🇺🇿 Joriy yilning 13-mart sanasida Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasiga muvofiq “Suhbatlashish odobi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Mazkur tadbir fransuz tili yo‘nalishi 3-kurs talabalari ishtirokida o‘tkazildi.
🎓 Tadbirning asosiy maqsadi talabalarda nutq madaniyatini rivojlantirish, muloqot jarayonida odob-axloq qoidalariga rioya qilish, suhbat davomida hurmat va e’tibor ko‘rsatish madaniyatini shakllantirish, shuningdek ularni kundalik hayotda to‘g‘ri va madaniyatli muloqot olib borishga o‘rgatishdan iborat bo‘ldi.
💬 Tadbir davomida talabalar ham faol ishtirok etib, mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar hamda savol-javoblar orqali qiziqarli muhokamalar tashkil etildi.
🌟 Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar talabalarning nutq madaniyati va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti 3-bosqich talabasi Sh. Matlabxonova tashabbusi bilan 13-mart kuni atoqli shoir va adib Aleksandr Faynberg hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Faynberg izdoshlari” mavzusida insholar tanlovi tashkil etildi.
🎓 Tanlovning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida adabiyot va she’riyatga bo‘lgan qiziqishni oshirish, talabalarning ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda Aleksandr Faynberg ijodiy merosini keng targ‘ib qilishdan iborat bo‘ldi.
✍️ Tanlovda fakultetning iqtidorli talabalari faol ishtirok etib, Aleksandr Faynbergning hayoti va ijodi, uning zamonaviy adabiyotdagi o‘rni hamda bugungi yoshlar uchun ahamiyati haqida mazmunli insholar taqdim etdilar.
🏆 Tanlov yakunida hakamlar hay’ati tomonidan eng yaxshi insholar saralab olinib, g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.