Roman-german filologiyasi fakulteti
1.14K subscribers
8.87K photos
565 videos
28 files
1.74K links
O'zDJTU, Roman-german filologiyasi fakulteti rasmiy kanali

Shikoyat, taklif va murojaat uchun: Yoshlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Shahzoda
Matlabxonova
@matlabxonovaa


Fakultet matbuot kotibi; @suxrobochilov
Download Telegram
🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥

🇺🇿 O‘zDJTU 🇺🇿 Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti kengashi tomonidan aprel oyi “Yoshlar festivali” oyligi deb e’lon qilindi! 🎉

🔥 Ushbu oylik doirasida talabalar turli yo‘nalishlarda o‘zini sinab ko‘rishi, ijtimoiy faolligini oshirishi va qiziqarli tanlovlarda ishtirok etishi mumkin!

🏆 8–9-aprel kunlari – SPORT KUNI!
Quyidagi sport musobaqalariga start beriladi:
⚽️ Futbol: @Egamov2
🏐 Voleybol: @Zuneiigung
Shaxmat: @zukhrriddinov
Shashka: @zukhrriddinov
🎯 Quvnoq startlar: @kmlvs_2

📌 Batafsil ma’lumot olish uchun mas’ullarga murojaat qiling!

‼️G’oliblar ushbu oylik yakuniy hisobotida tantanali ravishda taqdirlanadilar!!!

Keling, birga faol bo‘laylik, rivojlanaylik va g‘alaba sari intilaylik!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5❤‍🔥3🔥3
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti tyutori P. Jabborova tashabbusi bilan talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali tashkil etish maqsadida dam olish kunlari Parkent tumani hududida joylashgan So‘qoq maskaniga maroqli sayohat uyushtirildi.

🧠 Mazkur tashrif davomida talabalar betakror tabiiy manzaralardan bahramand bo‘lib, sof tog‘ havosidan zavq oldilar. Sayohat jarayonida ular turli xil sport o‘yinlari, jamoaviy musobaqalar va qiziqarli mashg‘ulotlarda faol qatnashib, o‘z iqtidor va chaqqonliklarini namoyon etdilar. Shuningdek, talaba-yoshlar davrasida kuy-qo‘shiqlar yangrab, raqslar ijro etildi, bu esa tadbirga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Yigitlar tomonidan varrak uchirilgani esa sayohatga alohida zavq va unutilmas lahzalar olib kirdi.

👥 Bunday mazmundor va samimiy tashkil etilgan sayohat talabalarning nafaqat dam olishiga, balki ularning jamoaviylik, o‘zaro hurmat, do‘stlik va birdamlik kabi muhim fazilatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Shu bilan birga, bu kabi tashabbuslar yoshlarning ma’naviy hordiq chiqarishi, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va tabiatga mehrini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4❤‍🔥11😍1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🧠 05.04.2026 kuni 🇺🇿Roman-german filologiyasi fakulteti Nemis tili amaliy fanlar kafedrasi docenti, p.f.d. Sevara Ziyaevaning «Xalq so‘zi» (¹ 66 (9183)) gazetasida “Рынок труда как инструмент сокращения бедности” mavzusidagi maqolasi e’lon qilindi.

🇺🇿 Maqola O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 23 fevralda yoshlar bandligini ta’minlashga bag‘ishlangan videoselyektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar, shuningdek, 2025 yil 14 fevraldagi PQ-61-son qarori hamda 2026 yil 24 fevral kuni Koksaroy qarorgohida o‘tkazilgan yoshlar bilan muloqotda belgilangan ustuvor yo‘nalishlar ijrosini ta’minlashga qaratilgan.

🖋 Maqolada oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash, mehnat bozorini rivojlantirish orqali kambag‘allikni qisqartirish, yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularni kasbiy ko‘nikmalar bilan qurollantirish va ijtimoiy faolligini oshirish masalalari atroflicha yoritilgan. Shu bilan birga, maqola yoshlar bandligini oshirish va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda mehnat bozorining strategik ahamiyatini ham ta’kidlaydi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥32😍1
🌟 🇺🇿 Fakultetimiz shijoatli yoshlari — yaqinroq keling!

Agar sizda:

Yangi gʻoyalar;
Faol ishtirok etish istagi;
Yetakchilik, liderlik hamda tashabbuskorlik qobiliyatlari bo’lsa

🫵 Unda ushbu eʼlon aynan siz uchun!

⚡️ Biz Yoshlar Ittifoqi 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti kengashiga qayta qabul boshlanganini ma’lum qilamiz!

👥 Kengashimiz tarkibiga qoʻshilib biz bilan bir jamoa — bir oilaga aylaning!


📝 Roʻyxatdan oʻtish uchun fakultet yetakchisiga murojaat qiling :
✈️ @matlabxonovaa

🇺🇿 Bizga qoʻshiling!
👥 Oilamiz sizlarni kutmoqda!

#qabul #fakultet_kengashi

📱@https://t.me/rgffaculty
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1🔥1
Roman-german filologiyasi fakulteti pinned «🌟 🇺🇿 Fakultetimiz shijoatli yoshlari — yaqinroq keling! Agar sizda: Yangi gʻoyalar; Faol ishtirok etish istagi; Yetakchilik, liderlik hamda tashabbuskorlik qobiliyatlari bo’lsa 🫵 Unda ushbu eʼlon aynan siz uchun! ⚡️ Biz Yoshlar Ittifoqi 🇺🇿 Roman…»
🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakultetida talaba-yoshlar ishtirokida muhim profilaktik suhbat tashkil etildi. Davra suhbati Uchtepa tumani IIO FMB JQB T/V leytenanti Sh.Sh. Nurahmadov tomonidan olib borildi.

🧠 Suhbat davomida giyohvandlikka qarshi kurashish, jinoyatchilikning oldini olish hamda ushbu illatlarning jamiyat va inson hayotiga salbiy ta’siri haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, huquqiy madaniyatni yuksaltirish va ongli hayot tarzini shakllantirish masalalari keng muhokama qilindi.

Tadbirda profilaktika inspektorlari — Nurmuhammedova Madina Xasanovna hamda Sherbayev Sanjar Tillakabilovich ham faol ishtirok etdilar.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
🟥🟥🟥🟩🟩🟩

⚜️“Sohibqiron” onlayn viktorinasida qatnashib, qimmatbaho sovg‘alar yutib oling!

↪️Viktorina 9-aprel – Sohibqiron Amir Temur bobomiz tavvallud kuni munosabati bilan o‘tkazilmoqda.
↪️Viktorinada tyutorlar, talabalar, o‘quvchilar, ustozlar, qisqasi barcha qatnashishi mumkin

G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:

🏆GranPri (3 nafar) – Y58 Ultra 3 box;
🥇1-o‘rin (3 nafar) – Aqlli ko‘zoynak;
🥈2-o‘rin (3 nafar) – Led stol lampasi;
🥉3-o‘rin (3 nafar) – Airpods Pro 2.

➡️ Batafsil ma’lumot olish

☑️G‘oliblar test va referal bo‘yicha alohida aniqlanadi.
☑️Loyinada jami 24 kishi sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
☑️Viktorinada faol qatnashganlar QR kodli sertifikatga ega bo‘ladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦

📹 7-aprel, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” ochilish marosimidan videolavha.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆211🙏1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti tyutori P. Jabborova o‘ziga biriktirilgan guruh talabalari bilan 9-aprel — Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlab mazmunli davra suhbati tashkil etdi.

🧠 Tadbir davomida Sohibqiron Amir Temurning boy va ibratli hayot yo‘li, uning yoshlik davridagi qiyinchiliklari, mashaqqatli kurashlar orqali buyuk sarkarda darajasiga ko‘tarilgani haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, uning davlat boshqaruvidagi adolat, tartib-intizom va qat’iyatga asoslangan siyosati alohida ta’kidlandi.

🖋 Suhbat jarayonida Amir Temur tomonidan barpo etilgan qudratli va markazlashgan davlat, uning harbiy yurishlari, strategik fikrlashi hamda diplomatik mahorati haqida ham fikr almashildi. Talabalarga Sohibqironning “Kuch — adolatda” degan tamoyili bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganligi tushuntirildi.

👥 Davra suhbati davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, tarixiy shaxsga bo‘lgan qiziqishlari yanada oshdi. Tadbir yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy qadriyatlarimizni chuqur anglash va buyuk ajdodlarimiz merosini o‘rganishga undashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
31
🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 O‘zDJTU Roman-german filologiyasi fakultetida “Kelajak soati” mashg‘uloti tashkil etildi. Mazkur mashg‘ulot fakultet yoshlar ishlari bo‘yicha dekan muovini A. Mallayev tomonidan o‘tkazildi.

🧠 “Kelajak soati” darsi “Sohibqiron Amir Temur” mavzusiga bag‘ishlandi. Mashg‘ulotning asosiy maqsadi talabalarning mavjud bilimlarini mustahkamlash, ularni yangi va qiziqarli ma’lumotlar bilan boyitish hamda tarix faniga bo‘lgan qiziqishni oshirishdan iborat bo‘ldi.

Dars davomida Amir Temurning hayot yo‘li, uning mashaqqatli kurashlar orqali yuksak darajaga erishgani, davlat boshqaruvidagi adolat va qat’iyat tamoyillari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, Sohibqiron tomonidan barpo etilgan kuchli va markazlashgan davlat, uning harbiy yurishlari va strategik tafakkuri haqida ham fikr yuritildi.

Mashg‘ulot interaktiv tarzda tashkil etilib, savol-javoblar, kichik muhokamalar orqali talabalarning faolligi oshirildi. Talabalar o‘z fikr va mulohazalarini erkin bayon etib, mavzu yuzasidan bilimlarini yanada mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar.


🖋 Ushbu “Kelajak soati” darsi nafaqat nazariy bilimlarni mustahkamlash, balki talabalarda tarixiy merosimizga hurmat, vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirishda ham muhim ahamiyat kasb etdi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🔥1