Roman-german filologiyasi fakulteti
1.14K subscribers
8.99K photos
572 videos
28 files
1.76K links
O'zDJTU, Roman-german filologiyasi fakulteti rasmiy kanali

Shikoyat, taklif va murojaat uchun: Yoshlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Shahzoda
Matlabxonova
@matlabxonovaa


Fakultet matbuot kotibi; @suxrobochilov
Download Telegram
TALABALAR TURAR JOYIDA PSIXOLOGIK MUHIT O‘RGANILDI

4-TTJda istiqomat qilayotgan talaba-qizlarning yashash muhiti, o‘zaro munosabatlari va psixologik holatini o‘rganish maqsadida “Ijtimoiy-psixologik muhit bilan ishlash boʻlimi” psixologi Sh.Bo‘stonova hamda mutaxasisi M.Abduraxmonova tomonidan xonama-xona suhbatlar tashkil etildi.

Suhbatlar davomida quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratildi:
Tartib-intizom masalalari
Xonadoshlar o‘rtasidagi munosabatlar
Mojaro va kelishmovchiliklarning sabablari
Stress va moslashuv jarayonlari
Uy sog‘inchi va emotsional holat
Shaxsiy chegaralar va hurmat masalalari

Suhbatlar natijasida:

Ayrim xonalarda o‘zaro tushunmovchilik mavjudligi,
Ba’zi talabalarda ichki zo‘riqish va to‘planib qolgan hissiyotlar aniqlangan.
Shu bilan birga, ko‘plab xonalarda iliq, qo‘llab-quvvatlovchi muhit mavjudligi quvonarli holat sifatida qayd etildi.

Eslatma: Psixologik yordam ixtiyoriy va maxfiylik tamoyillari asosida taqdim etiladi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1👏1🎉1
📢 E’LON

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ma’lum qilinishicha, Janubiy Koreyaning Ajou universiteti Xalqaro tadqiqotlar oliy maktabi (GSIS) stipendiya asosida ta’lim olish uchun ajoyib imkoniyatni taqdim etmoqda.

Mazkur dastur doirasida respublikamizdan 10 nafar rasmiy doira vakillari hamda talabalar qabul qilinadi. Ushbu stipendiya xalqaro darajada bilim olish, tajriba orttirish va professional rivojlanish uchun katta imkoniyat yaratadi.

📌 Arizalar 2026-yil 9-aprel sanasiga qadar qabul qilinadi.
📌 Batafsil ma’lumot bilan quyidagi rasmiy sayt orqali tanishishingiz mumkin:
🔗 https://gsis.ajou.ac.kr/gsis/index.do

Barcha qiziquvchi talabalar mazkur imkoniyatdan unumli foydalanishga chorlanadi!


Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zDJTU Roman-german filologiyasi fakultetida davra suhbati tashkil etildi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakultetida “Mustahkam oila” metodik dasturi doirasida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda oila institutini mustahkamlash, sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish hamda yoshlar orasida oilaviy qadriyatlarni keng targ‘ib etish masalalari muhokama qilindi.

Davra suhbati davomida mutaxassislar va ishtirokchilar tomonidan oila barqarorligini ta’minlash, farzand tarbiyasida ota-onaning mas’uliyati, shuningdek, yoshlarni hayotga tayyorlash borasida muhim fikr va takliflar ilgari surildi. Tadbir jarayonida mavzuga oid tushuntirishlar berilib, ishtirokchilar bilan faol muloqot olib borildi.

Shuningdek, uchrashuvda xavf ostidagi o‘smirlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni turli salbiy ta’sirlardan asrash hamda ijtimoiy muhitga moslashuvini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Yakunda tadbir mazmunli muhokamalar va savol-javoblar asosida yakunlandi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
🟦🟦🟦🟦

🎉 Talabalarimiz bugun-xalqaro e’tirofda !

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti FFRA-2301-guruh talabasi Matlabxonova Shahzoda Matlabxon qizi hamda FFRA-2303-guruh talabasi Azamjonova Sarvinoz Shuxratovna “Jadidlar” xalqaro ilmiy tadqiqotlar assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan “Yil talabasi – 2026” xalqaro ilmiy tanlovida munosib ishtirok etib, o‘zlarining yuqori ilmiy salohiyati va ilmiy maqolalari bilan faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.

🔥 G‘oliblar maxsus ko‘krak nishoni, diplom hamda xalqaro sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

💠 Mazkur yutuq talabalarimizning izlanishi, bilimga intilishi va qat’iyatining yorqin natijasidir. Ushbu muvaffaqiyatda ilmiy rahbari, Fransuz tili amaliy fanlar kafedrasi dotsenti Davronova Zulfiya Boboyevnaning munosib hissasi bor. Ustoz ilm-fan rivojiga qo‘shayotgan hissasi hamda fidoyiligi uchun “Kasb fidoyisi” maxsus ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

🎉 Roman-german filologiyasi fakulteti jamoasi talabalarimizni hamda ustozimizni ushbu yutuqlar bilan samimiy muborakbod etadi va kelgusidagi faoliyatlariga ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.


Bizni kuzatib boring ;

📱 Telegram 📱Instagram 📱Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🎉5👍3🔥32
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
5❤‍🔥3🔥3
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

⭐️5-TTJda 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti FNEM 2414-guruh talabasi Hasanboyeva Marjona Xalimjon qizi tashabbusi bilan kashtachilik to‘garagi tashkil etilib, hozirgi kunda ham faoliyatini davom ettirmoqda. To‘garakning asosiy maqsadi talabalarga milliy va zamonaviy kashtachilik san’atini o‘rgatish, ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat.

Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar turli kashtachilik texnikalarini o‘rganib, amaliy ishlarda faol qatnashmoqdalar. Talabalar o‘zlarining dastlabki ishlarini yaratib, rang-barang naqshlar va betakror dizaynlar orqali ijodiy yondashuvlarini namoyon etishmoqda.

🤝 Mazkur to‘garak talabalarning ijodiy fikrlashini rivojlantirish bilan birga, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga ham xizmat qilmoqda. Kashtachilik san’ati orqali ishtirokchilar o‘ziga xos uslub yaratish va uni takomillashtirish imkoniyatiga ega bo‘lib, to‘garak faoliyati izchil davom etmoqda.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3😍2
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Universitet malikasi” ko‘rik-tanlovi yuqori saviyada tashkil etilmoqda. Ushbu nufuzli tanlovda 🇺🇿Roman-german filologiyasi fakulteti talabalari ham faol ishtirok etib, o‘z iqtidor, bilim va salohiyatlarini namoyon etmoqdalar. Ishtirokchilar nafaqat tashqi ko‘rinish, balki nutq madaniyati, ijodkorligi va faolligi bilan ham ajralib turishmoqda.

🇺🇿 Eslatib o‘tamiz, mazkur tanlovga tayyorgarlik jarayonlari avvaldan boshlangan bo‘lib, fakultetda “Universitet malikasi” ko‘rik-tanlovining saralash bosqichi ham o‘tkazilgan edi. Ushbu bosqichda eng munosib nomzodlar tanlab olinib, ular universitet miqyosidagi tanlovda ishtirok etish uchun yo‘llanma olgan edilar. Shuningdek, tanlov doirasida turli sport musobaqalari ham tashkil etilib, talabalarning jismoniy faolligi va jamoaviy ruhini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

➡️
Bugungi kunda tanlovning eng muhim bosqichlaridan biri — milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi osh pishirish bellashuvi ham bo‘lib o‘tdi. Unda talaba qizlar o‘zlarining pazandalik mahoratlarini namoyon etib, milliy taomimizni tayyorlash borasida o‘zaro bellashdilar. Tayyorlangan oshlar hakamlar tomonidan ta’mi, ko‘rinishi va tayyorlash jarayoniga ko‘ra baholandi.


⭐️ Ayni paytda tanlov qizg‘in ruhda davom etmoqda va yaqin kunlarda uning yakuniy natijalari e’lon qilinishi kutilmoqda.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😍32