Roman-german filologiyasi fakulteti
1.13K subscribers
8.39K photos
551 videos
27 files
1.66K links
O'zDJTU, Roman-german filologiyasi fakulteti rasmiy kanali


Shikoyat, taklif va murojaat uchun: Yoshlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Shahzoda Matlabxonova
@matlabxonovaa
Download Telegram
🎉 QUTLOV! 🎉

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti fransuz tili yo‘nalishi FFRA-2303-guruh talabasi Azamjonova Sarvinoz Shuxratovna Qozog‘iston Respublikasi Astana shahrida 2026-yil fevral oyida «Білім Инновация» hamda «Үздік студенттер академиясы» markazlari tomonidan tashkil etilgan «ОРТА АЗИЯНЫҢ ҮЗДІК СТУДЕНТІ» (“Markaziy Osiyoning eng yaxshi talabasi”) xalqaro tanlovida ishtirok etib, g‘olib deb topildi.

💠 Mazkur tanlovda Sarvinoz Azamjonova universitetdagi faoliyati davomida erishgan yutuqlari hamda nashr etilgan ilmiy ishlari bilan qatnashib, I darajali diplom va faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

💠 «Білім Инновация» va «Үздік студенттер академиясы» xalqaro tadqiqot markazlarining asosiy maqsadi — milliy ta’lim tizimiga innovatsion yechimlarni joriy etish, yuqori malakali pedagog kadrlarni tayyorlash, ta’lim va madaniy yo‘nalishdagi tadbirlarni tashkil etish, milliy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish hamda ilg‘or tajribalarga tayangan holda raqobatbardosh, har tomonlama barkamol shaxslarni tarbiyalashga xizmat qilishdan iborat.

🎉 Roman-german filologiyasi fakulteti jamoasi ushbu yutuq bilan Azamjonova Sarvinozni hamda uning ilmiy rahbari — Fransuz tili amaliy fanlar kafedrasi dotsenti Davronova Zulfiya Boboyevnani samimiy muborakbod etadi va kelgusidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaydi.


Bizni kuzatib boring ;

📱 Telegram 📱Instagram 📱Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥1044👍2🆒2
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti jamoasi siz aziz talabalar uchun doimo faoliyat olib bormoqda!

📑 Mart oyi universitetimizda “Yoshlar oyligi” deb e’lon qilindi. Mazkur oy davomida talabalar uchun har hafta turli yo‘nalishlarda qiziqarli loyihalar va tadbirlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

🏆 Ushbu loyihalarning birinchi haftaligi “5 tashabbus haftaligi” deb belgilandi. Haftalik doirasida 13-mart kuni 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti kengashi tashabbusi bilan “Milliy kun” tashkil etildi.

🎭 Tadbir davomida milliy namoyishlar hamda turli madaniy chiqishlar namoyish etildi. Talabalar o‘zbek milliy qadriyatlari, urf-odatlari va madaniyatini aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari orqali o‘z iqtidorlarini namoyon etdilar.

📖 Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlar orasida milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, ularni keng targ‘ib qilish hamda talabalarning ijodiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.


Bizni kuzatib boring ;

📱 Telegram 📱Instagram 📱Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💟💟💟

Haftalik doirasida 13-mart kuni 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti kengashi tashabbusi bilan “Milliy kun” dan videolavha!

Bizni kuzatib boring ;

📱 Telegram 📱Instagram 📱Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2🔥1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🧠 5-TTJda Roman-german filologiyasi fakulteti FNEM 2414-guruxi talabasi Hasanboyeva Marjona Xalimjon qizi tomonidan Kashtachilik to‘garagi tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi talabalarga milliy va zamonaviy kashtachilik san’atini o‘rgatish, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishdan iboratdir.

To‘garak davomida ishtirokchilar turli kashtachilik texnikalari bilan tanishib, amaliy mashg‘ulotlarda faol qatnashdilar. Talabalar o‘zlarining ilk ishlarini yaratib, rang-barang naqshlar va dizaynlar orqali ijodiy yondashuvlarini namoyish etdilar.

🤝 Tashkil etilgan to‘garak talabalarning ijodiy fikrlash qobiliyatini oshirishga, shuningdek, ular orasida sog‘lom raqobatni rag‘batlantirishga xizmat qiladi. Yaratuvchanlik va kashtachilik san’ati orqali talabalar o‘zlarining shaxsiy uslublarini rivojlantirish imkoniga ega bo‘ldilar.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯3❤‍🔥1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 Joriy yilning 13-mart sanasida Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasiga muvofiq “Suhbatlashish odobi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Mazkur tadbir fransuz tili yo‘nalishi 3-kurs talabalari ishtirokida o‘tkazildi.

🎓 Tadbirning asosiy maqsadi talabalarda nutq madaniyatini rivojlantirish, muloqot jarayonida odob-axloq qoidalariga rioya qilish, suhbat davomida hurmat va e’tibor ko‘rsatish madaniyatini shakllantirish, shuningdek ularni kundalik hayotda to‘g‘ri va madaniyatli muloqot olib borishga o‘rgatishdan iborat bo‘ldi.

💬 Tadbir davomida talabalar ham faol ishtirok etib, mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar hamda savol-javoblar orqali qiziqarli muhokamalar tashkil etildi.

🌟 Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar talabalarning nutq madaniyati va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
🟦🟦🟦

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti 3-bosqich talabasi Sh. Matlabxonova tashabbusi bilan 13-mart kuni atoqli shoir va adib Aleksandr Faynberg hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Faynberg izdoshlari” mavzusida insholar tanlovi tashkil etildi.

🎓 Tanlovning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida adabiyot va she’riyatga bo‘lgan qiziqishni oshirish, talabalarning ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda Aleksandr Faynberg ijodiy merosini keng targ‘ib qilishdan iborat bo‘ldi.

✍️ Tanlovda fakultetning iqtidorli talabalari faol ishtirok etib, Aleksandr Faynbergning hayoti va ijodi, uning zamonaviy adabiyotdagi o‘rni hamda bugungi yoshlar uchun ahamiyati haqida mazmunli insholar taqdim etdilar.

🏆 Tanlov yakunida hakamlar hay’ati tomonidan eng yaxshi insholar saralab olinib, g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥21