Roman-german filologiyasi fakulteti
1.14K subscribers
8.95K photos
571 videos
28 files
1.76K links
O'zDJTU, Roman-german filologiyasi fakulteti rasmiy kanali

Shikoyat, taklif va murojaat uchun: Yoshlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Shahzoda
Matlabxonova
@matlabxonovaa


Fakultet matbuot kotibi; @suxrobochilov
Download Telegram
📌 HAMKORLIK VA TAJRIBA ALMASHISH — TA’LIM SIFATI GAROVI

Bugun hamkor ta’lim tashkilotlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, tajriba almashish hamda ta’lim sifatini yanada oshirish maqsadida Toshkent shahridagi oliy harbiy ta’lim muassasasi kursantlarining Fransuz tili amaliy fanlar kafedrasiga tashrifi tashkil etildi.

Tashrif doirasida o‘quv-amaliy tadbirlar o‘tkazilib, ular talabalarning bilim va ko‘nikmalarini boyitish, dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qildi.

🇺🇿🇺🇿 Kafedra mudiri P. Nishonov tomonidan “Mamlakatshunoslik” fanidan yuqori saviyada mahorat darsi tashkil etildi. Mashg‘ulot interaktiv usullar va zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida olib borilib, unda ikki ta’lim muassasasi talabalari faol ishtirok etdilar.

Dars davomida Fransiya va O‘zbekistonning davlat boshqaruvi tizimi mavzusida mazmunli taqdimotlar o‘tkazildi. Talabalar o‘z chiqishlarida tahliliy fikrlash, mustaqil xulosa chiqarish hamda jamoa bilan ishlash ko‘nikmalarini namoyon etdilar.

Shuningdek, test topshiriqlari, blits-savollar va munozaralar orqali talabalarning bilim darajasi sinovdan o‘tkazilib, ularning faolligi yanada oshirildi. Bu esa talabalarda tanqidiy fikrlash, tezkor qaror qabul qilish va o‘z fikrini erkin ifoda etish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qildi.

Tashrif yakunida kursantlar universitet Axborot-resurs markaziga tashrif buyurib, u yerda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, boy kitob fondi, elektron ta’lim resurslari hamda raqamli xizmatlar bilan yaqindan tanishdilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥32😍21🔥1
“Sogʻlom munosabat — mustahkam oila poydevori”

“Ijtimoiy-psixologik muhit bilan ishlash” boʻlimi psixologi Sh.Boʻstonova hamda Fransuz tili amaliy fanlar kafedrasi o'qituvchisi - S. G'afurova bilan hamkorlikda talaba-yoshlar ishtirokida “Sogʻlom munosabat — mustahkam oila” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

📌 Suhbat davomida quyidagi muhim masalalar muhokama qilindi:
— Sogʻlom munosabatlarning asosiy tamoyillari
— Oʻzaro hurmat va ishonchning oila barqarorligidagi oʻrni
— Konfliktlarni konstruktiv hal etish usullari
— Zamonaviy yoshlar orasida uchrayotgan munosabat muammolari

🧠 Ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalari bilan faol qatnashib, hayotiy misollar orqali mavzuni yanada chuqur anglab oldilar.

Davra suhbati yakunida sogʻlom psixologik muhitni shakllantirish har bir insondan ongli yondashuv, sabr va masʼuliyat talab qilishi taʼkidlandi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🧠 2026-yil 3-aprel kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 84-sonli umumta’lim maktabiga tashrif amalga oshirildi. 🇺🇿 O‘zDJTU 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti dekani X.Xakimov, shuningdek, Nemis tili amaliy fanlar kafedrasi mudiri Yu. Ismoilov hamda Nemis tili nazariy fanlar kafedrasi mudiri I. Ziyadullayevlar Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 84-sonli umumta’lim maktabida O‘zDJTUning “Xorijiy tillarni o‘qitish va rivojlantirish” markazi tomonidan tashkil etilgan nemis tili darslarini o‘rganish maqsadida mazkur maktabga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida maktabda tashkil etilgan nemis tili darslari jarayoni kuzatildi, o‘quvchilarning til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi va faolligi o‘rganildi. Dars jarayonlarida qo‘llanilayotgan metod va yondashuvlar tahlil qilinib, ularning samaradorligi muhokama etildi. Shuningdek, maktab ma’muriyati hamda nemis tili darslarini tashkil etishda ishtirok etayotgan fakultet talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🧠 2026-yil 3-aprel kuni Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 283-sonli umumta’lim maktabiga tashrif amalga oshirildi. O‘zDJTU 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti dekani X.Xakimov, shuningdek, Nemis tili amaliy va Nemis tili nazariy fanlar kafedralari mudirlari Yu.Ismoilov hamda I.Ziyadullayevlar mazkur maktabda O‘zDJTU huzuridagi “Xorijiy tillarni o‘qitish va rivojlantirish” markazi tomonidan tashkil etilgan nemis tili darslarini o‘rganish hamda maktab o‘quvchilari o‘rtasida xorijiy tillarga bo‘lgan qiziqishni oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirini tashkil etish maqsadida tashrif buyurdilar. Tashrif davomida nemis tili darslari bevosita kuzatildi va o‘quv jarayonining tashkil etilishi, qo‘llanilayotgan zamonaviy pedagogik texnologiyalar hamda interfaol metodlar atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, tashrif doirasida o‘quvchilar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularga xorijiy tillarni o‘rganishning ahamiyati, xususan nemis tilini bilish orqali ochiladigan ta’lim va kasbiy imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿🇺🇿 Nemis tili amaliy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Xusinova Laylo tomonidan tashkil etilgan “Nomdor stipendiyalarga tayyor” to‘garagi talabalarning xalqaro va mahalliy stipendiya dasturlariga muvaffaqiyatli tayyorlanishiga qaratilgan muhim tashabbuslardan biridir. Ushbu to‘garak doirasida ishtirokchilar nafaqat nazariy bilimlarga ega bo‘ladilar, balki amaliy ko‘nikmalarini ham rivojlantiradilar.

💠 Navbatdagi mashg‘ulot mavzusi “Onlayn ariza topshirish va platformalardan foydalanish” bo‘lib, unda talabalar turli stipendiya va grant dasturlariga ariza topshirish jarayonini bosqichma-bosqich o‘rganadilar. Xususan, mashg‘ulot davomida xalqaro platformalar, rasmiy saytlar orqali ro‘yxatdan o‘tish, hujjatlarni to‘g‘ri yuklash, motivatsion xat va CV ni tizimga joylash kabi muhim jihatlar batafsil tushuntiriladi.

💠 Shuningdek, ishtirokchilarga eng ko‘p uchraydigan xatoliklar, ularni oldini olish yo‘llari hamda muvaffaqiyatli ariza topshirish bo‘yicha foydali tavsiyalar beriladi. Amaliy mashg‘ulotlar orqali talabalar real platformalarda ishlash tajribasiga ega bo‘lib, o‘z mustaqil arizalarini tayyorlashni o‘rganadilar.

💠 Mazkur to‘garak talabalarning raqobatbardoshligini oshirish, ularni xalqaro imkoniyatlardan samarali foydalanishga yo‘naltirish va kelajakda yirik stipendiya dasturlarini qo‘lga kiritishlariga mustahkam zamin yaratadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1