Roman-german filologiyasi fakulteti
1.14K subscribers
9.54K photos
596 videos
28 files
1.86K links
O'zDJTU, Roman-german filologiyasi fakulteti rasmiy kanali

Shikoyat, taklif va murojaat uchun: Yoshlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Shahzoda
Matlabxonova
@matlabxonovaa


Fakultet matbuot kotibi; @suxrobochilov
Download Telegram
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti tyutori P. Jabborova tomonidan talabalar uchun “Millat fidoyilari: xotira va qadrlash” mavzusida ma’rifat darsi tashkil etildi.

Dars davomida talabalarda Vatanga sadoqat, millat fidoyilariga hurmat va minnatdorlik tuyg‘ularini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Talabalar xalq, Vatan, tinchlik va taraqqiyot yo‘lida xizmat qilgan fidoyi insonlarning hayoti va faoliyati bilan tanishdilar.

Mashg‘ulot yakunida talabalar fidoyilik, xotira va qadrlash kabi qadriyatlarning hayotdagi o‘rni haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿O’zdjtu Roman-german filologiyasi fakultetida “Ijtimoiy-psixologik muhit bilan ishlash” bo‘limi mutaxassisi M. Abdurahmonova hamda tyutorlar L. Rahmatullayeva va Z. Nazarovalar tomonidan 5-sonli talabalar turar joyida xonama-xona suhbatlar tashkil etildi.

🔥Mazkur suhbatlar davomida talabalarning yashash sharoitlari o‘rganilib, quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
• Xonalarda tartib-intizom va ozodalikka rioya etish;
• Xonadoshlar o‘rtasida ahillik, o‘zaro hurmat va hamjihatlikni mustahkamlash;
• Nizoli vaziyatlarning oldini olish, shaxsiy chegaralarga hurmat bilan yondashish.

🔥🔥 Suhbat yakunida talabalarga jamoaviy yashash madaniyatini yuksaltirish, ichki tartib-qoidalarga amal qilish hamda xonalar tozaligini doimiy saqlash yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

#TalabaTurarJoyi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🎉1🙏1🆒1
04.05.2026 sanasida O‘zDJTU hamda Germaniyaning Askania GmbH tashkiloti o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida universitetda yana bir muhim amaliy tadbir tashkil etildi. Mazkur hamkorlik doirasida bugun tashkilot vakillari Margarita Rodina va Abdullaev Edem Roman-german filologiyasi fakulteti talabalari bilan uchrashuv o‘tkazib, Askania GmbHning faoliyati, asosiy yo‘nalishlari hamda xalqaro ta’lim loyihalari haqida batafsil taqdimot qilishdi.
Taqdimot davomida talabalarga Germaniya ta’lim tizimi, dual ta’lim imkoniyatlari, xalqaro stajirovkalar, amaliy o‘quv dasturlari va kelajakda ish bilan ta’minlanish istiqbollari haqida muhim ma’lumotlar berildi. Shuningdek, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Mazkur tadbir O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Askania GmbH o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, shuningdek, talabalar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochishga xizmat qiladi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Erasmus+ KA171 dasturi doirasida akademik mobillik tanlovi o‘tkazildi

2026-yil aprel oyida Erasmus+ KA171 dasturi doirasida Poitiers universiteti bilan hamkorlikda 2026–2027 o‘quv yilining birinchi va ikkinchi semestrlari uchun akademik mobillik dasturiga nomzodlarni saralash maqsadida tanlov tashkil etildi.

Mazkur tanlov O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining fransuz tili yo‘nalishi ikkinchi va uchinchi bosqich talabalari hamda magistrlari o‘rtasida o‘tkazildi.

Tanlov jarayoni ikki bosqichda amalga oshirildi va unda kafedra mudiri, dotsent Gulsanam Raximova, katta o‘qituvchi G‘ayrat Masharibov hamda boshqa o‘qituvchilar ishtirok etishdi:
1-bosqichda hujjatlar ekspertlar tomonidan ko‘rib chiqildi;
2-bosqichda esa saralangan nomzodlar bilan fransuz tilida suhbat o‘tkazildi.

Suhbat davomida nomzodlarning til bilish darajasi, akademik salohiyati, motivatsiyasi hamda dasturdan ko‘zlangan maqsadlari baholandi.

Tanlov yakunida eng yuqori natijalarni qayd etgan nomzodlar akademik mobillik dasturida ishtirok etish uchun tavsiya etildi. G‘oliblar Poitiers universitetida ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Mazkur tanlov talabalarning xalqaro tajriba orttirishi, til ko‘nikmalarini rivojlantirishi hamda akademik salohiyatini oshirishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 O‘zDJTU 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti (Filologiya va tillarni o‘qitish — nemis tili) ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalari uchun malakaviy amaliyotning 2-haftaligi boshlandi va izchil davom etmoqda.

🧠Amaliyot obyektlari sifatida Toshkent shahridagi Interhouse Tashkent Academic Lyceum, Y.V. fon Gyote nomidagi 60-maktab, 112-son PASCH umumta’lim maktabi, JDPU qoshidagi Sayiljoyi akademik litseyi hamda poytaxtimizdagi boshqa umumta’lim muassasalari belgilangan bo‘lib, amaliyot jarayoni aynan shu maskanlarda olib borilmoqda.

🖋 Amaliyot davomida talabalar o‘zlarining nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirib, mustaqil dars o‘tish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, o‘quvchilar bilan samarali muloqot o‘rnatish hamda dars jarayonini tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirmoqdalar.

🤝Shuningdek, mazkur jarayon talabalar uchun kasbiy kompetensiyalarini mustahkamlash, amaliy tajriba orttirish va kelajakdagi pedagogik faoliyatga puxta tayyorgarlik ko‘rishlarida muhim bosqich hisoblanadi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
🟦🟦🟦 🟦🟦🟦

Vazirlar mahkamasining 2025-yil 10-martdagi Qayta taqsimlash boʻyicha 149-sonli qaroriga muvofiq

Talabalarga o‘qish uchun tavsiya etiladigan eng sаrа KITOBLAR RO‘YXATI bilan tanishing

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1