Roman-german filologiyasi fakulteti
1.14K subscribers
9.55K photos
596 videos
28 files
1.86K links
O'zDJTU, Roman-german filologiyasi fakulteti rasmiy kanali

Shikoyat, taklif va murojaat uchun: Yoshlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Shahzoda
Matlabxonova
@matlabxonovaa


Fakultet matbuot kotibi; @suxrobochilov
Download Telegram
📍Joriy yilning 1-may sanasida 🇺🇿 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakultetida "Ijtimoiy-psixologik muhit bilan ishlash" bo‘limi bosh mutaxassisi M. Abdurahmonova o‘ziga biriktirilgan talabalar bilan Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida muzey mas’ul xodimlari tomonidan Temuriylar sulolasi davriga oid 5 mingdan ortiq eksponatlar, buyuk sarkardaning hayoti va faoliyati, uning davlat boshqaruvi va harbiy yurishlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Talabalar tarixiy obidalar va eksponatlar bilan yaqindan tanishib, ulug‘ ajdodimizning boy merosi haqida qimmatli bilimlarga ega bo‘lishdi.

Mazkur tashrif yoshlarning tarixiy tafakkurini boyitish, milliy o‘zlikni anglash hamda madaniy merosimizni o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
🇺🇿 🇺🇿 OʻzDJTU
Roman-german filologiyasi fakulteti FISP 2407 -guruh talabalari ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Samarqandga sayohat uyushtirishdi.

Sayohat davomida talabalar tabiatning chiroyli manzaralaridan bahramand boʻlishdi va ushbu betakror manzillarga tashrif buyurishdi:

📍Registon tarixiy majmuasi;
📍Islom Karimov uy muzeyi va haykali;
📍Islom Karimov maqbarasi;
📍Bibixonim masjidi;
📍Ulug'bek rasatxonasi
📍Go'ri Amir maqbarasi
📍Samarqand City majmuasi

Talabalar sayohat davomida ajoyib taassurotlar bilan qaytdilar.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍21🎉1😍1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 Talabalarimiz xalqaro festival markazida!

O’zdjtu Roman-german filologiyasi fakulteti FNEM 2417-guruh talabalari G. Mamasodiqova hamda M. Maxmudovalar Yoshlar ijod saroyida o‘tkazilayotgan “Yevropa Ittifoqi festivali” ga tashrif buyurishdi.
Talabalar festival doirasidagi madaniy ko‘rgazmalar va jonli muloqotlar orqali Yevropa mamlakatlari haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lishmoqda. 🌍💫Madaniyat, g‘oyalar va unutilmas taassurotlar — bo‘lajak filologlarimiz jahon madaniyatini yaqindan kashf etishmoqda. 🇩🇪🇪🇸🇫🇷

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥2🎉1😍1
Shaxsiy gigiyena va o‘z salomatligini asrash mavzusida ochiq dars tashkil etildi

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakultetida “Shaxsiy gigiyena va o‘z salomatligini asrash” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.

Ochiq dars davomida talabalarga shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda salomatlikni asrashning muhim jihatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tadbir davomida sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollik, kun tartibiga amal qilish va kasalliklarning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi. Bunday ochiq darslar talabalarning sog‘lom hayotga bo‘lgan mas’uliyatini oshirishga xizmat qiladi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Amir Temur muzeyiga tashrif amalga oshirildi

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini A. Mallayev tomonidan talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning tarixiy bilim va dunyoqarashini kengaytirish maqsadida Amir Temur muzeyiga tashrif amalga oshirildi.

Tashrif davomida talabalar buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temurning hayoti, faoliyati hamda boy tarixiy merosi bilan yaqindan tanishdilar.

Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, milliy qadriyatlarga hurmat ruhini yuksaltirish va ularning ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
🎉TABRIKLAYMIZ! 🎉

Hurmatli Ilxomjon Madaminovich!

Sizni tavallud ayyomingiz bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz!

Sizning rahbarligingiz ostida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti nafaqat ta’lim sifatini oshirish, balki xalqaro maydonda o‘z nufuzini mustahkamlab borayotgan ilg‘or dargohlardan biriga aylanmoqda. Sizning strategik fikrlashingiz, zamonaviy yondashuvingiz hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi tashabbuslaringiz biz uchun katta ilhom manbaidir.

Bugungi qutlug‘ kunda Sizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda yuksak muvaffaqiyatlar, yangi zafarlar tilaymiz!

Yurtimiz ta’limi ravnaqi yo‘lidagi ezgu ishlaringiz bardavom bo‘lsin!

Hurmat bilan,
🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10🔥8🎉6❤‍🔥51🏆1🆒1