Roman-german filologiyasi fakulteti
1.14K subscribers
8.97K photos
572 videos
28 files
1.76K links
O'zDJTU, Roman-german filologiyasi fakulteti rasmiy kanali

Shikoyat, taklif va murojaat uchun: Yoshlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Shahzoda
Matlabxonova
@matlabxonovaa


Fakultet matbuot kotibi; @suxrobochilov
Download Telegram
❗️❗️❗️❗️❗️

🌄 DAM OLISHGA TAYYORMISIZ?

📍 Parkent | Krasnogorsk

Shahar shovqinidan charchadingizmi?
Unda bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

🍃 Toza tog‘ havosi
🌿 Ajoyib tabiat
🌅 Quyosh chiqishi va botishi
👨‍👩‍👧‍👦 Do‘stlar bilan unutilmas dam

📸 Eng asosiysi — zo‘r, unutilmas fotolar bilan qaytasiz!

━━━━━━━━━━━
🗓 19-aprel (Yakshanba)
🕗 06:00
🚐 Qulay transport
💰 80 000 so‘m

━━━━━━━━━━━

Joylar soni cheklangan!
📞 @jamoliddinovv_7

🔥 Hoziroq yoziling — joylar tez to‘lib bormoqda!

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂

🇺🇿 O‘zDJTU 🇺🇿 Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti kengashi tomonidan aprel oyi “Yoshlar festivali” oyligi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda! 🎉

📚Shu oylik doirasida “Jadidni eslab” loyihasi asosida — “O‘tmishdan saboq, kelajak sari ilhom!” shiori ostida Abdulla Qodiriy tavalludining 132 yilligiga bag‘ishlangan davra suhbati yuqori saviyada tashkil etildi.

📖 Tadbir davomida talabalar buyuk adibning hayot yo‘li, murakkab taqdiri va boy ijodiy merosi bilan yaqindan tanishib, uning “O‘tkan kunlar” asari orqali millat uyg‘onishi, ma’rifat va taraqqiyot g‘oyalari atroflicha tahlil qilindi.

💬 Qizg‘in muhokamalar, erkin fikr almashuv hamda yoshlarning faol ishtiroki tadbirga alohida ruh bag‘ishladi.

Abdulla Qodiriy merosi — bu nafaqat adabiyot, balki milliy o‘zlikni anglash, ma’naviy yuksalish va kelajak sari dadil intilish uchun muhim manbadir.

🎓 Tadbir yoshlar qalbida kitobxonlik madaniyati, milliy g‘urur va ma’naviy uyg‘oqlikni yanada mustahkamladi.

🔥 Keling, birga o‘rganaylik, rivojlanaylik va yuksak marralarni zabt etaylik!


Bizni kuzatib boring ;

📱 Telegram 📱Instagram 📱Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3❤‍🔥1👍1🔥1
🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥

🇺🇿 O‘zDJTU 🇺🇿 Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti kengashi tomonidan aprel oyi “Yoshlar festivali” oyligi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda! 🎉

📚 Shu oylik doirasida barcha kitobxonlar va adabiyot ixlosmandlarini “Odam bo‘lish qiyin” asari yuzasidan o‘tkaziladigan muhokama uchrashuviga taklif etamiz.

🎯 Tadbir yakunida bilim va e’tiborni sinovdan o‘tkazish maqsadida Kahoot platformasi orqali viktorina tashkil etiladi.

🗺 Manzil: O‘zDJTU, Literaturniy 6-binosi, 211-xona
🗓 Sana: 17.04.2026
Vaqt: 13:30

🏆 Faol va bilimdon ishtirokchilar rag‘batlantiriladi!

📞 Murojaat uchun: @Tangr1yevaa

Barchangizni ushbu ma’rifiy uchrashuvda kutib qolamiz!


Bizni kuzatib boring ;

📱 Telegram 📱Instagram 📱Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤‍🔥1🔥1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🧵 IJOD DAVOM ETMOQDA: KASHTACHILIK TO‘GARAGI FAOLIYATI

🧠 5-TTJda tashkil etilgan kashtachilik to‘garagi o‘z faoliyatini izchil davom ettirmoqda. To‘garak 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti talabasi Hasanboyeva Marjona Xalimjon qizi boshchiligida tashkil etildi.

