Roman-german filologiyasi fakulteti
1.14K subscribers
9.53K photos
595 videos
28 files
1.86K links
O'zDJTU, Roman-german filologiyasi fakulteti rasmiy kanali

Shikoyat, taklif va murojaat uchun: Yoshlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Shahzoda
Matlabxonova
@matlabxonovaa


Fakultet matbuot kotibi; @suxrobochilov
Download Telegram
🟦🟦🟦 🟦🟦🟦

Vazirlar mahkamasining 2025-yil 10-martdagi Qayta taqsimlash boʻyicha 149-sonli qaroriga muvofiq

Talabalarga o‘qish uchun tavsiya etiladigan eng sаrа KITOBLAR RO‘YXATI bilan tanishing

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
HEMIS axborot tizimida "Ijtimoiy faollik indeksi" moduli ishga tushirildi. 🚀

Tizimdan foydalanish tartibi: 🧑‍💻
1. my.hemis.uz plaformasi yoki HEMIS mobile ilovasiga kirish;
2. "Ijtimoiy faollik" bo'limini tanlash;
3. Ariza yaratish va zarur hujjatlarni yuklash.


ESLATMA
Ijtimoiy faollik indeksi — maksimum 20 ball
Talabaning quyidagi faoliyatlari 100 ballik mezon asosida baholanadi.

1. Kitobxonlik madaniyati
2. “5 muhim tashabbus”dagi ishtirok
3. Volontyorlik ishlari
4. Fan olimpiadalari
5. Teatr/muzeylarga tashrif
6. Sport va sog‘lom turmush tarzi
7. O‘quv darslariga to‘liq qatnash
8. Akademik tartib-intizomga rioya qilish
9. “Ma’rifat darslari”da ishtirok va boshqalar

Kiritilgan ma'lumotlar OTM tyutori tomondan tyutor.hemis.uz tizimi orqali ko'rib chiqiladi hamda tasdiqlanadi. Davomat va o'zlashtirish natijlari HEMIS tizimi orqali avtomatik tarzda shakllanadi.


Yuqori ball to'plash yuqori darajadagi imkoniyatlarni ta'minlaydi. 🔥

@ofisregistratoruzswlu – ulashing va obuna bo‘ling!
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#hemis #ijtimoiyfaollik

HEMIS axborot tizimida “Ijtimoiy faollik indeksi” modulidan foydalanish yo‘riqnomasi (videoda)

📌Tizimdan foydalanish tartibi juda oddiy:

1️⃣ my.hemis.uz platformasi yoki HEMIS mobil ilovasiga kiring;
2️⃣ Menyudan “Ijtimoiy faollik” bo‘limini tanlang;
3️⃣ Ariza yaratish tugmasini bosing va faoliyatingizni tasdiqlovchi hujjatlarni yuklang.

‼️ Ijtimoiy faollik indeksi uchun maksimal 20 ball beriladi. Talabaning faoliyati quyidagi 9 ta yo‘nalish bo‘yicha 100 ballik mezon asosida baholanadi:

Kitobxonlik madaniyati, “5 muhim tashabbus” doirasidagi ishtirok, volontyorlik ishlari, fan olimpiadalari va tanlovlar, teatr va muzeylarga tashriflar, sport va sog‘lom turmush tarzi, o‘quv darslariga to‘liq qatnashish, akademik tartib-intizomga rioya qilish, “Ma’rifat darslari” va boshqa tadbirlar.


Siz kiritgan ma’lumotlar universitet tyutori tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Davomat va o‘zlashtirish natijalari esa HEMIS tizimi orqali avtomatik tarzda shakllanadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇪🇸🇺🇿 Erasmus+ dasturi doirasida xalqaro hamkorlik kengaymoqda

📅 2026-yil 4-may kuni Roman-german filologiyasi fakulteti dekani X.I. Xakimov va Registrator Ofisi boshlig’i A.K. Xalillayevlar Erasmus+ KA171 Staff Mobility Program doirasida Ispaniyaning Uelva universitetiga tashrif buyurdilar.

📍Dasturining birinchi kunida ishtirokchilar universitetning tashkil etilgan tanishtiruv uchrashuvlarida faol qatnashmoqdalar. Uchrashuvlar davomida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik yondashuvlarni joriy etish hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish masalalari muhokama qilinmoqda.

