Roman-german filologiyasi fakulteti
1.14K subscribers
8.87K photos
565 videos
28 files
1.74K links
O'zDJTU, Roman-german filologiyasi fakulteti rasmiy kanali

Shikoyat, taklif va murojaat uchun: Yoshlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Shahzoda
Matlabxonova
@matlabxonovaa


Fakultet matbuot kotibi; @suxrobochilov
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿Roman-german filologiyasi fakultetida Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlab “Amir Temur va Temuriylar merosi” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi.

Mazkur tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad talaba-yoshlarning tarixiy bilimlarini mustahkamlash, ularning ijodiy va mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish hamda buyuk ajdodlarimiz merosiga bo‘lgan hurmatni yanada oshirishdan iborat bo‘ldi.

Tanlov davomida ishtirokchilar Temuriylar davrining siyosiy, ijtimoiy va madaniy hayoti, ilm-fan taraqqiyoti hamda Amir Temur shaxsining jahon tarixidagi o‘rni haqida o‘z fikr-mulohazalarini ijodiy tarzda bayon etdilar.

Eng yaxshi insholar mazmuni, tahliliy yondashuvi va badiiy ifodasi asosida saralanib, g‘oliblar munosib taqdirlandi. Tanlov yoshlarning vatanparvarlik ruhini yuksaltirish va tarixiy merosimizni keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🖊 Hurmatli ustozlar va talabalar!

Sizlarga shuni ma’lum qilamizki, fakultetimiz o‘zining rasmiy ijtimoiy tarmoq sahifasini —
📱 @rgf_faculty Instagram platformasida ochdi.

#️⃣ Ushbu sahifa orqali siz fakultetimiz hayoti, yangiliklari, tadbirlar va yutuqlar bilan yaqindan tanishib borishingiz mumkin.

✔️ Barchangizni sahifamizga obuna bo‘lishga chorlab qolamiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

O‘ZDJTUDA BO‘SH ISH O‘RINLARI YARMARKASI BO‘LIB O‘TDI

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Uchtepa tuman hokimligi bilan hamkorlikda “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” o‘tkazildi.

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etdi. Vazir universitetga jalb qilingan tashkilotlar tomonidan taklif etilayotgan bo‘sh ish o‘rinlari bilan yaqindan tanishdi va talabalar uchun mavjud imkoniyatlarni ko‘rib chiqdi.

Yarmarka universitetning bitiruvchi kurs talabalari ishtirokida o‘tkazilib, 34 ta xususiy va davlat tashkilotlari o‘z bo‘sh ish o‘rinlarini taqdim etdi. Tadbir davomida talabalar ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilib, ishga qabul qilish tartibi, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar, mehnat sharoitlari va ijtimoiy kafolatlar haqida batafsil ma’lumot olish imkoniga ega bo‘ldilar.

Yarmarka bitiruvchilarga o‘z kasbiy yo‘nalishini aniqlash, ish bozoridagi talablarni tushunish va kelajakdagi rejalari ustida jiddiy o‘ylashga turtki bo‘ldi. Shu bilan birga, talabalar amaliy ko‘nikmalarini namoyish etish va ish beruvchilar bilan bevosita muloqot orqali o‘z imkoniyatlarini kengaytirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😍32
Roman-german filologiyasi fakulteti
🌄 YAKSHANBA — TABIAT BAG‘RIDA DAM OLISH KUNI! 📍 Manzil: Parkent tumani, Krasnogorsk hududi Shahar shovqinidan charchadingizmi? Unda sizni ajoyib dam olish sayohatiga taklif qilamiz! 🍃 Toza tog‘ havosi 🌿 Yashil tabiat va go‘zal manzaralar 📸 Zo‘r rasmlar…
❗️❗️❗️❗️❗️

🔔 Aziz sayohatni sevuvchi talabalar!

