Roman-german filologiyasi fakulteti
1.14K subscribers
8.9K photos
566 videos
28 files
1.75K links
O'zDJTU, Roman-german filologiyasi fakulteti rasmiy kanali

Shikoyat, taklif va murojaat uchun: Yoshlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Shahzoda
Matlabxonova
@matlabxonovaa


Fakultet matbuot kotibi; @suxrobochilov
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿🇺🇿 9-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hududida bitiruvchi talabalar bandligini ta’minlash maqsadida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

🎯 Tadbirning asosiy maqsadi — talabalarga o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilish, kelgusidagi kasbiy faoliyatini rejalashtirish uchun keng imkoniyatlar yaratishdan iborat bo‘ldi.

👩‍🏫 Mazkur yarmarkada Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi mudiri G. Raximova boshchiligida professor-o‘qituvchilar hamda 3- va 4-kurs talabalari faol ishtirok etdilar.

📚 Tadbir davomida talabalar turli tashkilot va muassasalar tomonidan taqdim etilgan bo‘sh ish o‘rinlari, amaliyot dasturlari hamda kasbiy rivojlanish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar.

🇫🇷Xususan, mehnat yarmarkasida Toshkent Fransuz Alyansi ham o‘zining bo‘sh ish o‘rinlari va hamkorlik takliflari bilan ishtirok etib, fransuz tilini mukammal biladigan yosh mutaxassislar uchun yaratilgan imkoniyatlarni taqdim etdi.

Ushbu tadbir talabalarda katta qiziqish uyg‘otib, ularning kelajakdagi kasbiy yo‘lini belgilashda muhim ahamiyat kasb etdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

“Universitet malikasi” ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talaba-qizlar o‘rtasida tashkil etilgan “Universitet malikasi” ko‘rik-tanlovining g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berib, tanlovning ahamiyati haqida so‘zlab o‘tdi. U bunday tanlovlar talaba-qizlarning bilim va salohiyatini yuzaga chiqarishda, ularni yetakchilik ko‘nikmalari, nutq madaniyati va sog‘lom raqobat muhiti bilan ta’minlashda muhim ekanini ta’kidladi.

Tanlov davomida talaba-qizlar uchta asosiy shart bo‘yicha o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi:
1. Sport musobaqalari – yugurish, sakrash va basketbol.
2. Kitobxonlik testi – oldindan belgilangan badiiy asarlar bo‘yicha bilimlarini sinash.
3. Osh pishirish musobaqasi – milliy taomimiz oshni tayyorlashda pazandalik va ijodiy yondashuvni namoyon etish.

Har bir shart hakamlar hay’ati tomonidan belgilangan mezonlar asosida adolatli baholandi. Bugun esa barcha baholash natijalari e’lon qilinib, g‘oliblar tantanali ravishda taqdirlandi.

📜 Nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar va mukofotlar:
Miss University – Xudayqulova Shaxzoda Anvar qizi (Roman-german filologiyasi fakulteti)
Mukofot: stpendiyaning 5 baravari, koʻchma toj va Germaniya davlatida 1 yillik o‘qish uchun grand
Boshqa nominatsiya g‘oliblari (Miss Pazanda, Miss Go‘zallik, Miss Kitobxon, Miss Sportchi, Miss Nafosat, Miss Iqtidor, Miss Oqila, Miss Tabassum, Miss Ijodkor, Miss Kreativ, Miss Joziba, Miss Latofat)
Mukofot: stpendiyaning 3 baravari
Qolgan barcha ishtirokchilar
Mukofot: stpendiyaning 1 baravari

Taqdirlash marosimida g‘olib va sovrindorlarga universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov diplom va esdalik sovg‘alari topshirdi. Tanlov talaba-qizlarning bilim, iste’dod va ijtimoiy faolligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim platforma ekanini yana bir bor ko‘rsatdi.


