Roman-german filologiyasi fakulteti
1.14K subscribers
8.87K photos
565 videos
28 files
1.74K links
O'zDJTU, Roman-german filologiyasi fakulteti rasmiy kanali

Shikoyat, taklif va murojaat uchun: Yoshlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Shahzoda
Matlabxonova
@matlabxonovaa


Fakultet matbuot kotibi; @suxrobochilov
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿🇺🇿 Joriy yilning 7-aprel kuni Roman-german filologiyasi fakulteti Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari G’. Masharibov va J. Karimovlar hamda talabalar Olmazor tumanidagi 196-umumta’lim maktabiga tashrif buyurishdi.

💠Mazkur tashrif universitet va umumta’lim maktablari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etish hamda o‘quvchilarning xorijiy tillarga, xususan, fransuz tiliga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida tashkil etildi.

💠Tashrif davomida kafedra o‘qituvchilari maktab ma’muriyati va fransuz tili o‘qituvchilari bilan uchrashib, o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, dars sifatini oshirish hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

💠 Shuningdek, fransuz tilini o‘qitishda kommunikativ yondashuv, interaktiv metodlar hamda o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan samarali usullar bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
🇫🇷 ERASMUS+ dasturi asosida akademik mobillik tanlovi e’lon qilinadi!

Fransiyaning Puatye (Poitiers) Universitetiga Erasmus+ KA171 dasturi doirasida 2026–2027 o‘quv yilining birinchi va ikkinchi semestrlari uchun akademik mobillik dasturi asosida fransuz tili yo‘nalishi 3-bosqich talabalari hamda magistrlar uchun tanlov e’lon qilinadi.

👩‍🎓👨‍🎓 Yo‘nalish: Erasmus+ KA171 – Poitiers Universiteti


✍️ Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

Fransuz tilini mukammal bilish;
Avval Erasmus+ dasturida ishtirok etmagan bo‘lish.


📄 Kerakli hujjatlar:

Pasport nusxasi;
Rezyume (CV – fransuz tilida);
Fransuz tilidan kamida C1 darajani tasdiqlovchi sertifikat;
Sertifikatlar, sovrinlar, mukofotlar va ilmiy maqolalar;
Suhbat (milliy va xorijiy komissiya ishtirokida, fransuz tilida).


📝 Motivatsion xatda quyidagilar yoritilishi lozim:
• Nomzod haqida qisqacha ma’lumot;
• Tanlangan soha bo‘yicha tajriba (agar mavjud bo‘lsa);
• Dasturda ishtirok etish maqsadi;
• Akademik mobillikdan keyingi kutilayotgan natijalar.


Ariza topshirish muddati:
🗓 2026-yil 8-apreldan 12-aprelga qadar


📍 Hujjatlarni topshirish joyi:
Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi
Xalqaro ishlar bo‘yicha mas’ul – M. Uzkinov
📱 Telegram: @Uzkinov_M


🎯 Ushbu imkoniyatdan foydalanib, xalqaro tajriba orttiring va bilimlaringizni yangi bosqichga olib chiqing!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥2🔥21
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂

🇺🇿 O‘zDJTU 🇺🇿 Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti kengashi tomonidan aprel oyi “Yoshlar festivali” oyligi doirasidagi tadbirlar start oldi ! 🎉

Bugun 8-aprel fakultetimizda shaxmat va shashka musobaqalari bo‘lib o‘tdi!

🔥 Musobaqalar davomida talabalar o‘zlarining mantiqiy fikrlashi, strategik yondashuvi va zukkoligini namoyon etdilar. Har bir ishtirokchi g‘alaba sari intilib, qiziqarli va murosasiz bahslar olib bordi.

🏆 Eng faol va iqtidorli talabalar saralab olinib, yakuniy taqdirlash marosimida munosib rag‘batlantiriladi!

Keling, birga faol bo‘laylik, rivojlanaylik va yangi yutuqlar sari dadil qadam tashlaylik!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥2❤‍🔥1
🌄 YAKSHANBA — TABIAT BAG‘RIDA DAM OLISH KUNI!

📍 Manzil: Parkent tumani, Krasnogorsk hududi
Shahar shovqinidan charchadingizmi?
Unda sizni ajoyib dam olish sayohatiga taklif qilamiz!

🍃 Toza tog‘ havosi
🌿 Yashil tabiat va go‘zal manzaralar
📸 Zo‘r rasmlar uchun ideal joy
👨‍👩‍👧‍👦 Do‘stlar bilan unutilmas lahzalar

🌅 Quyosh chiqishini va botishini o‘z ko‘zingiz bilan, yanada yaqinroq his qiling!
Tabiatning eng go‘zal onlarini birga kuzatamiz

💚 Bu sayohatda siz:
Ruhiy dam olasiz
Energiya to‘playsiz
Stressdan xalos bo‘lasiz
Yangi xotiralar yaratasiz
━━━━━━━━━━━━━━━
🗓 Sana: 12.04.2026
(Yakshanba)
🕗 Jo‘nash vaqti: 06:00
🚐 Transport: Qulay va xavfsiz
💰 Narxi: 65.000 so’m
━━━━━━━━━━━━━━━
Joylar soni cheklangan!
Oldindan ro‘yxatdan o‘ting. Bog‘lanish: @jamoliddinovv_7

Dam olishni kechiktirmang — o‘zingizga kichik sayohat sovg‘a qiling! 🌄

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakultetida “Amir Temur va temuriylar merosi” mavzusida devoriy gazetalar tanlovi tashkil etildi.

🧠 Mazkur tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad – talaba-yoshlar orasida Amir Temur va Temuriylar davri tarixi, madaniyati hamda boy merosiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, ularning ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.

👥 Tanlov davomida talabalar o‘z devoriy gazetalarida Temuriylar davrining siyosiy hayoti, ilm-fan rivoji, me’morchilik yodgorliklari hamda buyuk ajdodlarimizning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasini yorqin aks ettirdilar. Ishlar mazmuni, dizayni va ijodiy yondashuviga ko‘ra baholanib, eng yaxshi ishlarga munosib o‘rinlar berildi.

🤝 Ushbu tadbir talabalarning tarixiy bilimlarini mustahkamlash bilan birga, ularning vatanparvarlik ruhini yuksaltirishga ham xizmat qildi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿Roman-german filologiyasi fakultetida Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlab “Amir Temur va Temuriylar merosi” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi.

Mazkur tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad talaba-yoshlarning tarixiy bilimlarini mustahkamlash, ularning ijodiy va mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish hamda buyuk ajdodlarimiz merosiga bo‘lgan hurmatni yanada oshirishdan iborat bo‘ldi.

Tanlov davomida ishtirokchilar Temuriylar davrining siyosiy, ijtimoiy va madaniy hayoti, ilm-fan taraqqiyoti hamda Amir Temur shaxsining jahon tarixidagi o‘rni haqida o‘z fikr-mulohazalarini ijodiy tarzda bayon etdilar.

Eng yaxshi insholar mazmuni, tahliliy yondashuvi va badiiy ifodasi asosida saralanib, g‘oliblar munosib taqdirlandi. Tanlov yoshlarning vatanparvarlik ruhini yuksaltirish va tarixiy merosimizni keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🖊 Hurmatli ustozlar va talabalar!

Sizlarga shuni ma’lum qilamizki, fakultetimiz o‘zining rasmiy ijtimoiy tarmoq sahifasini —
📱 @rgf_faculty Instagram platformasida ochdi.

#️⃣ Ushbu sahifa orqali siz fakultetimiz hayoti, yangiliklari, tadbirlar va yutuqlar bilan yaqindan tanishib borishingiz mumkin.

✔️ Barchangizni sahifamizga obuna bo‘lishga chorlab qolamiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM