Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1🔥1
Forwarded from O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
“Universitet malikasi” ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talaba-qizlar o‘rtasida tashkil etilgan “Universitet malikasi” ko‘rik-tanlovining g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berib, tanlovning ahamiyati haqida so‘zlab o‘tdi. U bunday tanlovlar talaba-qizlarning bilim va salohiyatini yuzaga chiqarishda, ularni yetakchilik ko‘nikmalari, nutq madaniyati va sog‘lom raqobat muhiti bilan ta’minlashda muhim ekanini ta’kidladi.
Tanlov davomida talaba-qizlar uchta asosiy shart bo‘yicha o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi:
1. Sport musobaqalari – yugurish, sakrash va basketbol.
2. Kitobxonlik testi – oldindan belgilangan badiiy asarlar bo‘yicha bilimlarini sinash.
3. Osh pishirish musobaqasi – milliy taomimiz oshni tayyorlashda pazandalik va ijodiy yondashuvni namoyon etish.
Har bir shart hakamlar hay’ati tomonidan belgilangan mezonlar asosida adolatli baholandi. Bugun esa barcha baholash natijalari e’lon qilinib, g‘oliblar tantanali ravishda taqdirlandi.
📜 Nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar va mukofotlar:
• Miss University – Xudayqulova Shaxzoda Anvar qizi (Roman-german filologiyasi fakulteti)
Mukofot: stpendiyaning 5 baravari, koʻchma toj va Germaniya davlatida 1 yillik o‘qish uchun grand
• Boshqa nominatsiya g‘oliblari (Miss Pazanda, Miss Go‘zallik, Miss Kitobxon, Miss Sportchi, Miss Nafosat, Miss Iqtidor, Miss Oqila, Miss Tabassum, Miss Ijodkor, Miss Kreativ, Miss Joziba, Miss Latofat)
Mukofot: stpendiyaning 3 baravari
• Qolgan barcha ishtirokchilar
Mukofot: stpendiyaning 1 baravari
Taqdirlash marosimida g‘olib va sovrindorlarga universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov diplom va esdalik sovg‘alari topshirdi. Tanlov talaba-qizlarning bilim, iste’dod va ijtimoiy faolligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim platforma ekanini yana bir bor ko‘rsatdi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6❤🔥3👍3
Bu intellektual oyindan ko‘zlangan asosiy maqsad — talabalarda milliy tariximizga hurmat tuyg‘usini shakllantirish, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma’naviy-madaniy merosni chuqur o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni oshirishdan iborat.
Bu intellektual oyini davomida talabalar Sohibqiron bobomizning hayot yo‘li, davlat boshqaruvidagi yuksak salohiyati, markazlashgan davlat barpo etishdagi xizmatlari hamda dono siyosati haqidagi qiziqarli savollarga javob berishdi.
🇺🇿 Bunday intellektual oyinlar yoshlarning tarixiy ongini yuksaltirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ming xil kasallik bor, ammo salomatlik bittadir, deydilar. Haqiqatan ham, inson salomatligi unda nafaqat kasallik yoki jismoniy nuqsonlarning yo‘qligi, balki uning jismoniy va ruhiy xotirjamligi, salomatligini yaxshilash va muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlar bilan ham o‘lchanadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti salomatlikni belgilovchi omillarni quyidagicha tasniflaydi: inson salomatligining 10-15 foizi –ekologiya, 10-15 foizi – genetika, 10-12 foizi – tibbiyot tizimi darajasi, qolgan 55-60 foizi esa turmush tarziga bog‘liq. Bundan ko‘rinib turibdiki, agar biz oqilona turmush tarzini yuritsak — to‘g‘ri ovqatlansak, jismoniy faol, zararli odatlardan xoli bo‘lsak, ya’ni kun tartibimizni qanchalik to‘g‘ri tashkil qilsak, shunchalik sog‘lom bo‘lamiz.Shu ma’noda, 1950 yildan beri har yili 7 aprelni dunyo hamjamiyati Butunjahon salomatlik kuni sifatida nishonlab kelayotgani bejiz emas. Ma’lumki, 1948 yil xuddi shu kuni Sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha assambleyaning Birinchi yig‘ilishida Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga asos solingan.“
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM