Roman-german filologiyasi fakulteti
1.14K subscribers
9.54K photos
596 videos
28 files
1.86K links
O'zDJTU, Roman-german filologiyasi fakulteti rasmiy kanali

Shikoyat, taklif va murojaat uchun: Yoshlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Shahzoda
Matlabxonova
@matlabxonovaa


Fakultet matbuot kotibi; @suxrobochilov
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakultetida fakultet tyutori P. Jabborova hamda 🇺🇿 Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti fakultet kengashi a’zolari tashabbusi bilan qatag‘on qurbonlaridan biri — Mulla Abduvahhob Ibodiy xotirasiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

📚 Tadbir davomida ushbu buyuk ma’rifatparvarning hayot yo‘li, ilmiy va ijtimoiy faoliyati, millat ravnaqi yo‘lida qilgan xizmatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Talabalar uning boy ma’naviy merosi, ezgu g‘oyalari hamda fidokorona faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.

Shuningdek, tadbirda qatag‘on davrining og‘ir sinovlari, bu davrda xalqimiz boshidan kechirgan murakkab tarixiy jarayonlar haqida ham so‘z yuritilib, yoshlarning tarixiy ongini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

🎯 Bunday ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar yosh avlodni ajdodlar xotirasiga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning qalbida vatanparvarlik, milliy g‘urur va tarixiy xotiraga sadoqat tuyg‘ularini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥21👍1
🇺🇿 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿Roman-german filologiyasi fakulteti tyutori P. Jabborova tomonidan talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularda shukronalik hissini kuchaytirish hamda vatanparvarlik tuygʻularini yuksaltirish maqsadida “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasiga tashrif uyushtirildi.

🧠 Tashrif davomida talabalar vatan ravnaqi yo’lida vafot etgan insonlarning hayoti va taqdiri bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, shu davrga oid buyumlar, texnikalar va muzey eksponatlarini koʻzdan kechirish orqali oʻsha davr muhitini yanada chuqurroq his etdilar.

🤝Tashrif yakunida talabalar bunday tarixiy maskanlarga tez-tez tashrif buyurish istagini bildirib, bu kabi uchrashuvlar ularda shukronalik, Vatanga muhabbat va tarixga hurmat tuygʻularini yanada mustahkamlaganini ta’kidladilar.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥11🔥1😍1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🧵 IJOD DAVOM ETMOQDA: KASHTACHILIK TO‘GARAGI FAOLIYATI

🧠 5-TTJda tashkil etilgan kashtachilik to‘garagi o‘z faoliyatini izchil davom ettirmoqda. To‘garak 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti talabasi Hasanboyeva Marjona Xalimjon qizi boshchiligida tashkil etildi.

Navbatdagi mashg‘ulotlarda ishtirokchilar murakkabroq naqshlar ustida ishlashni boshladilar. Har bir talaba o‘z ijodiy yondashuvi asosida noyob va betakror ishlar yaratib, kashtachilik sir-asrorlarini chuqurroq o‘zlashtirmoqda.

🤝 To‘garak jarayonlari talabalar o‘rtasida hamkorlik muhitini kuchaytirib, ularning estetik didi va sabr-toqatini rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Ijodiy jarayon esa tobora qiziqarli va samarali tus olmoqda.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
“Millat fidoyilari: xotira va qadrlash” mavzusida ma’rifat darsi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini A. Mallayev tomonidan talabalar uchun “Millat fidoyilari: xotira va qadrlash” mavzusida ma’rifat darsi tashkil etildi.

Mazkur dars talabalarda Vatanga sadoqat, millat fidoyilariga hurmat va minnatdorlik tuyg‘ularini shakllantirishga qaratildi. Dars davomida talabalar tarixiy va zamonaviy fidoyilar — xalq, Vatan, tinchlik hamda taraqqiyot yo‘lida xizmat qilgan insonlarning hayoti va faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Mashg‘ulot davomida “fidoyilik”, “xotira” va “qadrlash” tushunchalarining mazmun-mohiyati keng yoritildi. Talabalar Vatan, xalq va insoniyat ravnaqi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan shaxslarning hayoti va faoliyatini o‘rganish orqali milliy g‘urur, hurmat va minnatdorlik tuyg‘ularini yanada mustahkamladilar.

Shuningdek, interfaol o‘yinlar va guruhli topshiriqlar orqali talabalar o‘z fikrlarini ravon, mantiqiy va asosli tarzda ifoda etish ko‘nikmalarini rivojlantirdilar. Shiorlar, insho hamda sahna ko‘rinishlari orqali esa ijodiy fikrlash va vatanparvarlik ruhini namoyon etdilar.

Dars yakunida talabalar fidoyilik, hurmat va minnatdorlik qadriyatlarini kundalik hayotda qo‘llash, ularni shaxsiy xulq-atvorida namoyon etish zarurligi haqida xulosaga keldilar.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2