Roman-german filologiyasi fakulteti
1.14K subscribers
9.52K photos
595 videos
28 files
1.86K links
O'zDJTU, Roman-german filologiyasi fakulteti rasmiy kanali

Shikoyat, taklif va murojaat uchun: Yoshlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Shahzoda
Matlabxonova
@matlabxonovaa


Fakultet matbuot kotibi; @suxrobochilov
Download Telegram
Xotira va qadrlash — millatga ehtirom

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti FFRA-2501 guruh talabalari 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan G‘alaba bog‘iga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida talabalar urush yillarida xalqimizning jasorati, matonati hamda fidoyiligi bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, Vatan ravnaqi va tinchligi yoʻlida jon fido qilgan insonlar xotirasiga hurmat bajo keltirib, ularning qahramonona hayoti haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Mazkur tashrif talabalarda vatanparvarlik tuygʻularini mustahkamlash, ajdodlar xotirasiga hurmat ruhini shakllantirish hamda tarixiy merosimizni chuqur anglashda muhim аhamiyat kasb etdi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 2026-yil 6-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti Fransuz tili amaliy fanlar kafedrasi dotsenti Z. Davronova tashabbusi bilan 2-kurs talabalari ishtirokida “9-may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Fransuz tili amaliy fanlar kafedrasi mudiri P. Nishonov hamda Roman-german filologiyasi fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini A. Mallayev so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni ushbu sana bilan samimiy tabrikladilar. Shuningdek, Ikkinchi jahon urushida qatnashgan vatandoshlarimizning jasorati, front va front ortidagi fidokorona mehnati, tinchlik va ozodlik yo‘lidagi beqiyos xizmatlari haqida atroflicha fikr yuritildi.

Tadbir davomida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida uzoq yillar samarali faoliyat olib borgan rahbarlar hamda professor-o‘qituvchilar xotirasiga bag‘ishlangan video lavha namoyish etildi. Ushbu lavha orqali ularning ilm-fan va ta’lim rivojiga qo‘shgan munosib hissasi yana bir bor ehtirom bilan yodga olindi.

Shuningdek, talabalar tomonidan mazkur sanaga bag‘ishlangan ijodiy chiqishlar — she’rlar, monologlar, sahna ko‘rinishlari hamda videoroliklar taqdim etildi. Chiqishlarda Vatanga muhabbat, tinchlikning qadri va tarixiy xotirani asrash kabi yuksak insoniy g‘oyalar targ‘ib qilindi.

Mazkur tadbir talaba-yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini yuksaltirish, ularda tarixiy xotiraga hurmat va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥124🏆32👍2🔥2🎉2😍2🙏1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 2026-yil 6-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti Fransuz tili amaliy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Nodira Rasulova tashabbusi bilan FFRA-2402-guruh talabalari ishtirokida tabiat va atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda chiqindilarni qayta ishlash g‘oyalarini targ‘ib qilishga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida talabalar turli maishiy chiqindilar — qog‘oz bo‘laklari, foydalanishga yaroqsiz disklar, shisha parchalari hamda boshqa ikkilamchi materiallardan samarali foydalanib, tovus, odam haykali, kapalaklar va turli badiiy kompozitsiyalar yaratdilar. Har bir ijodiy ish ekologik yondashuv asosida namoyish etilib, chiqindilarni qayta ishlashning ahamiyati, ularni saralash madaniyati hamda atrof-muhitni asrashdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Tadbirning asosiy maqsadi talabalar ongida ekologik mas’uliyat hissini shakllantirish, tabiat resurslaridan oqilona foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda yoshlarning kreativ fikrlashini qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ldi.

Shuningdek, tadbir jarayonida talabalarning ijodiy salohiyati, jamoaviy ishlash ko‘nikmalari hamda ekologik muammolarga nisbatan faol fuqarolik pozitsiyasi yaqqol namoyon bo‘ldi.

♻️Tabiatni asrash — har birimizning burchimiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥1132🔥1🎉1😍1
📣 HURMATLI TALABALAR!

🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti talabalari an’anaviy ilmiy-amaliy anjumanining axborot xati taqdim etiladi.

📝 Anjuman mavzusi:
“Sun’iy intellekt va raqamli kommunikatsiya asrida fan, madaniyat va til: dolzarb nazariy-amaliy masalalar”

📚Mazkur anjumanda fakultetimizning barcha talabalari o‘z ilmiy maqolalari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Maqola chop etish mutlaqo BEPUL!

🗓 Maqolalarni qabul qilish muddati:
20-mayga qadar.

✉️ Har bir kafedraning ilmiy mas’ullari maqolalarni yig‘ib, ZIP formatda quyidagi Telegram manziliga yuborishlari so‘raladi:
@KarimovJamshidbek

📞 Murojaat uchun:
👤 Amanov Javlonbek — 94 311 31 91
👤Karimov Jamshid — 97 180 07 73

✉️ Telegram orqali murojaat qilishingiz so‘raladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿🇺🇿 5-may kuni Fransuz tili amaliy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi D. Achilova tomonidan Ingliz tili 2-fakulteti 2407-guruhda “Ikkinchi chet tili” fanidan ochiq dars tashkil etildi.

💠 Dars jarayoni yuqori saviyada, interaktiv usullar asosida olib borilib, talabalarning nutq madaniyati, fikrni aniq va ta’sirchan ifoda etish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratildi. Mashg‘ulot davomida amaliy topshiriqlar, jonli muloqot va bahs-munozaralar orqali ishtirokchilarning faolligi ta’minlandi.

💠 Ushbu ochiq darsda Fransuz tili amaliy fanlar professor-o‘qituvchilari ishtirok etib, darsni katta qiziqish bilan kuzatdilar va o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Mutaxassislar tomonidan dars mazmuni, qo‘llanilgan metodlar va pedagogik yondashuv yuqori baholandi.

💠 Bunday ochiq darslar professor-o‘qituvchilar o‘rtasida tajriba almashish, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1