tili orqali yangi istiqbollar sari!

📍 04–05.05.2026 kunlari Dushanbe shahrida Sadriddin Ayniy nomidagi Tojikiston davlat pedagogika universitetida Nemis tili o‘qituvchilari kuni bo‘lib o‘tdi.

🤝 Tadbir Germaniyaning Dushanbedagi elchixonasi, Gyote instituti, DAAD, ZfA, Cornelsen Verlag, Hueber Verlag va Klett Verlag hamkorligida tashkil etildi.

Tadbirda 100 nafardan ortiq nemis tili o‘qituvchilari ishtirok etib, zamonaviy ta’lim metodlari, yangi yondashuvlar va samarali dars amaliyotlari bo‘yicha tajriba almashdilar.

👩‍🏫 O‘zDJTU Nemis tili amaliy fanlar kafedrasi dotsenti v.b., Germaniyaning Cornelsen nashriyoti metodik maslahatchisi Dr. (PhD) Gulrux Raximova ushbu tadbirda faol ishtirok etib, ikki kun davomida 4 ta amaliy seminar o‘tkazdi.

💠 Seminarlarda dars jarayonini interaktiv, jonli va o‘quvchiga yo‘naltirilgan tarzda tashkil etish, zamonaviy darsliklardan samarali foydalanish hamda nemis tilini kommunikativ metodlar orqali o‘rgatish masalalariga e’tibor qaratildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Roman-german filologiyasi fakulteti pinned «📣 HURMATLI TALABALAR! 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti talabalari an’anaviy ilmiy-amaliy anjumanining axborot xati taqdim etiladi. 📝 Anjuman mavzusi: “Sun’iy intellekt va raqamli kommunikatsiya asrida fan, madaniyat va til: dolzarb nazariy-amaliy masalalar”…»
G‘alaba bog‘i tashrifi

Hozirgi zamon rus tili kafedrasi o‘qituvchisi M.Mallayeva Roman-german filologiyasi fakulteti talabalari bilan birgalikda G‘alaba bog‘iga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida talabalar Ikkinchi jahon urushi yillarida xalqimizning matonati, jasorati hamda fidokorligi haqida yaqindan ma’lumot oldilar. Shuningdek, urush qatnashchilari va Vatan ravnaqi yo‘lida jon fido qilgan qahramonlar xotirasi yod etildi.

Mazkur tashrif talabalarda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, tarixiy xotirani asrash hamda ajdodlar jasoratiga hurmat ruhini shakllantirishga xizmat qildi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥3🔥2
🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🎬 “Eng yaxshi hujjatli film” tanlovi e’lon qilinadi!

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari diqqatiga!

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan universitetimizda “Eng yaxshi hujjatli film” tanlovi o‘tkaziladi.

🗓️ Taqdim etish muddati: 2026-yil 14 - mayga qadar

🎯 Tanlov maqsadi:

• Yoshlar o‘rtasida tarixiy xotirani mustahkamlash
Vatan himoyachilariga hurmat tuyg‘usini kuchaytirish
• Talabalarning kino va media sohasidagi ijodiy salohiyatini rivojlantirish
Milliy qadriyatlar va vatanparvarlik ruhini targ‘ib qilish

🎥 Tanlov yo‘nalishlari:

• Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat faxriylari hayoti
• Vatan himoyachilari haqida hikoyalar
• Tarixiy xotira va milliy qadriyatlar
• Yoshlar tarbiyasida vatanparvarlik g‘oyalari

Tanlovda qatnashish:

• Bakalavriat va magistratura talabalari
• Yakka tartibda yoki jamoa (5 kishigacha)
• 5–15 daqiqalik hujjatli film taqdim etiladi.

Nizom bilan tanishing

📥 Murojaat qilish tartibi:

• Tayyorlangan filmlar fakultetlarning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovinlariga topshiriladi

🧾 Baholash mezonlari:

• Mavzuning dolzarbligi
• Film mazmuni va g‘oyasi
• Ssenariy va rejissura
• Tasvir va montaj sifati
Ijodiy yondashuv

🏆 Mukofotlar:

Yakka ishtirokchilar uchun:
🥇1-o‘rin – bazaviy stipendiyaning 2 barobari + diplom
🥈2-o‘rin – 1,5 barobari + diplom
🥉3-o‘rin – 1 barobari + diplom

Jamoaviy ishtirokchilar uchun:
• Har bir a’zoga mos ravishda bazaviy stipendiya miqdorida rag‘batlantirish

Barcha faol ishtirokchilar diplom yoki tashakkurnoma bilan taqdirlanadi

📞 Tanlovga murojaat va ijodiy ishlarni topshirish uchun:
99-096-37-80
@javoxfx

📌 Eslatma:
Filmlar mustaqil tayyorlangan, sifatli va plagiatsiz bo‘lishi shart.

