Roman-german filologiyasi fakulteti
1.13K subscribers
8.39K photos
551 videos
27 files
1.66K links
O'zDJTU, Roman-german filologiyasi fakulteti rasmiy kanali


Shikoyat, taklif va murojaat uchun: Yoshlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Shahzoda Matlabxonova
@matlabxonovaa
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🧠 5-TTJda Roman-german filologiyasi fakulteti FNEM 2414-guruxi talabasi Hasanboyeva Marjona Xalimjon qizi tomonidan Kashtachilik to‘garagi tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi talabalarga milliy va zamonaviy kashtachilik san’atini o‘rgatish, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishdan iboratdir.

To‘garak davomida ishtirokchilar turli kashtachilik texnikalari bilan tanishib, amaliy mashg‘ulotlarda faol qatnashdilar. Talabalar o‘zlarining ilk ishlarini yaratib, rang-barang naqshlar va dizaynlar orqali ijodiy yondashuvlarini namoyish etdilar.

🤝 Tashkil etilgan to‘garak talabalarning ijodiy fikrlash qobiliyatini oshirishga, shuningdek, ular orasida sog‘lom raqobatni rag‘batlantirishga xizmat qiladi. Yaratuvchanlik va kashtachilik san’ati orqali talabalar o‘zlarining shaxsiy uslublarini rivojlantirish imkoniga ega bo‘ldilar.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯3❤‍🔥1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 Joriy yilning 13-mart sanasida Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasiga muvofiq “Suhbatlashish odobi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Mazkur tadbir fransuz tili yo‘nalishi 3-kurs talabalari ishtirokida o‘tkazildi.

🎓 Tadbirning asosiy maqsadi talabalarda nutq madaniyatini rivojlantirish, muloqot jarayonida odob-axloq qoidalariga rioya qilish, suhbat davomida hurmat va e’tibor ko‘rsatish madaniyatini shakllantirish, shuningdek ularni kundalik hayotda to‘g‘ri va madaniyatli muloqot olib borishga o‘rgatishdan iborat bo‘ldi.

💬 Tadbir davomida talabalar ham faol ishtirok etib, mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar hamda savol-javoblar orqali qiziqarli muhokamalar tashkil etildi.

🌟 Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar talabalarning nutq madaniyati va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
🟦🟦🟦

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti 3-bosqich talabasi Sh. Matlabxonova tashabbusi bilan 13-mart kuni atoqli shoir va adib Aleksandr Faynberg hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Faynberg izdoshlari” mavzusida insholar tanlovi tashkil etildi.

🎓 Tanlovning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida adabiyot va she’riyatga bo‘lgan qiziqishni oshirish, talabalarning ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda Aleksandr Faynberg ijodiy merosini keng targ‘ib qilishdan iborat bo‘ldi.

✍️ Tanlovda fakultetning iqtidorli talabalari faol ishtirok etib, Aleksandr Faynbergning hayoti va ijodi, uning zamonaviy adabiyotdagi o‘rni hamda bugungi yoshlar uchun ahamiyati haqida mazmunli insholar taqdim etdilar.

🏆 Tanlov yakunida hakamlar hay’ati tomonidan eng yaxshi insholar saralab olinib, g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥21