Roman-german filologiyasi fakulteti
1.15K subscribers
8.9K photos
566 videos
28 files
1.75K links
O'zDJTU, Roman-german filologiyasi fakulteti rasmiy kanali

Shikoyat, taklif va murojaat uchun: Yoshlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Shahzoda
Matlabxonova
@matlabxonovaa


Fakultet matbuot kotibi; @suxrobochilov
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 9-aprel kuni Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi o‘qituvchilari hamda 3-kurs talabalari buyuk davlat arbobi va sarkarda — Amir Temur tavalludi munosabati bilan Amir Temur xiyoboniga tashrif buyurishdi.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — talabalarda milliy tariximizga hurmat tuyg‘usini shakllantirish, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma’naviy-madaniy merosni chuqur o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni oshirishdan iborat.

📚 Tashrif davomida ustozlar tomonidan sohibqironning hayot yo‘li, davlat boshqaruvidagi yuksak salohiyati, markazlashgan davlat barpo etishdagi xizmatlari hamda dono siyosati haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi.

🌟Shuningdek, Amir Temurning ilm-fan, madaniyat va bunyodkorlik ishlariga qo‘shgan hissasi hamda uning avlodlari davom ettirgan buyuk an’analar alohida ta’kidlandi.

🇺🇿 Bunday tashriflar yoshlarning tarixiy ongini yuksaltirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿🇺🇿 9-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hududida bitiruvchi talabalar bandligini ta’minlash maqsadida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

🎯 Tadbirning asosiy maqsadi — talabalarga o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilish, kelgusidagi kasbiy faoliyatini rejalashtirish uchun keng imkoniyatlar yaratishdan iborat bo‘ldi.

👩‍🏫 Mazkur yarmarkada Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi mudiri G. Raximova boshchiligida professor-o‘qituvchilar hamda 3- va 4-kurs talabalari faol ishtirok etdilar.

📚 Tadbir davomida talabalar turli tashkilot va muassasalar tomonidan taqdim etilgan bo‘sh ish o‘rinlari, amaliyot dasturlari hamda kasbiy rivojlanish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar.

🇫🇷Xususan, mehnat yarmarkasida Toshkent Fransuz Alyansi ham o‘zining bo‘sh ish o‘rinlari va hamkorlik takliflari bilan ishtirok etib, fransuz tilini mukammal biladigan yosh mutaxassislar uchun yaratilgan imkoniyatlarni taqdim etdi.

Ushbu tadbir talabalarda katta qiziqish uyg‘otib, ularning kelajakdagi kasbiy yo‘lini belgilashda muhim ahamiyat kasb etdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

“Universitet malikasi” ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talaba-qizlar o‘rtasida tashkil etilgan “Universitet malikasi” ko‘rik-tanlovining g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berib, tanlovning ahamiyati haqida so‘zlab o‘tdi. U bunday tanlovlar talaba-qizlarning bilim va salohiyatini yuzaga chiqarishda, ularni yetakchilik ko‘nikmalari, nutq madaniyati va sog‘lom raqobat muhiti bilan ta’minlashda muhim ekanini ta’kidladi.

Tanlov davomida talaba-qizlar uchta asosiy shart bo‘yicha o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi:
1. Sport musobaqalari – yugurish, sakrash va basketbol.
2. Kitobxonlik testi – oldindan belgilangan badiiy asarlar bo‘yicha bilimlarini sinash.
3. Osh pishirish musobaqasi – milliy taomimiz oshni tayyorlashda pazandalik va ijodiy yondashuvni namoyon etish.

Har bir shart hakamlar hay’ati tomonidan belgilangan mezonlar asosida adolatli baholandi. Bugun esa barcha baholash natijalari e’lon qilinib, g‘oliblar tantanali ravishda taqdirlandi.

📜 Nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar va mukofotlar:
Miss University – Xudayqulova Shaxzoda Anvar qizi (Roman-german filologiyasi fakulteti)
Mukofot: stpendiyaning 5 baravari, koʻchma toj va Germaniya davlatida 1 yillik o‘qish uchun grand
Boshqa nominatsiya g‘oliblari (Miss Pazanda, Miss Go‘zallik, Miss Kitobxon, Miss Sportchi, Miss Nafosat, Miss Iqtidor, Miss Oqila, Miss Tabassum, Miss Ijodkor, Miss Kreativ, Miss Joziba, Miss Latofat)
Mukofot: stpendiyaning 3 baravari
Qolgan barcha ishtirokchilar
Mukofot: stpendiyaning 1 baravari

Taqdirlash marosimida g‘olib va sovrindorlarga universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov diplom va esdalik sovg‘alari topshirdi. Tanlov talaba-qizlarning bilim, iste’dod va ijtimoiy faolligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim platforma ekanini yana bir bor ko‘rsatdi.


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6❤‍🔥3👍3
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 Roman -german filologiyasi fakulteti tyutori A.Bekmurzaeva tamonidan talabalar oʻrtasida buyuk davlat arbobi va sarkarda — Amir Temur tavalludi munosabati bilan “Tafakkur” intellektual oyini oʻtkazildi. Bu intellektual oyin Amir Temurning harbiy va siyosiy faoloiyatidan ma'lumot beruvchi " Temur Tuzuklari” asariga asoslanib tuzildi.


Bu intellektual oyindan ko‘zlangan asosiy maqsad — talabalarda milliy tariximizga hurmat tuyg‘usini shakllantirish, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma’naviy-madaniy merosni chuqur o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni oshirishdan iborat.

Bu intellektual oyini davomida talabalar Sohibqiron bobomizning hayot yo‘li, davlat boshqaruvidagi yuksak salohiyati, markazlashgan davlat barpo etishdagi xizmatlari hamda dono siyosati haqidagi qiziqarli savollarga javob berishdi.

🇺🇿 Bunday intellektual oyinlar yoshlarning tarixiy ongini yuksaltirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram
📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM