Roman-german filologiyasi fakulteti
1.15K subscribers
8.99K photos
572 videos
28 files
1.76K links
O'zDJTU, Roman-german filologiyasi fakulteti rasmiy kanali

Shikoyat, taklif va murojaat uchun: Yoshlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Shahzoda
Matlabxonova
@matlabxonovaa


Fakultet matbuot kotibi; @suxrobochilov
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti “Ijtimoiy-psixologik muhit bilan ishlash bo‘limi” mutaxassisi M. Abduraxmonova hamda tyutorlar L. Rahmatullayeva va Sh. G‘oipovlar tomonidan Talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar bilan profilaktik va o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

💠 Jarayon davomida talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning yashash sharoitlari, ijtimoiy muhitga moslashuvi hamda kundalik hayotidagi muhim jihatlar muhokama qilindi. Shuningdek, talabalar o‘rtasida sog‘lom muhitni shakllantirish, o‘zaro hurmat va hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔺 Muloqotlar davomida ayrim talabalar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar tinglanib, ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi. Shu bilan birga, talabalarning aksariyatida ijobiy kayfiyat va faol ijtimoiy muhit mavjudligi kuzatildi.

🔺 Mazkur tashrif talabalar bilan yaqindan ishlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤‍🔥1🎉1
Bugun, 13-aprel kuni 4-bosqich Roman-german filologiyasi fakulteti talabalari bilan pedagogika fanlari nomzodi Saparova N.B. tomonidan buyuk sarkarda Amir Timur tavallud kuniga bag‘ishlangan «По следам великого завоевателя: жизнь и наследие Амира Тимура» nomli tadbir o‘tkazildi

Tadbir davomida talabalar buyuk hukmdorning hayoti va faoliyatining muhim bosqichlari bilan tanishdilar, uning tarix, madaniyat va davlat rivojiga qo‘shgan hissasi haqida fikr almashdilar. Shuningdek, qiziqarli ma’lumotlar taqdim etildi, prezentatsiyalar va viktorinalar tashkil qilinib, tadbir yanada mazmunli va qiziqarli o‘tdi. Alohida e’tibor Amir Timurning boy tarixiy merosi va uning bugungi kundagi ahamiyatiga qaratildi.

Tadbir yakunida faol ishtirok etgan talabalar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar🏆
6👍5❤‍🔥4🔥1🏆1🆒1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Roman-german filologiyasi fakulteti tyutori P. Jabborova ijarada yashovchi talabalar yashash sharoitini o’rgandi.
O’rganish davomida talabalar bilan dildan suhbatlashib, talabalardagi muammolar tinglandi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti, Fransuz tili amaliy fanlar kafedrasi dotsenti Davronova Zulfiya Boboyevna 2026-yil mart oyida Qozog‘iston Respublikasi, Astana shahrida “BILIM-ORKENIETI” Milliy innovatsion ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan tashkil etilgan “ЛУЧШИЙ ПЕДАГОГ СНГ” (“MDHning eng yaxshi pedagogi”) xalqaro tanlovida munosib ishtirok etib, g‘olib deb topildi.

🔺 Ustozimiz o‘zining ko‘p yillik samarali mehnat faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlari va erishgan yutuqlari bilan yuqori baholanib,
🏅 maxsus ko‘krak nishoni,
📜 I-darajali xalqaro diplom hamda
🏆 “MDHning eng yaxshi pedagogi” statuetkasi bilan taqdirlandi.

💠 Mazkur tanlov pedagoglar salohiyatini oshirish, innovatsion ta’lim yondashuvlarini rivojlantirish va xalqaro miqyosda tajriba almashinuvini kengaytirishga xizmat qiladi.

🎉 Roman-german filologiyasi fakulteti jamoasi Davronova Zulfiya Boboyevnani ushbu yuksak yutuq bilan samimiy muborakbod etadi va kelgusidagi ilmiy hamda pedagogik faoliyatlarida yanada ulkan zafarlar tilaydi!


Bizni kuzatib boring ;

📱 Telegram 📱Instagram 📱Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥53👍32🔥2👏1🎉1🏆1
❗️❗️❗️❗️❗️

🌄 DAM OLISHGA TAYYORMISIZ?

