Roman-german filologiyasi fakulteti
1.14K subscribers
9.54K photos
596 videos
28 files
1.86K links
O'zDJTU, Roman-german filologiyasi fakulteti rasmiy kanali

Shikoyat, taklif va murojaat uchun: Yoshlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Shahzoda
Matlabxonova
@matlabxonovaa


Fakultet matbuot kotibi; @suxrobochilov
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿O’zdjtu Roman-german filologiyasi fakultetida “Ijtimoiy-psixologik muhit bilan ishlash” bo‘limi mutaxassisi M. Abdurahmonova hamda tyutorlar L. Rahmatullayeva va Z. Nazarovalar tomonidan 5-sonli talabalar turar joyida xonama-xona suhbatlar tashkil etildi.

🔥Mazkur suhbatlar davomida talabalarning yashash sharoitlari o‘rganilib, quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
• Xonalarda tartib-intizom va ozodalikka rioya etish;
• Xonadoshlar o‘rtasida ahillik, o‘zaro hurmat va hamjihatlikni mustahkamlash;
• Nizoli vaziyatlarning oldini olish, shaxsiy chegaralarga hurmat bilan yondashish.

🔥🔥 Suhbat yakunida talabalarga jamoaviy yashash madaniyatini yuksaltirish, ichki tartib-qoidalarga amal qilish hamda xonalar tozaligini doimiy saqlash yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

#TalabaTurarJoyi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🎉1🙏1🆒1
04.05.2026 sanasida O‘zDJTU hamda Germaniyaning Askania GmbH tashkiloti o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida universitetda yana bir muhim amaliy tadbir tashkil etildi. Mazkur hamkorlik doirasida bugun tashkilot vakillari Margarita Rodina va Abdullaev Edem Roman-german filologiyasi fakulteti talabalari bilan uchrashuv o‘tkazib, Askania GmbHning faoliyati, asosiy yo‘nalishlari hamda xalqaro ta’lim loyihalari haqida batafsil taqdimot qilishdi.
Taqdimot davomida talabalarga Germaniya ta’lim tizimi, dual ta’lim imkoniyatlari, xalqaro stajirovkalar, amaliy o‘quv dasturlari va kelajakda ish bilan ta’minlanish istiqbollari haqida muhim ma’lumotlar berildi. Shuningdek, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Mazkur tadbir O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Askania GmbH o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, shuningdek, talabalar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochishga xizmat qiladi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Erasmus+ KA171 dasturi doirasida akademik mobillik tanlovi o‘tkazildi

2026-yil aprel oyida Erasmus+ KA171 dasturi doirasida Poitiers universiteti bilan hamkorlikda 2026–2027 o‘quv yilining birinchi va ikkinchi semestrlari uchun akademik mobillik dasturiga nomzodlarni saralash maqsadida tanlov tashkil etildi.

Mazkur tanlov O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining fransuz tili yo‘nalishi ikkinchi va uchinchi bosqich talabalari hamda magistrlari o‘rtasida o‘tkazildi.

Tanlov jarayoni ikki bosqichda amalga oshirildi va unda kafedra mudiri, dotsent Gulsanam Raximova, katta o‘qituvchi G‘ayrat Masharibov hamda boshqa o‘qituvchilar ishtirok etishdi:
1-bosqichda hujjatlar ekspertlar tomonidan ko‘rib chiqildi;
2-bosqichda esa saralangan nomzodlar bilan fransuz tilida suhbat o‘tkazildi.

Suhbat davomida nomzodlarning til bilish darajasi, akademik salohiyati, motivatsiyasi hamda dasturdan ko‘zlangan maqsadlari baholandi.

Tanlov yakunida eng yuqori natijalarni qayd etgan nomzodlar akademik mobillik dasturida ishtirok etish uchun tavsiya etildi. G‘oliblar Poitiers universitetida ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Mazkur tanlov talabalarning xalqaro tajriba orttirishi, til ko‘nikmalarini rivojlantirishi hamda akademik salohiyatini oshirishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 O‘zDJTU 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti (Filologiya va tillarni o‘qitish — nemis tili) ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalari uchun malakaviy amaliyotning 2-haftaligi boshlandi va izchil davom etmoqda.

🧠Amaliyot obyektlari sifatida Toshkent shahridagi Interhouse Tashkent Academic Lyceum, Y.V. fon Gyote nomidagi 60-maktab, 112-son PASCH umumta’lim maktabi, JDPU qoshidagi Sayiljoyi akademik litseyi hamda poytaxtimizdagi boshqa umumta’lim muassasalari belgilangan bo‘lib, amaliyot jarayoni aynan shu maskanlarda olib borilmoqda.

