Roman-german filologiyasi fakulteti
1.14K subscribers
8.87K photos
565 videos
28 files
1.74K links
O'zDJTU, Roman-german filologiyasi fakulteti rasmiy kanali

Shikoyat, taklif va murojaat uchun: Yoshlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Shahzoda
Matlabxonova
@matlabxonovaa


Fakultet matbuot kotibi; @suxrobochilov
Download Telegram
🌄 YAKSHANBA — TABIAT BAG‘RIDA DAM OLISH KUNI!

📍 Manzil: Parkent tumani, Krasnogorsk hududi
Shahar shovqinidan charchadingizmi?
Unda sizni ajoyib dam olish sayohatiga taklif qilamiz!

🍃 Toza tog‘ havosi
🌿 Yashil tabiat va go‘zal manzaralar
📸 Zo‘r rasmlar uchun ideal joy
👨‍👩‍👧‍👦 Do‘stlar bilan unutilmas lahzalar

🌅 Quyosh chiqishini va botishini o‘z ko‘zingiz bilan, yanada yaqinroq his qiling!
Tabiatning eng go‘zal onlarini birga kuzatamiz

💚 Bu sayohatda siz:
Ruhiy dam olasiz
Energiya to‘playsiz
Stressdan xalos bo‘lasiz
Yangi xotiralar yaratasiz
━━━━━━━━━━━━━━━
🗓 Sana: 12.04.2026
(Yakshanba)
🕗 Jo‘nash vaqti: 06:00
🚐 Transport: Qulay va xavfsiz
💰 Narxi: 65.000 so’m
━━━━━━━━━━━━━━━
Joylar soni cheklangan!
Oldindan ro‘yxatdan o‘ting. Bog‘lanish: @jamoliddinovv_7

Dam olishni kechiktirmang — o‘zingizga kichik sayohat sovg‘a qiling! 🌄

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakultetida “Amir Temur va temuriylar merosi” mavzusida devoriy gazetalar tanlovi tashkil etildi.

🧠 Mazkur tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad – talaba-yoshlar orasida Amir Temur va Temuriylar davri tarixi, madaniyati hamda boy merosiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, ularning ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.

👥 Tanlov davomida talabalar o‘z devoriy gazetalarida Temuriylar davrining siyosiy hayoti, ilm-fan rivoji, me’morchilik yodgorliklari hamda buyuk ajdodlarimizning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasini yorqin aks ettirdilar. Ishlar mazmuni, dizayni va ijodiy yondashuviga ko‘ra baholanib, eng yaxshi ishlarga munosib o‘rinlar berildi.

🤝 Ushbu tadbir talabalarning tarixiy bilimlarini mustahkamlash bilan birga, ularning vatanparvarlik ruhini yuksaltirishga ham xizmat qildi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿Roman-german filologiyasi fakultetida Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlab “Amir Temur va Temuriylar merosi” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi.

Mazkur tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad talaba-yoshlarning tarixiy bilimlarini mustahkamlash, ularning ijodiy va mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish hamda buyuk ajdodlarimiz merosiga bo‘lgan hurmatni yanada oshirishdan iborat bo‘ldi.

Tanlov davomida ishtirokchilar Temuriylar davrining siyosiy, ijtimoiy va madaniy hayoti, ilm-fan taraqqiyoti hamda Amir Temur shaxsining jahon tarixidagi o‘rni haqida o‘z fikr-mulohazalarini ijodiy tarzda bayon etdilar.

Eng yaxshi insholar mazmuni, tahliliy yondashuvi va badiiy ifodasi asosida saralanib, g‘oliblar munosib taqdirlandi. Tanlov yoshlarning vatanparvarlik ruhini yuksaltirish va tarixiy merosimizni keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🖊 Hurmatli ustozlar va talabalar!

Sizlarga shuni ma’lum qilamizki, fakultetimiz o‘zining rasmiy ijtimoiy tarmoq sahifasini —
📱 @rgf_faculty Instagram platformasida ochdi.

#️⃣ Ushbu sahifa orqali siz fakultetimiz hayoti, yangiliklari, tadbirlar va yutuqlar bilan yaqindan tanishib borishingiz mumkin.

✔️ Barchangizni sahifamizga obuna bo‘lishga chorlab qolamiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

O‘ZDJTUDA BO‘SH ISH O‘RINLARI YARMARKASI BO‘LIB O‘TDI

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Uchtepa tuman hokimligi bilan hamkorlikda “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” o‘tkazildi.

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etdi. Vazir universitetga jalb qilingan tashkilotlar tomonidan taklif etilayotgan bo‘sh ish o‘rinlari bilan yaqindan tanishdi va talabalar uchun mavjud imkoniyatlarni ko‘rib chiqdi.

Yarmarka universitetning bitiruvchi kurs talabalari ishtirokida o‘tkazilib, 34 ta xususiy va davlat tashkilotlari o‘z bo‘sh ish o‘rinlarini taqdim etdi. Tadbir davomida talabalar ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilib, ishga qabul qilish tartibi, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar, mehnat sharoitlari va ijtimoiy kafolatlar haqida batafsil ma’lumot olish imkoniga ega bo‘ldilar.

Yarmarka bitiruvchilarga o‘z kasbiy yo‘nalishini aniqlash, ish bozoridagi talablarni tushunish va kelajakdagi rejalari ustida jiddiy o‘ylashga turtki bo‘ldi. Shu bilan birga, talabalar amaliy ko‘nikmalarini namoyish etish va ish beruvchilar bilan bevosita muloqot orqali o‘z imkoniyatlarini kengaytirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😍32