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6❤‍🔥3👍3
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 Roman -german filologiyasi fakulteti tyutori A.Bekmurzaeva tamonidan talabalar oʻrtasida buyuk davlat arbobi va sarkarda — Amir Temur tavalludi munosabati bilan “Tafakkur” intellektual oyini oʻtkazildi. Bu intellektual oyin Amir Temurning harbiy va siyosiy faoloiyatidan ma'lumot beruvchi " Temur Tuzuklari” asariga asoslanib tuzildi.


Bu intellektual oyindan ko‘zlangan asosiy maqsad — talabalarda milliy tariximizga hurmat tuyg‘usini shakllantirish, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma’naviy-madaniy merosni chuqur o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni oshirishdan iborat.

Bu intellektual oyini davomida talabalar Sohibqiron bobomizning hayot yo‘li, davlat boshqaruvidagi yuksak salohiyati, markazlashgan davlat barpo etishdagi xizmatlari hamda dono siyosati haqidagi qiziqarli savollarga javob berishdi.

🇺🇿 Bunday intellektual oyinlar yoshlarning tarixiy ongini yuksaltirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram
📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakultetida 7-aprel Jahon salomatlik kuni munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.

🧠 Tadbirda universitet tibbiyot bo`limi hamshirasi Kaxxarova Maftuna Xoshim kizi ishtirok etdi.

Universitet tibbiyot bo`limi hamshirasi Kaxxarova Maftuna Xoshim kizi – “Olimlarning fikricha, inson sog‘lom turmush tarziga amal qilishi orqali 100-120 yoshgacha umr ko‘rishi mumkin ekan. Bu yoshga yetib yurish uchun, albatta, oziq-ovqat ta’minoti, dam olish, sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, yashash va ishlash uchun yetarli shart-sharoit bilan ta’minlanishi kabi bir qator omillar muhim o‘rin tutadi. Bunda, albatta, har birimizning o‘z salomatligimizga mas’ulligimiz birinchi darajali omil sanaladi.
Ming xil kasallik bor, ammo salomatlik bittadir, deydilar. Haqiqatan ham, inson salomatligi unda nafaqat kasallik yoki jismoniy nuqsonlarning yo‘qligi, balki uning jismoniy va ruhiy xotirjamligi, salomatligini yaxshilash va muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlar bilan ham o‘lchanadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti salomatlikni belgilovchi omillarni quyidagicha tasniflaydi: inson salomatligining 10-15 foizi –ekologiya, 10-15 foizi – genetika, 10-12 foizi – tibbiyot tizimi darajasi, qolgan 55-60 foizi esa turmush tarziga bog‘liq. Bundan ko‘rinib turibdiki, agar biz oqilona turmush tarzini yuritsak — to‘g‘ri ovqatlansak, jismoniy faol, zararli odatlardan xoli bo‘lsak, ya’ni kun tartibimizni qanchalik to‘g‘ri tashkil qilsak, shunchalik sog‘lom bo‘lamiz.Shu ma’noda, 1950 yildan beri har yili 7 aprelni dunyo hamjamiyati Butunjahon salomatlik kuni sifatida nishonlab kelayotgani bejiz emas. Ma’lumki, 1948 yil xuddi shu kuni Sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha assambleyaning Birinchi yig‘ilishida Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga asos solingan.“

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram
📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti tyutori P. Jabborova o‘ziga biriktirilgan guruh talabalari bilan 9-aprel kuni Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlab ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etdi.

🧠 Tadbir davomida talabalar Amir Temurning buyuk saltanati, uning adolatli siyosati hamda davlat boshqaruvidagi yuksak tajribasi haqida keng ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, Amir Temurning jang san’ati va harbiy mahorati talabalarning sahna ko‘rinishlari orqali ifodali tarzda namoyish etildi.

Mazkur tadbirda “Temur tuzuklari” asarining mazmun-mohiyati chuqur tahlil qilinib, uning bugungi kundagi ahamiyati haqida fikr almashildi. Bundan tashqari, talabalar Amir Temur haqida yaratilgan asarlar, tarixiy manbalar va olimlarning qarashlari bilan yaqindan tanishdilar.

Tadbir talabalarda milliy tariximizga bo‘lgan qiziqish va hurmatni yanada oshirishga xizmat qildi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram
📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥2