Roman-german filologiyasi fakulteti
1.13K subscribers
8.39K photos
551 videos
27 files
1.66K links
O'zDJTU, Roman-german filologiyasi fakulteti rasmiy kanali


Shikoyat, taklif va murojaat uchun: Yoshlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Shahzoda Matlabxonova
@matlabxonovaa
Download Telegram
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇺🇿 Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti jamoasi siz aziz talabalar uchun doimo faoliyat olib bormoqda!

📑 Mart oyi universitetimizda “Yoshlar oyligi” deb e’lon qilindi. Mazkur oy davomida talabalar uchun har hafta turli yo‘nalishlarda qiziqarli loyihalar va tadbirlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

🏆 Ushbu loyihalarning birinchi haftaligi “5 tashabbus haftaligi” deb belgilandi. Haftalik doirasida 12-mart kuni 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti kengashi tashabbusi bilan “Sport kuni” tashkil etildi.

⚽️ Kun davomida talabalar o‘rtasida futbol, voleybol hamda shaxmat-shashka musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Musobaqalar qiziqarli va murosasiz bahslar ostida o‘tib, talabalar o‘z jamoaviyligi, chaqqonligi va sportga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etdilar.

🥇Tadbir yakunida faol qatnashgan hamda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar rag‘batlantirildi.

🌟 Bunday sport tadbirlari yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviylik ruhini mustahkamlash hamda talabalar o‘rtasida do‘stona muhitni rivojlantirishga xizmat qiladi.


#yoshlar_oyligi
#yoshlar_kuni
#haftalik
#sport_kuni
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂

Haftalik doirasida 12-mart kuni
🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Sport kuni” dan videolavha!


#yoshlar_oyligi
#yoshlar_kuni
#haftalik
#sport_kuni
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3❤‍🔥1👍1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

#Payshanba
#Yoshlar_kuni

🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti tyutori A. Bekmurzaeva boshchiligida payshanba kuni – Yoshlar kuni munosabati bilan talabalarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etish maqsadida Adiblar xiyoboniga tashrif buyurildi.

⭐️ Tashrif davomida talabalar buyuk adiblarimiz hayoti va ijodi bilan yana bir bor yaqindan tanishib, ularning boy adabiy merosi haqida esga oldilar. Shuningdek, xiyobonda o‘rnatilgan adiblar haykallari yonida ularning ijodiy faoliyati, milliy adabiyotimiz rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida suhbatlar o‘tkazildi.

➡️ Mazkur madaniy tadbir talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, jamoada muloqot va hamjihatlikni mustahkamlash hamda milliy adabiyotimizga bo‘lgan qiziqish va hurmatni yanada oshirishga xizmat qildi. Tashrif yakunida talabalar madaniy hordiq chiqarib, ko‘tarinki kayfiyat bilan qaytdilar.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
21
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 2026-yil 11-mart kuni 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakultetida Fransuz tili amaliy fanlari kafedrasi katta o‘qituvchisi Sh.Tohirjonova hamda kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirokida “Fransuz va o‘zbek tillarida lingvokulturologik timsollarning ifodalanishi” mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

💠 Seminar davomida Sh.Tohirjonova fransuz va o‘zbek tillaridagi lingvokulturologik timsollar, xususan frazeologik va paremiologik birliklarda namoyon bo‘ladigan ramziy obrazlarni batafsil tahlil qildi.

🔺 Ma’ruzada frazeologiya va paremiologiya tushunchalariga alohida e’tibor qaratildi:
• Frazeologiya — barqaror iboralar va idiomalarni o‘rganadigan tilshunoslik sohasi.
• Paremiologiya — maqol va matallarni tadqiq etadi.

🔺 Shuningdek, ushbu til birliklari xalqning ko‘p asrlik tajribasi, ijtimoiy qadriyatlari va milliy tafakkurini aks ettiruvchi muhim lingvokulturologik timsollar sifatida namoyon bo‘lishi ta’kidlandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti tyutorlari talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etish maqsadida Mustaqillik maydonida joylashgan “Motamsaro Ona” haykali poyiga tashrif buyurdilar.

🧠 Tashrif davomida talabalarga Ikkinchi jahon urushi davridagi voqealar, front ortidagi mashaqqatli hayot hamda Vatan ozodligi yo‘lida jasorat ko‘rsatgan o‘zbek o‘g‘lonlarining qahramonligi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, talabalarda tarixga hurmat, tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish, shukronalik tuyg‘ularini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur ma’rifiy tashrif talabalarda katta taassurot qoldirib, ularning tarixiy xotiraga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi. Talabalar bunday mazmunli sayohatlar ularga katta motivatsiya berishini ta’kidladilar.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2🔥1😍1