Roman-german filologiyasi fakulteti pinned «❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ 🔔 Aziz sayohatni sevuvchi talabalar! Sizlarga shuni ma’lum qilamizki, Krasnogorsk hududiga rejalashtirilgan sayohatimiz talabalar istagiga ko‘ra keyingi hafta, ya’ni 📢 19-aprel (yakshanba) kuniga qoldirildi. 🕓 Jo‘nash vaqti o‘zgarmaydi: 06:00…»
Bugun “Ijtimoiy-psixologik muhit bilan ishlash bo‘limi” psixologi Sh. Bo‘stonova hamda Roman-german filologiyasi fakultetida faoliyat yurituvchi bo‘lim bosh mutaxassisi M. Abduraxmonova tomonidan fakultet ijarada yashovchi talabalar holidan xabar olindi.
Mazkur tashrif davomida talabalar yashab turgan ijara xonadonlarining umumiy sharoiti, sanitariya-gigiyena holati, xavfsizlik talablari va yashash uchun yaratilgan qulayliklar atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, talabalarning kundalik turmush tarziga, o‘quv jarayoniga bo‘lgan munosabati hamda ijtimoiy-psixologik holatiga alohida e’tibor qaratildi. O‘rganish jarayonida talabalar bilan individual suhbatlar o‘tkazilib, ularning mavjud muammolari, ehtiyojlari va takliflari tinglandi. Talabalar tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
TALABALAR TURAR JOYIDA PSIXOLOGIK MUHIT O‘RGANILDI
4-TTJda istiqomat qilayotgan talaba-qizlarning yashash muhiti, o‘zaro munosabatlari va psixologik holatini o‘rganish maqsadida “Ijtimoiy-psixologik muhit bilan ishlash boʻlimi” psixologi Sh.Bo‘stonova hamda mutaxasisi M.Abduraxmonova tomonidan xonama-xona suhbatlar tashkil etildi.
Suhbatlar natijasida:
Ayrim xonalarda o‘zaro tushunmovchilik mavjudligi,
Ba’zi talabalarda ichki zo‘riqish va to‘planib qolgan hissiyotlar aniqlangan.
Shu bilan birga, ko‘plab xonalarda iliq, qo‘llab-quvvatlovchi muhit mavjudligi quvonarli holat sifatida qayd etildi.
Eslatma: Psixologik yordam ixtiyoriy va maxfiylik tamoyillari asosida taqdim etiladi.
✅ Biz bilan birga bo’ling!
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 You Tube
4-TTJda istiqomat qilayotgan talaba-qizlarning yashash muhiti, o‘zaro munosabatlari va psixologik holatini o‘rganish maqsadida “Ijtimoiy-psixologik muhit bilan ishlash boʻlimi” psixologi Sh.Bo‘stonova hamda mutaxasisi M.Abduraxmonova tomonidan xonama-xona suhbatlar tashkil etildi.
Suhbatlar davomida quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratildi:
Tartib-intizom masalalari
Xonadoshlar o‘rtasidagi munosabatlar
Mojaro va kelishmovchiliklarning sabablari
Stress va moslashuv jarayonlari
Uy sog‘inchi va emotsional holat
Shaxsiy chegaralar va hurmat masalalari
Suhbatlar natijasida:
Ayrim xonalarda o‘zaro tushunmovchilik mavjudligi,
Ba’zi talabalarda ichki zo‘riqish va to‘planib qolgan hissiyotlar aniqlangan.
Shu bilan birga, ko‘plab xonalarda iliq, qo‘llab-quvvatlovchi muhit mavjudligi quvonarli holat sifatida qayd etildi.
Eslatma: Psixologik yordam ixtiyoriy va maxfiylik tamoyillari asosida taqdim etiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1🔥1
Forwarded from O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
“Universitet malikasi” ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talaba-qizlar o‘rtasida tashkil etilgan “Universitet malikasi” ko‘rik-tanlovining g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berib, tanlovning ahamiyati haqida so‘zlab o‘tdi. U bunday tanlovlar talaba-qizlarning bilim va salohiyatini yuzaga chiqarishda, ularni yetakchilik ko‘nikmalari, nutq madaniyati va sog‘lom raqobat muhiti bilan ta’minlashda muhim ekanini ta’kidladi.
Tanlov davomida talaba-qizlar uchta asosiy shart bo‘yicha o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi:
1. Sport musobaqalari – yugurish, sakrash va basketbol.
2. Kitobxonlik testi – oldindan belgilangan badiiy asarlar bo‘yicha bilimlarini sinash.
3. Osh pishirish musobaqasi – milliy taomimiz oshni tayyorlashda pazandalik va ijodiy yondashuvni namoyon etish.
Har bir shart hakamlar hay’ati tomonidan belgilangan mezonlar asosida adolatli baholandi. Bugun esa barcha baholash natijalari e’lon qilinib, g‘oliblar tantanali ravishda taqdirlandi.
📜 Nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar va mukofotlar:
• Miss University – Xudayqulova Shaxzoda Anvar qizi (Roman-german filologiyasi fakulteti)
Mukofot: stpendiyaning 5 baravari, koʻchma toj va Germaniya davlatida 1 yillik o‘qish uchun grand
• Boshqa nominatsiya g‘oliblari (Miss Pazanda, Miss Go‘zallik, Miss Kitobxon, Miss Sportchi, Miss Nafosat, Miss Iqtidor, Miss Oqila, Miss Tabassum, Miss Ijodkor, Miss Kreativ, Miss Joziba, Miss Latofat)
Mukofot: stpendiyaning 3 baravari
• Qolgan barcha ishtirokchilar
Mukofot: stpendiyaning 1 baravari
Taqdirlash marosimida g‘olib va sovrindorlarga universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov diplom va esdalik sovg‘alari topshirdi. Tanlov talaba-qizlarning bilim, iste’dod va ijtimoiy faolligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim platforma ekanini yana bir bor ko‘rsatdi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6❤🔥3👍3