Roman-german filologiyasi fakulteti
1.14K subscribers
8.97K photos
572 videos
28 files
1.76K links
O'zDJTU, Roman-german filologiyasi fakulteti rasmiy kanali

Shikoyat, taklif va murojaat uchun: Yoshlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Shahzoda
Matlabxonova
@matlabxonovaa


Fakultet matbuot kotibi; @suxrobochilov
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 Bugun 10-aprel kuni 2026-yil kuni Roman-german filologiyasi fakulteti Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasida magistratura bo‘limi, lingvistika (fransuz tili) yo‘nalishi 2-bosqich magistrantlari tomonidan bitiruv oldi himoya jarayoni tashkil etildi.

📚 Ushbu jarayonda magistrantlar o‘zlarining ilmiy-tadqiqot ishlari asosida tayyorlagan dissertatsiya loyihalarini taqdim etdilar. Taqdimotlar davomida mavzularning dolzarbligi, tadqiqotning asosiy maqsad va vazifalari, qo‘llanilgan ilmiy metodlar hamda erishilgan natijalar batafsil yoritib berildi.

💬 Har bir taqdimotdan so‘ng komissiya a’zolari tomonidan berilgan savollarga magistrantlar aniq, asosli va puxta javoblar qaytardilar. Bu esa ularning mavzu ustida chuqur ishlaganliklarini yana bir bor namoyon etdi.

📝Himoya yakunida taqdim etilgan ishlar komissiya a’zolari tomonidan atroflicha muhokama qilinib, ilmiy jihatdan muhim tavsiyalar va takliflar berildi.

🏆 Yakuniy natijalarga ko‘ra, magistrantlarning aksariyatining ilmiy ishlari ijobiy baholanib, ularni yakuniy himoya bosqichiga tavsiya etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Barcha magistrantlarga keyingi bosqichlarda muvaffaqiyat va ulkan zafarlar tilaymiz!


Bizni kuzatib boring ;

📱 Telegram 📱Instagram 📱Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4❤‍🔥1🔥1
Roman- german filologiyasi fakulteti tyutori P. Jabborova FNEM-2414 guruh talabalari bilan
9-aprel Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag’ishlab Axborot resurs markazida davra suhbati tashkil etdi. Suhbat davomida talabalar Amir Temurning buyuk saltanati adolatli siyosati haqida ma’lumotga ega bo’ldilar.

Temur tuzuklari asarining mazmun mohiyatini tushundilar.
Bundan tashqari Amir Temur haqida yozilgan barcha kitoblar va fikrlar bilan yaqindan tanishdilar!
🔥31
“Kelajak soati” darsi o‘tkazildi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakultetida talaba-yoshlar uchun navbatdagi “Kelajak soati” darsi tashkil etildi.

Mazkur dars fakultet dekani X. Xakimov tomonidan shaxsan o‘tkazilib, talabalarga zamonaviy ta’lim jarayonida mas’uliyat, kelajak kasbini to‘g‘ri tanlash, shaxsiy rivojlanish hamda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish yuzasidan muhim tushunchalar berildi.

Dars davomida yoshlarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, o‘z ustida doimiy ishlash, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda bo‘sh vaqtni samarali tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning savol va fikrlari tinglandi.

Mazkur “Kelajak soati” darsi talaba-yoshlarning ma’naviy yetukligini oshirish, ularni kelajak kasbiy faoliyatiga yo‘naltirish hamda jamiyatda faol va tashabbuskor bo‘lishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
❗️❗️❗️❗️❗️

🌄 DAM OLISHGA TAYYORMISIZ?

📍 Parkent | Krasnogorsk

Shahar shovqinidan charchadingizmi?
Unda bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

🍃 Toza tog‘ havosi
🌿 Ajoyib tabiat
🌅 Quyosh chiqishi va botishi
👨‍👩‍👧‍👦 Do‘stlar bilan unutilmas dam

📸 Eng asosiysi — zo‘r, unutilmas fotolar bilan qaytasiz!

━━━━━━━━━━━
🗓 19-aprel (Yakshanba)
🕗 06:00
🚐 Qulay transport
💰 80 000 so‘m

━━━━━━━━━━━

Joylar soni cheklangan!
📞 @jamoliddinovv_7

🔥 Hoziroq yoziling — joylar tez to‘lib bormoqda!

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
🧠 “Kitobxonlik” mavzusida “Kelajak soati” mashg‘uloti o‘tkazildi

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakultetida talaba-yoshlar uchun “Kelajak soati” doirasida “Kitobxonlik” mavzusida mashg‘ulot tashkil etildi.

Mazkur mashg‘ulot fakultet yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini A. Mallayev tomonidan olib borildi. Mashg‘ulot davomida talabalarga kitobxonlik madaniyatining jamiyat va shaxs taraqqiyotidagi o‘rni, mutolaaning ma’naviy hamda intellektual ahamiyati haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

🖋 Shuningdek, yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, o‘z ustida ishlash va bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Mashg‘ulot davomida talabalar bilan fikr almashilib, ularning savollariga javoblar berildi.

🤝 Mazkur “Kelajak soati” mashg‘uloti talaba-yoshlarning kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ma’naviy yetukligini oshirish hamda ularning shaxsiy kamolotiga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1