Navbatdagi mashg‘ulotlarda ishtirokchilar murakkabroq naqshlar ustida ishlashni boshladilar. Har bir talaba o‘z ijodiy yondashuvi asosida noyob va betakror ishlar yaratib, kashtachilik sir-asrorlarini chuqurroq o‘zlashtirmoqda.

🤝 To‘garak jarayonlari talabalar o‘rtasida hamkorlik muhitini kuchaytirib, ularning estetik didi va sabr-toqatini rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Ijodiy jarayon esa tobora qiziqarli va samarali tus olmoqda.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11🔥1
🇪🇸🇺🇿 Erasmus+ dasturi doirasida xalqaro hamkorlik kengaymoqda

📅 2026-yil 13-aprel kuni Ispan tili nazariy fanlar kafedrasi o‘qituvchilari N. Mirzayeva va D. Salaxovalar Erasmus+ KA171 Staff Mobility Program doirasida Cádiz universitetiga tashrif buyurdilar.

📍 Dasturining birinchi kunida ishtirokchilar universitetning Xerez kampusida tashkil etilgan tanishtiruv uchrashuvlarida faol qatnashmoqdalar. Uchrashuvlar davomida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik yondashuvlarni joriy etish hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish masalalari muhokama qilinmoqda.

🤝 Shuningdek, dastlabki kun doirasida turli davlatlardan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar bilan ilmiy va metodik tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yilib, kelgusida qo‘shma loyihalar hamda akademik hamkorlikni kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

🎓 Mazkur tashrif o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, xalqaro tajriba asosida ta’lim sifatini oshirish hamda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥1👏1😍1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 Roman- geeman filologiyasi fakulteti tyutori P.Jabborova 2508 guruh talabalari bilan O’zbek adabiyotini yetuk vakili shoir Abdulla Oripov hayoti va ijodi yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat davomida talabalar shoir hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar olishdi. Shoir she’rlaridan ifodali yodladilar .
Abdulla Oripov (1941-yil 21-mart – 2016-yil 5-noyabr) – Oʻzbekiston xalq shoiri, “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni sohibi, oʻzbek shoiri, tarjimoni va jamoat arbobi. XX asr oʻzbek adabiyoti va sheʼriyatining taniqli vakili hamda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi matni muallifi.
Abdulla Oripov 1941-yilning 21-martida Qashqadaryo viloyati, Koson tumanidagi Nekoʻz qishlogʻida tugʻilgan. Qishloq Qoʻngʻirtov etagida joylashgan. Otasi Orifboy Ubaydulla oʻgʻli jamoa xoʻjaligi raisi boʻlgan. Shu sababli go’zal tabiatni ko’rgan shoir ijodini yoshligidan tabiat qo’ynida boshlagan.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
21❤‍🔥1🔥1😍1
✏️ Ma’naviyat va adabiyot kechasi: buyuk ijodkorlar xotirasiga bag‘ishlandi

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿Roman-german filologiyasi fakultetida akademik Aziz Qayumov hamda taniqli shoira Saida Zununovaning tavalludining 100 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy kecha tashkil etildi. Mazkur tadbir fakultet tyutorlari boshchiligida, xususan L. Rahmatullayeva va Z. Nazarovalar tashabbusi bilan yuqori saviyada o‘tkazildi.

🧠 Kecha davomida talabalar buyuk adib va olimlarning hayoti, ilmiy va ijodiy faoliyati haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Talabalar tomonidan she’rlar o‘qildi, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi hamda ularning boy merosi keng targ‘ib qilindi. Ayniqsa, Saida Zununovaning lirikasidan namunalar va Aziz Qayumovning ilmiy faoliyati haqidagi chiqishlar katta taassurot qoldirdi.

🤝 Mazkur ma’naviy-ma’rifiy kecha yoshlarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, milliy merosimizni qadrlash hamda buyuk siymolar xotirasini e’zozlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM