Roman-german filologiyasi fakulteti
1.14K subscribers
8.95K photos
571 videos
28 files
1.76K links
O'zDJTU, Roman-german filologiyasi fakulteti rasmiy kanali

Shikoyat, taklif va murojaat uchun: Yoshlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Shahzoda
Matlabxonova
@matlabxonovaa


Fakultet matbuot kotibi; @suxrobochilov
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
5❤‍🔥3🔥3
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

⭐️5-TTJda 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti FNEM 2414-guruh talabasi Hasanboyeva Marjona Xalimjon qizi tashabbusi bilan kashtachilik to‘garagi tashkil etilib, hozirgi kunda ham faoliyatini davom ettirmoqda. To‘garakning asosiy maqsadi talabalarga milliy va zamonaviy kashtachilik san’atini o‘rgatish, ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat.

Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar turli kashtachilik texnikalarini o‘rganib, amaliy ishlarda faol qatnashmoqdalar. Talabalar o‘zlarining dastlabki ishlarini yaratib, rang-barang naqshlar va betakror dizaynlar orqali ijodiy yondashuvlarini namoyon etishmoqda.

🤝 Mazkur to‘garak talabalarning ijodiy fikrlashini rivojlantirish bilan birga, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga ham xizmat qilmoqda. Kashtachilik san’ati orqali ishtirokchilar o‘ziga xos uslub yaratish va uni takomillashtirish imkoniyatiga ega bo‘lib, to‘garak faoliyati izchil davom etmoqda.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3😍2
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Universitet malikasi” ko‘rik-tanlovi yuqori saviyada tashkil etilmoqda. Ushbu nufuzli tanlovda 🇺🇿Roman-german filologiyasi fakulteti talabalari ham faol ishtirok etib, o‘z iqtidor, bilim va salohiyatlarini namoyon etmoqdalar. Ishtirokchilar nafaqat tashqi ko‘rinish, balki nutq madaniyati, ijodkorligi va faolligi bilan ham ajralib turishmoqda.

🇺🇿 Eslatib o‘tamiz, mazkur tanlovga tayyorgarlik jarayonlari avvaldan boshlangan bo‘lib, fakultetda “Universitet malikasi” ko‘rik-tanlovining saralash bosqichi ham o‘tkazilgan edi. Ushbu bosqichda eng munosib nomzodlar tanlab olinib, ular universitet miqyosidagi tanlovda ishtirok etish uchun yo‘llanma olgan edilar. Shuningdek, tanlov doirasida turli sport musobaqalari ham tashkil etilib, talabalarning jismoniy faolligi va jamoaviy ruhini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

➡️
Bugungi kunda tanlovning eng muhim bosqichlaridan biri — milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi osh pishirish bellashuvi ham bo‘lib o‘tdi. Unda talaba qizlar o‘zlarining pazandalik mahoratlarini namoyon etib, milliy taomimizni tayyorlash borasida o‘zaro bellashdilar. Tayyorlangan oshlar hakamlar tomonidan ta’mi, ko‘rinishi va tayyorlash jarayoniga ko‘ra baholandi.


⭐️ Ayni paytda tanlov qizg‘in ruhda davom etmoqda va yaqin kunlarda uning yakuniy natijalari e’lon qilinishi kutilmoqda.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😍32
🎓 Roman-German filologiyasi fakulteti talabalari uchun Erasmus+ tanlovi! 🇪🇸

Mursiya Universiteti - 1 ta o'rin Kordoba Universiteti - 1 ta o'rin

📅 Ariza topshirish muddati:
01.04.2026 dan 15.04.2026 gacha

👩‍🎓 Kimlar ishtirok etishi mumkin?
• Bakalavriyatning 2–3-bosqich talabalari
• Mutaxassislik: Ispan tili, Roman-German Filologiyasi fakulteti
• Oldin Erasmus+ dasturida ishtirok etmagan talabalar

📄 Talablar:
• Ispan tilini bilish darajasi kamida B1/B2
• Yuqori akademik ko‘rsatkichlar
• Avval Erasmus loyihasida qatnashmagan bo’ lishi

📑 Talab etiladigan hujjatlar:
• Motivatsion xat
• Pasport (ID, xorijiy)nusxasi
• Universitetda o’qish davomida olingan sertifikatlar
• Ilmiy maqolalar yoki nashrlar (agar mavjud bo‘lsa)

📍 Qanday topshiriladi?
Tanlov jarayoni haqida batafsil ma’lumot olish uchun Ispan tili nazariy fanlar kafedrasi katta o’qituvchisi D.Xaydarova bilan bog‘laning.

Ispaniyada o‘qish, tilingizni rivojlantirish va xalqaro tajriba orttirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
“Sogʻlom munosabat — mustahkam oila poydevori”

“Ijtimoiy-psixologik muhit bilan ishlash” boʻlimi psixologi Sh.Boʻstonova hamda Fransuz tili amaliy fanlar kafedrasi o'qituvchisi - S. G'afurova bilan hamkorlikda talaba-yoshlar ishtirokida “Sogʻlom munosabat — mustahkam oila” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Suhbat davomida quyidagi muhim masalalar muhokama qilindi:
— Sogʻlom munosabatlarning asosiy tamoyillari
— Oʻzaro hurmat va ishonchning oila barqarorligidagi oʻrni
— Konfliktlarni konstruktiv hal etish usullari
— Zamonaviy yoshlar orasida uchrayotgan munosabat muammolari

Ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalari bilan faol qatnashib, hayotiy misollar orqali mavzuni yanada chuqur anglab oldilar.

Davra suhbati yakunida sogʻlom psixologik muhitni shakllantirish har bir insondan ongli yondashuv, sabr va masʼuliyat talab qilishi taʼkidlandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👏2❤‍🔥11🔥1🎉1😍1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🧠 2026 yil 31 mart kuni Fransuz tili amaliy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi F. Badalov boshchiligida 2-tashabbus doirasida talaba-yoshlar o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etildi. Mazkur tadbir “Sport bizni birlashtiradi”, “Sport – salomatlik garovi” hamda “Jismoniy tarbiya va madaniyat zamonaviy talaba uchun asosiy mezon” shiorlari ostida Roman-german filologiyasi fakulteti dekanati hamkorligida o‘tkazildi.

Tadbirda FFRA-2401, FFRA-2402 va FFRA-2403-guruh talabalari faol ishtirok etdilar. Ishtirokchilar o‘zaro hamjihatlikda bellashib, sportga bo‘lgan qiziqishlarini yana bir bor namoyon etdilar.

Tadbirning asosiy maqsadi talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni sog‘lom turmush tarziga jalb etish, jamoaviylik ruhini shakllantirish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishdan iborat bo‘ldi.

Musobaqalar davomida talabalar bir nechta sport turlari, jumladan, shaxmat, shashka, voleybol va badminton bahslarida o‘zaro bellashdilar. Har bir yo‘nalish bo‘yicha qizg‘in va murosasiz kurashlar bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini namoyish etdilar.

Tadbir yuqori saviyada tashkil etilib, talabalar tomonidan katta qiziqish va faollik bilan kutib olindi. Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Ushbu sport musobaqalari talabalarning nafaqat jismoniy, balki ma’naviy rivojlanishida ham muhim ahamiyat kasb etdi. Tadbir davomida do‘stona muhit hukm surib, “sport – tinchlik va birdamlik elchisi” ekanligi yana bir bor o‘z isbotini topdi.


Xulosa qilib aytganda, tashkil etilgan sport musobaqalari yoshlarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularni sportga keng jalb etish va ijtimoiy faolligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qildi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😍32❤‍🔥22🔥2👏2🎉1