Roman-german filologiyasi fakulteti
1.15K subscribers
8.99K photos
572 videos
28 files
1.76K links
O'zDJTU, Roman-german filologiyasi fakulteti rasmiy kanali

Shikoyat, taklif va murojaat uchun: Yoshlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Shahzoda
Matlabxonova
@matlabxonovaa


Fakultet matbuot kotibi; @suxrobochilov
Download Telegram
🟦🟦🟦

🇺🇿🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti “Ijtimoiy-psixologik muhit bilan ishlash bo‘limi” bosh mutaxassisi M. Abdurahmonova hamda 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti Yoshlar yetakchisi Sh. Matlabxonova tomonidan ijara xonadonlarda istiqomat qilayotgan talabalar holidan xabar olindi.

💠 Tashrif davomida talabalarning yashash sharoitlari, kundalik turmush tarzi, o‘zaro munosabatlari va psixologik holati o‘rganildi. Suhbatlar jarayonida quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratildi:
— yashash sharoitlari va qulaylik darajasi
— xonadoshlar o‘rtasidagi munosabatlar
— yuzaga kelayotgan muammo va qiyinchiliklar
— talabalarning emotsional holati va kayfiyati

🔺 O‘rganishlar natijasida ayrim talabalar moslashuv jarayoni bilan bog‘liq qiyinchiliklarga duch kelayotgani, ba’zilarida esa uy sog‘inchi va ichki kechinmalar mavjudligi aniqlandi. Shu bilan birga, ko‘plab xonadonlarda o‘zaro hurmat va qo‘llab-quvvatlash muhiti mavjudligi ijobiy holat sifatida qayd etildi.

🔺 Talabalarga zarur tavsiyalar berilib, ularning murojaatlari tinglandi.

🔹 Eslatma: Talabalarga ko‘rsatiladigan yordam ixtiyoriy va maxfiylik tamoyillari asosida amalga oshiriladi.


Bizni kuzatib boring ;


📱 Telegram 📱Instagram 📱Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1🔥1
🧠 Talabalar yashash sharoitlari o‘rganilmoqda

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿Roman-german filologiyasi fakulteti dekani X. Xakimov talabalarining ijtimoiy-maishiy sharoitlarini o‘rganish maqsadida ijara xonadonlariga tashrif buyurdi. Mazkur tashrif davomida talabalarning yashash muhiti, xavfsizlik holati hamda kundalik turmush sharoitlari batafsil ko‘zdan kechirildi. Dekan tomonidan talabalarning o‘qishga bo‘lgan munosabati va yashash sharoitlarining ta’lim jarayoniga ta’siri ham alohida e’tiborga olindi.

🤝 Tashrif davomida ijara xonadon egalariga talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yaxshilash, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish hamda xavfsizlik choralarini kuchaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi. Shuningdek, talabalar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning muammolari, ehtiyojlari va takliflari tinglandi. Aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

🖋 Ushbu tashrif talabalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularning sifatli ta’lim olishi uchun qulay sharoit yaratish hamda yashash va o‘qish muhitini yanada yaxshilashga xizmat qiladi. Fakultet rahbariyati tomonidan bunday o‘rganish ishlari muntazam davom ettirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu talabalar farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti “Ijtimoiy-psixologik muhit bilan ishlash bo‘limi” mutaxassisi M. Abduraxmonova hamda tyutorlar L. Rahmatullayeva va Sh. G‘oipovlar tomonidan Talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar bilan profilaktik va o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

💠 Jarayon davomida talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning yashash sharoitlari, ijtimoiy muhitga moslashuvi hamda kundalik hayotidagi muhim jihatlar muhokama qilindi. Shuningdek, talabalar o‘rtasida sog‘lom muhitni shakllantirish, o‘zaro hurmat va hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔺 Muloqotlar davomida ayrim talabalar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar tinglanib, ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi. Shu bilan birga, talabalarning aksariyatida ijobiy kayfiyat va faol ijtimoiy muhit mavjudligi kuzatildi.

🔺 Mazkur tashrif talabalar bilan yaqindan ishlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤‍🔥1🎉1
Bugun, 13-aprel kuni 4-bosqich Roman-german filologiyasi fakulteti talabalari bilan pedagogika fanlari nomzodi Saparova N.B. tomonidan buyuk sarkarda Amir Timur tavallud kuniga bag‘ishlangan «По следам великого завоевателя: жизнь и наследие Амира Тимура» nomli tadbir o‘tkazildi

Tadbir davomida talabalar buyuk hukmdorning hayoti va faoliyatining muhim bosqichlari bilan tanishdilar, uning tarix, madaniyat va davlat rivojiga qo‘shgan hissasi haqida fikr almashdilar. Shuningdek, qiziqarli ma’lumotlar taqdim etildi, prezentatsiyalar va viktorinalar tashkil qilinib, tadbir yanada mazmunli va qiziqarli o‘tdi. Alohida e’tibor Amir Timurning boy tarixiy merosi va uning bugungi kundagi ahamiyatiga qaratildi.

Tadbir yakunida faol ishtirok etgan talabalar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar🏆
6👍5❤‍🔥4🔥1🏆1🆒1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Roman-german filologiyasi fakulteti tyutori P. Jabborova ijarada yashovchi talabalar yashash sharoitini o’rgandi.
O’rganish davomida talabalar bilan dildan suhbatlashib, talabalardagi muammolar tinglandi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1