🗓 Natijalar: Universitet rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Xalqaro stipendiya imkoniyati – Braziliya

QS Jahon reytingida 233-o‘rinni egallagan University of Campinas (UNICAMP) universiteti bilan hamkorlik doirasida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida portugal tili yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun ikki nafar bakalavr talabaga mo‘ljallangan stipendiya tanlovi e’lon qilinadi.

Ushbu dastur doirasida tanlab olingan talabalar Braziliyada joylashgan UNICAMP universitetida bir semestr davomida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

💰Moliyaviy qo‘llab-quvvatlash:

Santander tomonidan taqdim etiladigan grant:
— semestr davomida xarajatlarning bir qismini qoplaydi (taxminan 3250 AQSh dollari);
— universitet oshxonasi va tibbiy xizmatlardan bepul foydalanish kartasi taqdim etiladi.

Eslatma:
Grant aviachipta va sayohat sug‘urtasi xarajatlarini qamrab olmaydi.

✉️ Ariza topshirish tartibi:

🗓 Muddat: 2026-yil 10-may, soat 22:00 gacha

🖥 Email: marcellefguil@gmail.com

Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
— 1 sahifalik motivatsion xat (nomzodning nega ushbu stipendiyaga munosib ekanligi asoslangan holda).

📌Qo‘shimcha ma’lumot:

Savollar bo‘yicha tushuntirish berish maqsadida Prof. Marcelle F. Guil bilan uchrashuv tashkil etiladi.

🗓 8 - may
🏪 16:00 – 17:30
📌 405-xona

⚠️ Muhim tavsiyalar:
— Ariza topshirishdan oldin barcha hujjatlar bilan tanishib chiqing;
— Qarorni ota-onangiz bilan muhokama qilgan holda qabul qilishingiz tavsiya etiladi.

📞 Bog‘lanish:
Ispan tili amaliy fanlar kafedrasi mudiri
Dilrabo Baxronova
📞 +998 33 001 7000

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat_tanlov

📚 “Dunyo mamlakatlari” kitobini o‘qib, super sovg‘alar egasiga aylaning! Tanlovda barcha O‘zbekiston fuqarolari qatnashishi mumkin. Barcha ishtirokchilariga QR kodli sertifikat beriladi.

G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:

🥇1-2-o‘rinlarga – 🇹🇷Turkiyaga sayohat;
🥈3-4-o‘rinlarga – 🇪🇬Misrga sayohat;
🥉5-6-o‘rinlarga – 🇻🇳Vetnamga sayohat;
🔸7-o‘ringa – 5 million so‘m pul;
🔸8-o‘ringa – 4 million so‘m pul;
🔸9-o‘ringa – 3 million so‘m pul;
🔸10-15-o‘rinlarga – 1 million so‘mdan;
🔹16-20-o‘rinlarga – 15 tadan kitoblar;
🔹21-50-o‘rinlarga – 10 tadan kitoblar;
🔹51-100-o‘rinlarga – 8 tadan kitoblar;
🎁150 kishiga qo‘shimcha sovg‘alar.

Eng faol targ‘ibotchilarga:

🥇1-3-o‘rinlarga – 1.5 million so‘mdan;
🥈4-6-o‘rinlarga – 1 million so‘mdan;
🥉7-9-o‘rinlarga – 500 ming so‘mdan;
🔹10-20-o‘rinlarga – 8 tadan kitoblar.

Kitob o‘qing, bilim oling – sovg‘a yutib, sayohat qiling!

Tanlovda ishtirok etish:
👉 https://t.me/kitobtargibot?start=49464045
2
🧠 Joriy yilning 7-may sanasida Roman-german filologiyasi fakulteti Fransuz tili nazariy kafedrasi mudiri G. Raximova hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul o‘qituvchi N. Usmonova tashabbusi bilan 3-kurs talabalari ishtirokida “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirni kafedra mudiri G. Raximova kirish so‘zi bilan ochib berib, ushbu sana xalqimiz tarixida muhim o‘rin tutishini, ajdodlar xotirasini e’zozlash hamda yurt tinchligi va osoyishtaligini qadrlash har bir yosh avlodning muqaddas burchi ekanligini ta’kidladi.

Shundan so’ng N.Usmonova ushbu muhim sana “Xotira va qadrlash kuni” borasida o’z fikr va mulohazalarini birdirib o’tdi.
Tadbir davomida talabalar tomonidan mavzuga oid mazmunli taqdimotlar namoyish etildi.

Shuningdek, urush va mehnat faxriylariga bag‘ishlangan videorolik qo‘yib berilib, unda jasorat, fidoyilik va vatanparvarlik g‘oyalari yoritildi. Tadbir yakunida talabalarda tarixiy xotirani asrashga xuzmat qilufchi fikrlar bildirdilar

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3