Roman-german filologiyasi fakulteti
1.14K subscribers
8.87K photos
565 videos
28 files
1.74K links
O'zDJTU, Roman-german filologiyasi fakulteti rasmiy kanali

Shikoyat, taklif va murojaat uchun: Yoshlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Shahzoda
Matlabxonova
@matlabxonovaa


Fakultet matbuot kotibi; @suxrobochilov
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 O‘zDJTU Roman-german filologiyasi fakultetida “Kelajak soati” mashg‘uloti tashkil etildi. Mazkur mashg‘ulot fakultet yoshlar ishlari bo‘yicha dekan muovini A. Mallayev tomonidan o‘tkazildi.

🧠 “Kelajak soati” darsi “Sohibqiron Amir Temur” mavzusiga bag‘ishlandi. Mashg‘ulotning asosiy maqsadi talabalarning mavjud bilimlarini mustahkamlash, ularni yangi va qiziqarli ma’lumotlar bilan boyitish hamda tarix faniga bo‘lgan qiziqishni oshirishdan iborat bo‘ldi.

Dars davomida Amir Temurning hayot yo‘li, uning mashaqqatli kurashlar orqali yuksak darajaga erishgani, davlat boshqaruvidagi adolat va qat’iyat tamoyillari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, Sohibqiron tomonidan barpo etilgan kuchli va markazlashgan davlat, uning harbiy yurishlari va strategik tafakkuri haqida ham fikr yuritildi.

Mashg‘ulot interaktiv tarzda tashkil etilib, savol-javoblar, kichik muhokamalar orqali talabalarning faolligi oshirildi. Talabalar o‘z fikr va mulohazalarini erkin bayon etib, mavzu yuzasidan bilimlarini yanada mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar.


🖋 Ushbu “Kelajak soati” darsi nafaqat nazariy bilimlarni mustahkamlash, balki talabalarda tarixiy merosimizga hurmat, vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirishda ham muhim ahamiyat kasb etdi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🔥1
📢 DIQQAT, E’LON!

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, ilmiy tadqiqotla va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish hamda startaplarni moliyalashtirish hamda rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan seminar-treninglar o‘tkaziladi.
Seminar-treninglar grafigi:


📍 08-aprel 2026-yil, soat 11:00
Manzil: O‘zDJTU asosiy bino, 2-qavat, faollar zali
Ishtirokchilar: Ingliz tili 1-fakulteti, Ingliz tili 2-fakulteti, Ingliz tili
3-fakulteti, Tarjimonlik fakulteti

📍 14-aprel 2026-yil, soat 11:00
Manzil: O‘zDJTU asosiy bino, 2-qavat, faollar zali
Ishtirokchilar: Ingliz filologiyasi fakulteti, Sharq filologiyasi fakulteti, Roman-german filologiyasi fakulteti Rus filologiyasi fakulteti, Xalqaro jurnalistika fakulteti

🔹 Barcha professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar, tadqiqotchilar hamda iqtidorli talabalar seminar-treninglarda faol ishtirok etishga taklif etiladi.

#SeminarTrening #Innovatsiya #Startap #IlmiyFaoliyat
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 2026-yil 6-aprel kuni
🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti Fransuz tili amaliy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi D. Achilova hamda ushbu yo‘nalishning FFRAK-2404 guruh talabalari ishtirokida yoshlar orasida milliy g‘urur va iftixor tuyg‘usini mustahkamlash maqsadida “O‘zbekiston – jannatmakon diyor” mavzusida madaniy ekskursiya tashkil etildi.

Ekskursiya doirasida talabalar Islom sivilizatsiyasi markazi hamda “Xast Imom” majmuasiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida talabalar ajdodlarimizning boy merosi, milliy qadriyatlarimiz va Vatanimiz taraqqiyotining ahamiyati haqida chuqur taassurotga ega bo‘ldilar. Ularda yurtga sadoqat, faxr va iftixor tuyg‘ulari yanada mustahkamlandi.

Bunday madaniy ekskursiyalar yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan barkamol etib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 2026-yil 6-aprel kuni
🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti Fransuz tili amaliy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi D. Achilova Chilonzor tumanida joylashgan 178-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida 11-“B” sinf o‘quvchilari bilan “Sun’iy intellektning zamonaviy jamiyatdagi o‘rni” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Suhbat jarayonida sun’iy intellektning bugungi kundagi ahamiyati, xususan ta’lim tizimidagi o‘rni haqida atroflicha ma’lumot berildi. O‘quvchilar ham mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi. Ular sun’iy intellekt yordamida darslarni yanada oson tushunish va mustaqil o‘rganish imkoniyatlari kengayib borayotganini alohida ta’kidladilar.

Shuningdek, sun’iy intellektdan to‘g‘ri va me’yorida foydalanish muhimligi qayd etildi.

Davra suhbati yakunida o‘quvchilarga sun’iy intellektdan samarali foydalanish bo‘yicha foydali tavsiyalar berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏢 Yoshlar ishlari agentligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oʻzbekiston volontyorlar assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan Eko-avlod 2026 volontyorlar o‘quv oromgohi” da universitetimiz talabasi faol ishtirok etmoqda.

🎓 Roman-german filologiyasi fakulteti FISP 2406-guruh talabasi Nuraliyeva Mashxura Toshkent shahar delegatsiyasi tarkibida mazkur oromgohda qatnashib, ekologik muammolarga yechim izlash, volontyorlik faoliyatini rivojlantirish hamda jamoaviy loyihalarda faol ishtirok etmoqda.

Mazkur o‘quv oromgohi doirasida ishtirokchilar uchun ekologik savodxonlikni oshirish, barqaror rivojlanish g‘oyalarini targ‘ib qilish, liderlik va ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan treninglar, seminarlar va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.

👏 Talabamizga kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz

📥
https://t.me/rgffaculty
22❤‍🔥1🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Roman- german filologiyasi fakulteti FISP - 2508 guruh talabalarining
9-aprel Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag’ishlangan videoroligi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4❤‍🔥32🔥1💯1🏆1🫡1🆒1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Roman- german filologiyasi fakulteti FISP - 2507 guruh talabalarining
9-aprel Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag’ishlangan videoroligi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Roman- german filologiyasi fakulteti FFRA - 2501 guruh talabalarining
9-aprel Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag’ishlangan videoroligi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥21😍1