Roman-german filologiyasi fakulteti
1.13K subscribers
8.39K photos
551 videos
27 files
1.66K links
O'zDJTU, Roman-german filologiyasi fakulteti rasmiy kanali


Shikoyat, taklif va murojaat uchun: Yoshlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Shahzoda Matlabxonova
@matlabxonovaa
Download Telegram
🟦🟦🟦

Fransuz tili tanlovi – Frankofoniya 2026 Toshkentda o‘tkazildi

Joriy yilning 12-mart kuni Toshkent shahridagi Fransuz Alyansi, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbek-Fransuz universiteti hamda Lions Club International tashkiloti hamkorligida Fransuz tili tanlovi – Frankofoniya 2026 tadbiri tashkil etildi. Mazkur tanlov fransuz tilini o‘rganayotgan talabalarning bilim va ko‘nikmalarini namoyish etish, shuningdek yoshlar o‘rtasida frankofoniya madaniyatini targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazildi.

Tanlovda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari bilan bir qatorda Toshkent shahridagi turli oliy ta’lim muassasalaridan jami 44 nafar talaba ishtirok etdi. Ishtirokchilar dastlab fransuz tili bo‘yicha 50 ta savoldan iborat yozma test sinovini topshirdilar. Test natijalariga ko‘ra eng yuqori natijalarni qayd etgan 6 nafar ishtirokchi tanlovning keyingi bosqichiga yo‘l oldi va yakuniy bahsda o‘z bilim hamda nutqiy ko‘nikmalarini namoyish etdilar.

Tadbir davomida ishtirokchilar fransuz tilidagi bilimlari, muloqot madaniyati va tilga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etdilar. Tanlov do‘stona va ijodiy muhitda o‘tdi hamda talabalarga o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazish, yangi tajriba orttirish va fransuz tiliga bo‘lgan qiziqishni yanada mustahkamlash imkonini berdi.

Tadbir so‘ngida eng yaxshi natija ko‘rsatgan talaba munosib taqdirlandi va u Fransiyaning frankofon markazida bir oy davomida stajirovka o‘tash uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

#Payshanba
#Yoshlar_kuni

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿Roman-german filologiyasi fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini A. Mallayev 5-TTJ ga tashrif buyurib, talabalar uchun yaratilgan yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.

➡️ Tashrif davomida talabalar turar joyidagi xonalar, oshxona, maishiy sharoitlar hamda sanitariya-gigiyena holati ko‘zdan kechirildi. Talabalar bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, ularning yashash jarayonida yuzaga kelayotgan masalalari, taklif va fikrlari tinglandi.

⭐️ Shuningdek, talabalarga turar joyda ichki tartib-qoidalarga rioya qilish, xonalarni ozoda saqlash, o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash yuzasidan tavsiyalar berildi. Bunday tashriflar talabalarning yashash sharoitlarini yanada yaxshilash hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇺🇿 Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti jamoasi siz aziz talabalar uchun doimo faoliyat olib bormoqda!

📑 Mart oyi universitetimizda “Yoshlar oyligi” deb e’lon qilindi. Mazkur oy davomida talabalar uchun har hafta turli yo‘nalishlarda qiziqarli loyihalar va tadbirlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

🏆 Ushbu loyihalarning birinchi haftaligi “5 tashabbus haftaligi” deb belgilandi. Haftalik doirasida 12-mart kuni 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti kengashi tashabbusi bilan “Sport kuni” tashkil etildi.

⚽️ Kun davomida talabalar o‘rtasida futbol, voleybol hamda shaxmat-shashka musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Musobaqalar qiziqarli va murosasiz bahslar ostida o‘tib, talabalar o‘z jamoaviyligi, chaqqonligi va sportga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etdilar.

🥇Tadbir yakunida faol qatnashgan hamda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar rag‘batlantirildi.

🌟 Bunday sport tadbirlari yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviylik ruhini mustahkamlash hamda talabalar o‘rtasida do‘stona muhitni rivojlantirishga xizmat qiladi.


#yoshlar_oyligi
#yoshlar_kuni
#haftalik
#sport_kuni
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂

Haftalik doirasida 12-mart kuni
🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Sport kuni” dan videolavha!


#yoshlar_oyligi
#yoshlar_kuni
#haftalik
#sport_kuni
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3❤‍🔥1👍1