Roman-german filologiyasi fakulteti
1.14K subscribers
9.52K photos
595 videos
28 files
1.86K links
O'zDJTU, Roman-german filologiyasi fakulteti rasmiy kanali

Shikoyat, taklif va murojaat uchun: Yoshlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Shahzoda
Matlabxonova
@matlabxonovaa


Fakultet matbuot kotibi; @suxrobochilov
Download Telegram
6-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Fransuz tili amaliy fanlar kafedrasi tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Kafedra katta o‘qituvchisi D.Otamurodova hamda o‘qituvchi G.Xasanova boshchiligida FFRAK-2401 va FFRAK-2402 guruh talabalari 9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Toshkent shahridagi muhtasham Adiblar xiyoboniga tashrif buyurdilar.
Tadbirning asosiy mazmuni:
Xotira va ehtirom: Talabalar o‘zbek adabiyoti darg‘alari hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishib, millatimiz faxri bo‘lgan adiblar haykallari poyiga gullar qo‘ydilar.
Adabiy suhbat: Tashrif davomida ustozlar tomonidan "9-may – Xotira va qadrlash kuni"ning mazmun-mohiyati, tinchlikning qadri va ajdodlarimiz qoldirgan boy ma’naviy meros haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi.
She’riyat daqiqalari: Guruh talabalari o‘zbek va fransuz tillarida vatanparvarlik hamda tinchlikni madh etuvchi she’rlardan namunalar o‘qidilar.

Ushbu tadbir yosh avlod qalbida milliy qadriyatlarimizga hurmat, o‘tganlar xotirasiga ehtirom va ona vatanga muhabbat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
"Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulug‘."— Tadbir davomida talabalar o‘zaro fikr almashib, bugungi tinch va osoyishta kunlarning qadriga yetish kerakligini yana bir bor his qildilar.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Xotira va qadrlash — millatga ehtirom

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti FFRA-2501 guruh talabalari 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan G‘alaba bog‘iga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida talabalar urush yillarida xalqimizning jasorati, matonati hamda fidoyiligi bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, Vatan ravnaqi va tinchligi yoʻlida jon fido qilgan insonlar xotirasiga hurmat bajo keltirib, ularning qahramonona hayoti haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Mazkur tashrif talabalarda vatanparvarlik tuygʻularini mustahkamlash, ajdodlar xotirasiga hurmat ruhini shakllantirish hamda tarixiy merosimizni chuqur anglashda muhim аhamiyat kasb etdi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 2026-yil 6-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti Fransuz tili amaliy fanlar kafedrasi dotsenti Z. Davronova tashabbusi bilan 2-kurs talabalari ishtirokida “9-may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Fransuz tili amaliy fanlar kafedrasi mudiri P. Nishonov hamda Roman-german filologiyasi fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini A. Mallayev so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni ushbu sana bilan samimiy tabrikladilar. Shuningdek, Ikkinchi jahon urushida qatnashgan vatandoshlarimizning jasorati, front va front ortidagi fidokorona mehnati, tinchlik va ozodlik yo‘lidagi beqiyos xizmatlari haqida atroflicha fikr yuritildi.

Tadbir davomida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida uzoq yillar samarali faoliyat olib borgan rahbarlar hamda professor-o‘qituvchilar xotirasiga bag‘ishlangan video lavha namoyish etildi. Ushbu lavha orqali ularning ilm-fan va ta’lim rivojiga qo‘shgan munosib hissasi yana bir bor ehtirom bilan yodga olindi.

Shuningdek, talabalar tomonidan mazkur sanaga bag‘ishlangan ijodiy chiqishlar — she’rlar, monologlar, sahna ko‘rinishlari hamda videoroliklar taqdim etildi. Chiqishlarda Vatanga muhabbat, tinchlikning qadri va tarixiy xotirani asrash kabi yuksak insoniy g‘oyalar targ‘ib qilindi.

Mazkur tadbir talaba-yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini yuksaltirish, ularda tarixiy xotiraga hurmat va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥124🏆32👍2🔥2🎉2😍2🙏1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 2026-yil 6-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti Fransuz tili amaliy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Nodira Rasulova tashabbusi bilan FFRA-2402-guruh talabalari ishtirokida tabiat va atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda chiqindilarni qayta ishlash g‘oyalarini targ‘ib qilishga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida talabalar turli maishiy chiqindilar — qog‘oz bo‘laklari, foydalanishga yaroqsiz disklar, shisha parchalari hamda boshqa ikkilamchi materiallardan samarali foydalanib, tovus, odam haykali, kapalaklar va turli badiiy kompozitsiyalar yaratdilar. Har bir ijodiy ish ekologik yondashuv asosida namoyish etilib, chiqindilarni qayta ishlashning ahamiyati, ularni saralash madaniyati hamda atrof-muhitni asrashdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Tadbirning asosiy maqsadi talabalar ongida ekologik mas’uliyat hissini shakllantirish, tabiat resurslaridan oqilona foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda yoshlarning kreativ fikrlashini qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ldi.

Shuningdek, tadbir jarayonida talabalarning ijodiy salohiyati, jamoaviy ishlash ko‘nikmalari hamda ekologik muammolarga nisbatan faol fuqarolik pozitsiyasi yaqqol namoyon bo‘ldi.

♻️Tabiatni asrash — har birimizning burchimiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥1132🔥1🎉1😍1