Sizlarga shuni ma’lum qilamizki, Krasnogorsk hududiga rejalashtirilgan sayohatimiz talabalar istagiga ko‘ra keyingi hafta, ya’ni
📢 19-aprel (yakshanba)

kuniga qoldirildi.

🕓
Jo‘nash vaqti o‘zgarmaydi:
06:00

🚐
Transport:
Qulay va xavfsiz

💰
Narxi:
65.000 so’m


🍃 Sizni hali ham toza tog‘ havosi, go‘zal manzaralar va unutilmas dam olish kutmoqda!

Joylar soni cheklangan, ro‘yxatdan o‘tishni kechiktirmang!

📩 Bog‘lanish: @jamoliddinovv_7

🤝 Tushunganingiz uchun rahmat!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Roman- german filologiyasi fakulteti FISP 2509 - guruh talabasi Tleumuratova Roza Maqsetbay qizining 9-aprel Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag’ishlangan videoroligi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🎉1🏆1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Roman- german filologiyasi fakulteti FISP 2509 - guruh talabasi Abdujamilova Fozilaxon Abdug’aniyevna qizining 9-aprel Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag’ishlangan videoroligi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😍21🎉1🏆1
Roman-german filologiyasi fakulteti pinned «❗️❗️❗️❗️❗️ 🔔 Aziz sayohatni sevuvchi talabalar! Sizlarga shuni ma’lum qilamizki, Krasnogorsk hududiga rejalashtirilgan sayohatimiz talabalar istagiga ko‘ra keyingi hafta, ya’ni 📢 19-aprel (yakshanba) kuniga qoldirildi. 🕓 Jo‘nash vaqti o‘zgarmaydi: 06:00…»
Bugun “Ijtimoiy-psixologik muhit bilan ishlash bo‘limi” psixologi Sh. Bo‘stonova hamda Roman-german filologiyasi fakultetida faoliyat yurituvchi bo‘lim bosh mutaxassisi M. Abduraxmonova tomonidan fakultet ijarada yashovchi talabalar holidan xabar olindi.

Mazkur tashrif davomida talabalar yashab turgan ijara xonadonlarining umumiy sharoiti, sanitariya-gigiyena holati, xavfsizlik talablari va yashash uchun yaratilgan qulayliklar atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, talabalarning kundalik turmush tarziga, o‘quv jarayoniga bo‘lgan munosabati hamda ijtimoiy-psixologik holatiga alohida e’tibor qaratildi. O‘rganish jarayonida talabalar bilan individual suhbatlar o‘tkazilib, ularning mavjud muammolari, ehtiyojlari va takliflari tinglandi. Talabalar tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
TALABALAR TURAR JOYIDA PSIXOLOGIK MUHIT O‘RGANILDI

4-TTJda istiqomat qilayotgan talaba-qizlarning yashash muhiti, o‘zaro munosabatlari va psixologik holatini o‘rganish maqsadida “Ijtimoiy-psixologik muhit bilan ishlash boʻlimi” psixologi Sh.Bo‘stonova hamda mutaxasisi M.Abduraxmonova tomonidan xonama-xona suhbatlar tashkil etildi.

Suhbatlar davomida quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratildi:
Tartib-intizom masalalari
Xonadoshlar o‘rtasidagi munosabatlar
Mojaro va kelishmovchiliklarning sabablari
Stress va moslashuv jarayonlari
Uy sog‘inchi va emotsional holat
Shaxsiy chegaralar va hurmat masalalari


Suhbatlar natijasida:

Ayrim xonalarda o‘zaro tushunmovchilik mavjudligi,
Ba’zi talabalarda ichki zo‘riqish va to‘planib qolgan hissiyotlar aniqlangan.
Shu bilan birga, ko‘plab xonalarda iliq, qo‘llab-quvvatlovchi muhit mavjudligi quvonarli holat sifatida qayd etildi.

Eslatma: Psixologik yordam ixtiyoriy va maxfiylik tamoyillari asosida taqdim etiladi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram
📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM