Roman-german filologiyasi fakulteti
1.14K subscribers
8.87K photos
565 videos
28 files
1.74K links
O'zDJTU, Roman-german filologiyasi fakulteti rasmiy kanali

Shikoyat, taklif va murojaat uchun: Yoshlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Shahzoda
Matlabxonova
@matlabxonovaa


Fakultet matbuot kotibi; @suxrobochilov
Download Telegram
🏢 Yoshlar ishlari agentligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oʻzbekiston volontyorlar assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan Eko-avlod 2026 volontyorlar o‘quv oromgohi” da universitetimiz talabasi faol ishtirok etmoqda.

🎓 Roman-german filologiyasi fakulteti FISP 2406-guruh talabasi Nuraliyeva Mashxura Toshkent shahar delegatsiyasi tarkibida mazkur oromgohda qatnashib, ekologik muammolarga yechim izlash, volontyorlik faoliyatini rivojlantirish hamda jamoaviy loyihalarda faol ishtirok etmoqda.

Mazkur o‘quv oromgohi doirasida ishtirokchilar uchun ekologik savodxonlikni oshirish, barqaror rivojlanish g‘oyalarini targ‘ib qilish, liderlik va ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan treninglar, seminarlar va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.

👏 Talabamizga kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz

📥
https://t.me/rgffaculty
22❤‍🔥1🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Roman- german filologiyasi fakulteti FISP - 2508 guruh talabalarining
9-aprel Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag’ishlangan videoroligi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4❤‍🔥32🔥1💯1🏆1🫡1🆒1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Roman- german filologiyasi fakulteti FISP - 2507 guruh talabalarining
9-aprel Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag’ishlangan videoroligi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Roman- german filologiyasi fakulteti FFRA - 2501 guruh talabalarining
9-aprel Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag’ishlangan videoroligi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥21😍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2🔥2👏1😍1
O’zDJTU | RGF Yoshlar ittifoqi
Video message
🔥🔥🔥

🇺🇿 O‘zDJTU 🇺🇿 Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti kengashi tomonidan aprel oyi “Yoshlar festivali” oyligi doirasida Sport kuni munosabati bilan “Shaxmat-shashka” musobaqasi bo’lib o’tmoqda!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥111🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2🔥2👏1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 Joriy yilning 8-aprel kuni Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi mudiri, dotsent Raximova Gulsanam Ashirbekovna tomonidan Filologiya va tillarni o‘qitish (fransuz tili) yo‘nalishi talabalari uchun “Badiiy tarjima” to‘garagi doirasida “Traduction d’unités phraséologiques (frazeologik birliklar tarjimasi)” mavzusida dars mashg‘uloti tashkil etildi.

Mashg‘ulot davomida talabalarga frazeologik birliklarni tarjima qilishning nazariy asoslari, xususan, iboralar, maqollar va barqaror birikmalarni tarjima qilishda yuzaga keladigan lingvistik hamda madaniy muammolar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, fransuz va o‘zbek tillaridagi frazeologik birliklar misolida ularning semantik mazmuni, obrazliligi hamda milliy-madaniy xususiyatlarini saqlagan holda tarjima qilish usullari tahlil qilindi.

Dars jarayonida interaktiv savol-javoblar tashkil etilib, talabalarning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida frazeologik birliklarni tarjima qilish bo‘yicha mashqlar bajarildi. Tarjima jarayonida ekvivalentlikni topish, obrazlilikni saqlash hamda mazmuniy aniqlikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

💠 Mazkur to‘garak talabalarning tarjima kompetensiyasini rivojlantirish, shuningdek, fransuz va o‘zbek tillarining iboraviy boyligiga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 Joriy yilning 8-aprel kuni Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD Xudoyberdiyeva Nigora Sherali qizi tomonidan Filologiya va tillarni o‘qitish (fransuz tili) yo‘nalishi talabalari uchun “Nomdor stipendiyalarga tayyorlov” to‘garagi doirasida “Tanlov suhbatlariga tayyorgarlik: savollar va javoblar strategiyasi” mavzusida dars mashg‘uloti tashkil etildi.

💠 Mashg‘ulot davomida talabalarga tanlov suhbatlariga samarali tayyorgarlik ko‘rishning nazariy asoslari, suhbat jarayonida uchraydigan savollar turlari hamda ularga to‘g‘ri va mazmunli javob berish strategiyalari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, o‘z fikrini aniq, lo‘nda va ishonchli ifodalash, kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish hamda stressni boshqarish usullari muhokama qilindi.

💠 Amaliy qismda interaktiv savol-javoblar o‘tkazilib, turli tanlov suhbatlari namunasi asosida mashqlar bajarildi. Talabalar rolli o‘yinlar orqali suhbat jarayonini modellashtirib, o‘zini tanishtirish, savollarga javob berish va professional ko‘nikmalarini namoyon etish malakalarini mustahkamlashdi.

🔺 Mazkur mashg‘ulot talabalarning tanlov suhbatlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirishga xizmat qilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿🇺🇿 Joriy yilning 7-aprel kuni Roman-german filologiyasi fakulteti Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari G’. Masharibov va J. Karimovlar hamda talabalar Olmazor tumanidagi 196-umumta’lim maktabiga tashrif buyurishdi.

💠Mazkur tashrif universitet va umumta’lim maktablari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etish hamda o‘quvchilarning xorijiy tillarga, xususan, fransuz tiliga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida tashkil etildi.

💠Tashrif davomida kafedra o‘qituvchilari maktab ma’muriyati va fransuz tili o‘qituvchilari bilan uchrashib, o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, dars sifatini oshirish hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

💠 Shuningdek, fransuz tilini o‘qitishda kommunikativ yondashuv, interaktiv metodlar hamda o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan samarali usullar bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
🇫🇷 ERASMUS+ dasturi asosida akademik mobillik tanlovi e’lon qilinadi!

Fransiyaning Puatye (Poitiers) Universitetiga Erasmus+ KA171 dasturi doirasida 2026–2027 o‘quv yilining birinchi va ikkinchi semestrlari uchun akademik mobillik dasturi asosida fransuz tili yo‘nalishi 3-bosqich talabalari hamda magistrlar uchun tanlov e’lon qilinadi.

👩‍🎓👨‍🎓 Yo‘nalish: Erasmus+ KA171 – Poitiers Universiteti


✍️ Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

Fransuz tilini mukammal bilish;
Avval Erasmus+ dasturida ishtirok etmagan bo‘lish.


📄 Kerakli hujjatlar:

Pasport nusxasi;
Rezyume (CV – fransuz tilida);
Fransuz tilidan kamida C1 darajani tasdiqlovchi sertifikat;
Sertifikatlar, sovrinlar, mukofotlar va ilmiy maqolalar;
Suhbat (milliy va xorijiy komissiya ishtirokida, fransuz tilida).


📝 Motivatsion xatda quyidagilar yoritilishi lozim:
• Nomzod haqida qisqacha ma’lumot;
• Tanlangan soha bo‘yicha tajriba (agar mavjud bo‘lsa);
• Dasturda ishtirok etish maqsadi;
• Akademik mobillikdan keyingi kutilayotgan natijalar.


Ariza topshirish muddati:
🗓 2026-yil 8-apreldan 12-aprelga qadar


📍 Hujjatlarni topshirish joyi:
Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi
Xalqaro ishlar bo‘yicha mas’ul – M. Uzkinov
📱 Telegram: @Uzkinov_M


🎯 Ushbu imkoniyatdan foydalanib, xalqaro tajriba orttiring va bilimlaringizni yangi bosqichga olib chiqing!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥2🔥21
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂

🇺🇿 O‘zDJTU 🇺🇿 Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti kengashi tomonidan aprel oyi “Yoshlar festivali” oyligi doirasidagi tadbirlar start oldi ! 🎉

Bugun 8-aprel fakultetimizda shaxmat va shashka musobaqalari bo‘lib o‘tdi!

🔥 Musobaqalar davomida talabalar o‘zlarining mantiqiy fikrlashi, strategik yondashuvi va zukkoligini namoyon etdilar. Har bir ishtirokchi g‘alaba sari intilib, qiziqarli va murosasiz bahslar olib bordi.

🏆 Eng faol va iqtidorli talabalar saralab olinib, yakuniy taqdirlash marosimida munosib rag‘batlantiriladi!

Keling, birga faol bo‘laylik, rivojlanaylik va yangi yutuqlar sari dadil qadam tashlaylik!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥2❤‍🔥1