Roman-german filologiyasi fakulteti
1.14K subscribers
9.52K photos
593 videos
28 files
1.86K links
O'zDJTU, Roman-german filologiyasi fakulteti rasmiy kanali

Shikoyat, taklif va murojaat uchun: Yoshlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Shahzoda
Matlabxonova
@matlabxonovaa


Fakultet matbuot kotibi; @suxrobochilov
Download Telegram
🇪🇸🇺🇿 Erasmus+ dasturi doirasida xalqaro akademik hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda

📅 2026-yil, 4–8-may kunlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ispan tili nazariy fanlar kafedrasi mudiri Iroda Turamuratova Erasmus+ KA171 Staff Mobility dasturi doirasida Ispaniyaning Alikante universitetida xizmat safarida bo’lmoqda.

📍 Tashrifning dastlabki kunlarida (4–5-may) ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, akademik aloqalarni mustahkamlash va istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Jumladan:

qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish;
talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini kengaytirish;
ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida hamkorlikni chuqurlashtirish;
Erasmus+ va boshqa xalqaro grant loyihalarida faol ishtirokni davom ettirish;
pedagoglar uchun malaka oshirish dasturlarini tashkil etish.

🤝 Ushbu tashrif ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikni yangi darajaga olib chiqish, ilg‘or pedagogik tajriba almashish hamda ta’lim sifatini xalqaro standartlar asosida oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Universidad de Alicantenufuzli universitetlardan biri, yuqori darajadagi universitetlar qatoriga kiradi, ayniqsa tilshunoslik, tarjima, turizm va huquq yo‘nalishlarida kuchli. Dunyo TOP-1000 universitetlari qatoriga kiradi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5💯3🔥2👏1🆒1
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakultetida tegishli topshiriq ijrosi doirasida fakultet tarkibidagi kafedralarda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar holatini o‘rganish va tahlil qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

🖋 Mazkur jarayonda kafedralarda tashkil etilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, talabalar bilan olib borilayotgan tarbiyaviy ishlar, ularning mazmuni va samaradorligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, mavjud yutuqlar bilan bir qatorda, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilmoqda.

O‘rganish va tahlil ishlari fakultetda ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada mustahkamlash, yoshlarning intellektual va ma’naviy salohiyatini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent shahar Uchtepa tumanida joylashgan 283-umumta’lim maktabida nemis tilini o‘qitish jarayoni izchil va rejali tarzda davom etmoqda.

Mazkur ta’lim muassasasida o‘quvchilarga nemis tilining grammatikasi, leksikasi, tinglab tushunish va og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Dars jarayonlarida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interaktiv usullar hamda axborot-kommunikatsiya vositalaridan samarali foydalanilmoqda.
Ushbu dars mashg‘uloti RGF fakulteti 4-bosqich talabasi Xushvaqtova Munavvar tomonidan olib borildi.

Dars davomida o‘quvchilarning faol ishtirokini ta’minlash, ularning nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda mavzuni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, ularni xalqaro til imtihonlariga tayyorlash hamda nemis tilida erkin muloqot ko‘nikmalarini shakllantirishga urg‘u berildi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🗣 “Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz!” Respublika ko‘rik-tanlovi e’lon qilindi.

🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi hamda Termiz iqtisodiyot va servis universiteti oliy ta’lim tashkilotlari talaba-yoshlari o‘rtasida “Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz!” Respublika ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi.

↪️Tanlovlarda oliy ta’lim tashkilotlarining barcha talaba-yoshlari 10 nafar ishtirokchidan iborat jamoa tuzib ishtirok etishi mumkin.
↪️Tanlovda jamoalar 4 shart (insho yozish, rasm chizish, qisqa videoroliklar hamda sahna ko‘rinishi) bo‘yicha bellashadilar.
↪️Tanlov 3 bosqichda o‘tkaziladi: oliy ta’lim tashkiloti, hududiy saralash bosqichi va Respublika bosqichi.

➡️Tanlov nizomini o‘qish

🏆 Tanlov gʻoliblari Termiz iqtisodiyot va servis universiteti mablagʻlari hisobidan quyidagi tartibda pul mukofotlari, shuningdek, diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi:
🥇1-oʻrin – 200 million soʻm;
🥈2-oʻrin – 150 million soʻm;
🥉3-oʻrin – 100 million soʻm;
🥉3-oʻrin – 100 million soʻm.

Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar oʻzi tahsil; olayotgan taʼlim tashkilotining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha masʼullariga murojaat qilishi mumkin.

Bizni kuzating:

📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegramv
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
🇪🇸🇺🇿 Erasmus+ dasturi doirasida xalqaro akademik hamkorlik

📅 2026-yil, 4–8-may kunlari Roman-german filologiyasi fakulteti dekani X.I. Xakimov va Regitrator Ofisi boshlig’i A.K. Xalillayevlar Erasmus+ KA171 Staff Mobility dasturi doirasida Ispaniyaning Uelva universitetida xizmat safarida bo’lmoqda.

📍 6-may kuni ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, akademik aloqalarni mustahkamlash va istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi:

qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish;
talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini kengaytirish;
ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida hamkorlikni chuqurlashtirish;
Erasmus+ va boshqa xalqaro grant loyihalarida faol ishtirokni davom ettirish;
оnlayn konferensiyalarni tashkil etish va darsliklarni hamkorlikda ishlab chiqish.

🤝 Mazkur akademik almashinuv doirasida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilinib, o‘zaro tajriba almashish va ta’lim jarayoniga ilg‘or yondashuvlarni joriy etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🏆2🤝1🆒1
6-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Fransuz tili amaliy fanlar kafedrasi tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Kafedra katta o‘qituvchisi D.Otamurodova hamda o‘qituvchi G.Xasanova boshchiligida FFRAK-2401 va FFRAK-2402 guruh talabalari 9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Toshkent shahridagi muhtasham Adiblar xiyoboniga tashrif buyurdilar.
Tadbirning asosiy mazmuni:
Xotira va ehtirom: Talabalar o‘zbek adabiyoti darg‘alari hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishib, millatimiz faxri bo‘lgan adiblar haykallari poyiga gullar qo‘ydilar.
Adabiy suhbat: Tashrif davomida ustozlar tomonidan "9-may – Xotira va qadrlash kuni"ning mazmun-mohiyati, tinchlikning qadri va ajdodlarimiz qoldirgan boy ma’naviy meros haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi.
She’riyat daqiqalari: Guruh talabalari o‘zbek va fransuz tillarida vatanparvarlik hamda tinchlikni madh etuvchi she’rlardan namunalar o‘qidilar.

Ushbu tadbir yosh avlod qalbida milliy qadriyatlarimizga hurmat, o‘tganlar xotirasiga ehtirom va ona vatanga muhabbat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
"Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulug‘."— Tadbir davomida talabalar o‘zaro fikr almashib, bugungi tinch va osoyishta kunlarning qadriga yetish kerakligini yana bir bor his qildilar.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1