📍 Parkent | Krasnogorsk

Shahar shovqinidan charchadingizmi?
Unda bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

🍃 Toza tog‘ havosi
🌿 Ajoyib tabiat
🌅 Quyosh chiqishi va botishi
👨‍👩‍👧‍👦 Do‘stlar bilan unutilmas dam

📸 Eng asosiysi — zo‘r, unutilmas fotolar bilan qaytasiz!

━━━━━━━━━━━
🗓 19-aprel (Yakshanba)
🕗 06:00
🚐 Qulay transport
💰 80 000 so‘m

━━━━━━━━━━━

Joylar soni cheklangan!
📞 @jamoliddinovv_7

🔥 Hoziroq yoziling — joylar tez to‘lib bormoqda!

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂

🇺🇿 O‘zDJTU 🇺🇿 Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti kengashi tomonidan aprel oyi “Yoshlar festivali” oyligi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda! 🎉

📚Shu oylik doirasida “Jadidni eslab” loyihasi asosida — “O‘tmishdan saboq, kelajak sari ilhom!” shiori ostida Abdulla Qodiriy tavalludining 132 yilligiga bag‘ishlangan davra suhbati yuqori saviyada tashkil etildi.

📖 Tadbir davomida talabalar buyuk adibning hayot yo‘li, murakkab taqdiri va boy ijodiy merosi bilan yaqindan tanishib, uning “O‘tkan kunlar” asari orqali millat uyg‘onishi, ma’rifat va taraqqiyot g‘oyalari atroflicha tahlil qilindi.

💬 Qizg‘in muhokamalar, erkin fikr almashuv hamda yoshlarning faol ishtiroki tadbirga alohida ruh bag‘ishladi.

Abdulla Qodiriy merosi — bu nafaqat adabiyot, balki milliy o‘zlikni anglash, ma’naviy yuksalish va kelajak sari dadil intilish uchun muhim manbadir.

🎓 Tadbir yoshlar qalbida kitobxonlik madaniyati, milliy g‘urur va ma’naviy uyg‘oqlikni yanada mustahkamladi.

🔥 Keling, birga o‘rganaylik, rivojlanaylik va yuksak marralarni zabt etaylik!


Bizni kuzatib boring ;

📱 Telegram 📱Instagram 📱Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3❤‍🔥1👍1🔥1
🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥

🇺🇿 O‘zDJTU 🇺🇿 Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti kengashi tomonidan aprel oyi “Yoshlar festivali” oyligi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda! 🎉

📚 Shu oylik doirasida barcha kitobxonlar va adabiyot ixlosmandlarini “Odam bo‘lish qiyin” asari yuzasidan o‘tkaziladigan muhokama uchrashuviga taklif etamiz.

🎯 Tadbir yakunida bilim va e’tiborni sinovdan o‘tkazish maqsadida Kahoot platformasi orqali viktorina tashkil etiladi.

🗺 Manzil: O‘zDJTU, Literaturniy 6-binosi, 211-xona
🗓 Sana: 17.04.2026
Vaqt: 13:30

🏆 Faol va bilimdon ishtirokchilar rag‘batlantiriladi!

📞 Murojaat uchun: @Tangr1yevaa

Barchangizni ushbu ma’rifiy uchrashuvda kutib qolamiz!


Bizni kuzatib boring ;

📱 Telegram 📱Instagram 📱Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤‍🔥1🔥1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🧵 IJOD DAVOM ETMOQDA: KASHTACHILIK TO‘GARAGI FAOLIYATI

🧠 5-TTJda tashkil etilgan kashtachilik to‘garagi o‘z faoliyatini izchil davom ettirmoqda. To‘garak 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti talabasi Hasanboyeva Marjona Xalimjon qizi boshchiligida tashkil etildi.

Navbatdagi mashg‘ulotlarda ishtirokchilar murakkabroq naqshlar ustida ishlashni boshladilar. Har bir talaba o‘z ijodiy yondashuvi asosida noyob va betakror ishlar yaratib, kashtachilik sir-asrorlarini chuqurroq o‘zlashtirmoqda.

🤝 To‘garak jarayonlari talabalar o‘rtasida hamkorlik muhitini kuchaytirib, ularning estetik didi va sabr-toqatini rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Ijodiy jarayon esa tobora qiziqarli va samarali tus olmoqda.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11🔥1