🤝 Shuningdek, dastlabki kun doirasida turli davlatlardan tashrif buyurgan vakillari bilan kelgusida qo‘shma loyihalar hamda akademik hamkorlikni kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

🎓 Mazkur tashrif xalqaro tajriba asosida ta’lim sifatini oshirish hamda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🎉21👍1🔥1🤝1🆒1
Fransuz tili amaliy fanlar kafedrasida ma’naviy tadbir tashkil etildi

Fransuz tili amaliy fanlar kafedrasining 2025–2026-o‘quv yiliga mo‘ljallangan yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy yo‘nalishdagi ishlar rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 4-may kuni talabalar ishtirokida ma’naviy tadbir tashkil etildi.

Tadbir doirasida katta o‘qituvchi F. Badalov boshchiligida FFRA-2403 guruh talabalari poytaxtimizdagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdilar. Tashrifning asosiy maqsadi yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash, ajdodlar jasoratini yod etish hamda tinchlikning qadriga yetish tuyg‘usini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.

Tashrif davomida talabalar “Shon-sharaf” muzeyida bo‘lib, muzey eksponatlari bilan yaqindan tanishdilar. Ular Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekiston xalqining front ortida ko‘rsatgan qahramonligi, fidoyiligi va insonparvarligi haqida keng ma’lumotga ega bo‘ldilar.

Shuningdek, talabalar “Matonat madhiyasi” yodgorligini ham ziyorat qildilar. Urush yillaridagi o‘zbek ayolining sabr-bardoshi, matonati va sadoqatini aks ettiruvchi ushbu yodgorlik talabalarda chuqur taassurot qoldirdi.

Tashrif davomida F. Badalov talabalarga urush yillarida yurtimizga evakuatsiya qilingan turli millat vakillariga o‘zbek xalqining ko‘rsatgan mehr-oqibati, shuningdek, fransuz qarshilik harakati hamda jahon miqyosidagi g‘alabaga xalqimizning qo‘shgan hissasi haqida qisqacha ma’ruza qildi.

Mazkur amaliy tashrif talabalar uchun nafaqat tarixiy bilim manbai, balki yuksak ma’naviy saboq bo‘lib xizmat qildi. Tadbir yakunida talabalar bugungi tinch va osuda hayotning qadriga yetish, yurt taraqqiyoti uchun bilimli va mas’uliyatli mutaxassis bo‘lib yetishish zarurligini yanada chuqur his etdilar.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5😍3❤‍🔥2🎉211👏1
Roman-german filologiyasi fakultetida voleybol musobaqasi tashkil etildi

Roman-german filologiyasi fakulteti tyutori P. Jabborova tomonidan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida FNEM-2504 guruh talabalari ishtirokida voleybol musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqa davomida talabalar o‘zaro do‘stona ruhda bellashib, jamoaviy hamjihatlik, faollik va sportga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etdilar.

Mazkur sport tadbiri talabalarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Kelgusida bunday sport musobaqalarini muntazam ravishda tashkil etib borish rejalashtirildi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥2
🇺🇿Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti rahbariyati talabalar holidan xabar olish maqsadida ular yashayotgan ijara xonadonlariga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida talabalarning yashash sharoiti, kundalik turmushi hamda dars jarayonlariga tayyorgarligi bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, ularning taklif va mulohazalari tinglanib, mavjud masalalar yuzasidan suhbat olib borildi.

Bunday tashriflar talabalarning ijtimoiy-maishiy holatini o‘rganish, ularga zarur ko‘mak ko‘rsatish hamda ta’lim jarayonida yanada qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🎉1
🇪🇸🇺🇿 Erasmus+ dasturi doirasida xalqaro akademik hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda

📅 2026-yil, 4–8-may kunlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ispan tili nazariy fanlar kafedrasi mudiri Iroda Turamuratova Erasmus+ KA171 Staff Mobility dasturi doirasida Ispaniyaning Alikante universitetida xizmat safarida bo’lmoqda.

📍 Tashrifning dastlabki kunlarida (4–5-may) ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, akademik aloqalarni mustahkamlash va istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Jumladan:

qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish;
talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini kengaytirish;
ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida hamkorlikni chuqurlashtirish;
Erasmus+ va boshqa xalqaro grant loyihalarida faol ishtirokni davom ettirish;
pedagoglar uchun malaka oshirish dasturlarini tashkil etish.

🤝 Ushbu tashrif ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikni yangi darajaga olib chiqish, ilg‘or pedagogik tajriba almashish hamda ta’lim sifatini xalqaro standartlar asosida oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Universidad de Alicantenufuzli universitetlardan biri, yuqori darajadagi universitetlar qatoriga kiradi, ayniqsa tilshunoslik, tarjima, turizm va huquq yo‘nalishlarida kuchli. Dunyo TOP-1000 universitetlari qatoriga kiradi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5💯3🔥2👏1🆒1