Roman-german filologiyasi fakulteti
1.14K subscribers
9.56K photos
597 videos
28 files
1.87K links
O'zDJTU, Roman-german filologiyasi fakulteti rasmiy kanali

Shikoyat, taklif va murojaat uchun: Yoshlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Shahzoda
Matlabxonova
@matlabxonovaa


Fakultet matbuot kotibi; @suxrobochilov
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿🇺🇿 29-aprel kuni Fransuz tili amaliy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi D. Otamurodova tomonidan “Notiqlik mahorati” fanidan ochiq dars tashkil etildi.

💠 Dars jarayoni yuqori saviyada, interaktiv usullar asosida olib borilib, talabalarning nutq madaniyati, fikrni aniq va ta’sirchan ifoda etish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratildi. Mashg‘ulot davomida amaliy topshiriqlar, jonli muloqot va bahs-munozaralar orqali ishtirokchilarning faolligi ta’minlandi.

💠 Ushbu ochiq darsda Fransuz tili amaliy fanlar hamda Fransuz tili nazariy fanlar kafedralari professor-o‘qituvchilari ishtirok etib, darsni katta qiziqish bilan kuzatdilar va o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Mutaxassislar tomonidan dars mazmuni, qo‘llanilgan metodlar va pedagogik yondashuv yuqori baholandi.

💠 Bunday ochiq darslar professor-o‘qituvchilar o‘rtasida tajriba almashish, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
31😍1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿🇺🇿 30-aprel kuni 6-sonli Talabalar turar joyida talabalar uchun yana bir mazmunli va qiziqarli tadbir tashkil etildi. Unda Fransuz tili amaliy fanlar kafedrasi o‘qituvchilari hamda talabalar Fransiyalik o‘qituvchi Rashid Bakush ishtirokida Tunis milliy taomi — kus-kus tayyorlash jarayonida qatnashdilar.

💠 Tadbir davomida ishtirokchilar nafaqat taom tayyorlash sir-asrorlari bilan tanishdilar, balki Tunis madaniyati, milliy an’analari va gastronomik o‘ziga xosliklari haqida ham qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Rashid Bakush tomonidan kus-kus tayyorlash bosqichlari amaliy tarzda ko‘rsatib berildi va ishtirokchilar jarayonda faol ishtirok etdilar.

💠 Mazkur uchrashuv talabalar uchun madaniy almashinuv, xorijiy tillarni amalda qo‘llash hamda xalqaro do‘stona muhitni shakllantirishga xizmat qildi. Tadbir yakunida tayyorlangan milliy taom barcha ishtirokchilar tomonidan baholandi va iliq taassurotlar qoldirdi.

💠 Bunday tadbirlar talabalarning dunyoqarashini kengaytirish, ularni turli xalqlar madaniyatiga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥32👍2🔥2
📍Joriy yilning 1-may sanasida 🇺🇿 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakultetida "Ijtimoiy-psixologik muhit bilan ishlash" bo‘limi bosh mutaxassisi M. Abdurahmonova o‘ziga biriktirilgan talabalar bilan Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida muzey mas’ul xodimlari tomonidan Temuriylar sulolasi davriga oid 5 mingdan ortiq eksponatlar, buyuk sarkardaning hayoti va faoliyati, uning davlat boshqaruvi va harbiy yurishlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Talabalar tarixiy obidalar va eksponatlar bilan yaqindan tanishib, ulug‘ ajdodimizning boy merosi haqida qimmatli bilimlarga ega bo‘lishdi.

Mazkur tashrif yoshlarning tarixiy tafakkurini boyitish, milliy o‘zlikni anglash hamda madaniy merosimizni o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
🇺🇿 🇺🇿 OʻzDJTU
Roman-german filologiyasi fakulteti FISP 2407 -guruh talabalari ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Samarqandga sayohat uyushtirishdi.

Sayohat davomida talabalar tabiatning chiroyli manzaralaridan bahramand boʻlishdi va ushbu betakror manzillarga tashrif buyurishdi:

📍Registon tarixiy majmuasi;
📍Islom Karimov uy muzeyi va haykali;
📍Islom Karimov maqbarasi;
📍Bibixonim masjidi;
📍Ulug'bek rasatxonasi
📍Go'ri Amir maqbarasi
📍Samarqand City majmuasi

Talabalar sayohat davomida ajoyib taassurotlar bilan qaytdilar.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍21🎉1😍1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 Talabalarimiz xalqaro festival markazida!

O’zdjtu Roman-german filologiyasi fakulteti FNEM 2417-guruh talabalari G. Mamasodiqova hamda M. Maxmudovalar Yoshlar ijod saroyida o‘tkazilayotgan “Yevropa Ittifoqi festivali” ga tashrif buyurishdi.
Talabalar festival doirasidagi madaniy ko‘rgazmalar va jonli muloqotlar orqali Yevropa mamlakatlari haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lishmoqda. 🌍💫Madaniyat, g‘oyalar va unutilmas taassurotlar — bo‘lajak filologlarimiz jahon madaniyatini yaqindan kashf etishmoqda. 🇩🇪🇪🇸🇫🇷

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥2🎉1😍1
Shaxsiy gigiyena va o‘z salomatligini asrash mavzusida ochiq dars tashkil etildi

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakultetida “Shaxsiy gigiyena va o‘z salomatligini asrash” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.

Ochiq dars davomida talabalarga shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda salomatlikni asrashning muhim jihatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tadbir davomida sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollik, kun tartibiga amal qilish va kasalliklarning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi. Bunday ochiq darslar talabalarning sog‘lom hayotga bo‘lgan mas’uliyatini oshirishga xizmat qiladi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1