🖋 Amaliyot davomida talabalar o‘zlarining nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirib, mustaqil dars o‘tish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, o‘quvchilar bilan samarali muloqot o‘rnatish hamda dars jarayonini tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirmoqdalar.

🤝Shuningdek, mazkur jarayon talabalar uchun kasbiy kompetensiyalarini mustahkamlash, amaliy tajriba orttirish va kelajakdagi pedagogik faoliyatga puxta tayyorgarlik ko‘rishlarida muhim bosqich hisoblanadi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
🟦🟦🟦 🟦🟦🟦

Vazirlar mahkamasining 2025-yil 10-martdagi Qayta taqsimlash boʻyicha 149-sonli qaroriga muvofiq

Talabalarga o‘qish uchun tavsiya etiladigan eng sаrа KITOBLAR RO‘YXATI bilan tanishing

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
HEMIS axborot tizimida "Ijtimoiy faollik indeksi" moduli ishga tushirildi. 🚀

Tizimdan foydalanish tartibi: 🧑‍💻
1. my.hemis.uz plaformasi yoki HEMIS mobile ilovasiga kirish;
2. "Ijtimoiy faollik" bo'limini tanlash;
3. Ariza yaratish va zarur hujjatlarni yuklash.


ESLATMA
Ijtimoiy faollik indeksi — maksimum 20 ball
Talabaning quyidagi faoliyatlari 100 ballik mezon asosida baholanadi.

1. Kitobxonlik madaniyati
2. “5 muhim tashabbus”dagi ishtirok
3. Volontyorlik ishlari
4. Fan olimpiadalari
5. Teatr/muzeylarga tashrif
6. Sport va sog‘lom turmush tarzi
7. O‘quv darslariga to‘liq qatnash
8. Akademik tartib-intizomga rioya qilish
9. “Ma’rifat darslari”da ishtirok va boshqalar

Kiritilgan ma'lumotlar OTM tyutori tomondan tyutor.hemis.uz tizimi orqali ko'rib chiqiladi hamda tasdiqlanadi. Davomat va o'zlashtirish natijlari HEMIS tizimi orqali avtomatik tarzda shakllanadi.


Yuqori ball to'plash yuqori darajadagi imkoniyatlarni ta'minlaydi. 🔥

@ofisregistratoruzswlu – ulashing va obuna bo‘ling!
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#hemis #ijtimoiyfaollik

HEMIS axborot tizimida “Ijtimoiy faollik indeksi” modulidan foydalanish yo‘riqnomasi (videoda)

📌Tizimdan foydalanish tartibi juda oddiy:

1️⃣ my.hemis.uz platformasi yoki HEMIS mobil ilovasiga kiring;
2️⃣ Menyudan “Ijtimoiy faollik” bo‘limini tanlang;
3️⃣ Ariza yaratish tugmasini bosing va faoliyatingizni tasdiqlovchi hujjatlarni yuklang.

‼️ Ijtimoiy faollik indeksi uchun maksimal 20 ball beriladi. Talabaning faoliyati quyidagi 9 ta yo‘nalish bo‘yicha 100 ballik mezon asosida baholanadi:

Kitobxonlik madaniyati, “5 muhim tashabbus” doirasidagi ishtirok, volontyorlik ishlari, fan olimpiadalari va tanlovlar, teatr va muzeylarga tashriflar, sport va sog‘lom turmush tarzi, o‘quv darslariga to‘liq qatnashish, akademik tartib-intizomga rioya qilish, “Ma’rifat darslari” va boshqa tadbirlar.


Siz kiritgan ma’lumotlar universitet tyutori tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Davomat va o‘zlashtirish natijalari esa HEMIS tizimi orqali avtomatik tarzda shakllanadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇪🇸🇺🇿 Erasmus+ dasturi doirasida xalqaro hamkorlik kengaymoqda

📅 2026-yil 4-may kuni Roman-german filologiyasi fakulteti dekani X.I. Xakimov va Registrator Ofisi boshlig’i A.K. Xalillayevlar Erasmus+ KA171 Staff Mobility Program doirasida Ispaniyaning Uelva universitetiga tashrif buyurdilar.

📍Dasturining birinchi kunida ishtirokchilar universitetning tashkil etilgan tanishtiruv uchrashuvlarida faol qatnashmoqdalar. Uchrashuvlar davomida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik yondashuvlarni joriy etish hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish masalalari muhokama qilinmoqda.

🤝 Shuningdek, dastlabki kun doirasida turli davlatlardan tashrif buyurgan vakillari bilan kelgusida qo‘shma loyihalar hamda akademik hamkorlikni kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

🎓 Mazkur tashrif xalqaro tajriba asosida ta’lim sifatini oshirish hamda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🎉21👍1🔥1🤝1🆒1