Roman-german filologiyasi fakulteti
1.13K subscribers
8.39K photos
551 videos
27 files
1.66K links
O'zDJTU, Roman-german filologiyasi fakulteti rasmiy kanali


Shikoyat, taklif va murojaat uchun: Yoshlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Shahzoda Matlabxonova
@matlabxonovaa
Download Telegram
#yoshlarkuni #harpayshanba

🟦🟦🟦🟦🟦

“Biz — sog‘lom turmush tarzi tarafdorlarimiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda OIV infeksiyasining oldini olishga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi. Tadbir “Biz — sog‘lom turmush tarzi tarafdorlarimiz” mavzusida bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatini Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Valijon Sadiyev ochib berib, yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularning salomatligini asrash hamda turli kasalliklarning oldini olish borasida olib borilayotgan targ‘ibot ishlarining ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbirda universitet Tibbiy bo‘lim xodimlari — Azimbayeva Zilola Mamasidiqovna va Abdusattorova Nigora O‘ralboyevna ishtirok etib, talabalarga OIV infeksiyasi (Odam immunitet tanqisligi virusi) haqida batafsil ma’lumot berdilar. Ma’ruzada kasallikning yuqish yo‘llari, xavf-xatarlari hamda undan himoyalanish va oldini olish choralari keng yoritildi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, OIV infeksiyasi asosan himoyalanmagan jinsiy aloqa, umumiy shprits va ignalardan foydalanish, tekshirilmagan qon quyish hamda OIV bilan yashayotgan onadan bolaga yuqishi mumkin. Shu bilan birga, antiretroviral terapiya (ART) yordamida virusni nazorat ostida ushlab turish, hayot sifatini saqlash va uzoq umr ko‘rish imkoniyati mavjudligi qayd etildi.

Tadbir davomida sog‘lom turmush tarziga amal qilish, o‘z vaqtida tibbiy tekshiruvdan o‘tish, xavfsiz xatti-harakatlarga rioya qilish hamda jamiyatda stigma va diskriminatsiyani kamaytirish muhim ekani alohida ta’kidlandi. Shuningdek, O‘zbekistonda OIVga qarshi kurashish bo‘yicha testlarning maxfiy o‘tkazilishi va davolash xizmatlarining bepul taqdim etilishi haqida ham ma’lumot berildi.

Davra suhbati davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etib, mutaxassislardan batafsil javoblar oldilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Payshanba
#Yoshlar_kuni

🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti tyutori L. Raxmatullayeva 3-bosqich talabalari bilan birgalikda Oʻzbek Kino uyiga tashrif buyurdi.

🎬 Mazkur tashrif har payshanba kuni o‘tkaziladigan “Yoshlar kuni” doirasida tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni milliy kino san’ati bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.

🎬 Tashrif davomida talabalar Kino uyining faoliyati, undagi madaniy muhit hamda milliy kinematografiyani rivojlantirishdagi o‘rni va ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, ular kino san’ati orqali milliy qadriyatlar va madaniyatimizni targ‘ib qilish masalalari yuzasidan ham fikr almashdilar.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
🟦🟦🟦

Fransuz tili tanlovi – Frankofoniya 2026 Toshkentda o‘tkazildi

Joriy yilning 12-mart kuni Toshkent shahridagi Fransuz Alyansi, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbek-Fransuz universiteti hamda Lions Club International tashkiloti hamkorligida Fransuz tili tanlovi – Frankofoniya 2026 tadbiri tashkil etildi. Mazkur tanlov fransuz tilini o‘rganayotgan talabalarning bilim va ko‘nikmalarini namoyish etish, shuningdek yoshlar o‘rtasida frankofoniya madaniyatini targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazildi.

Tanlovda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari bilan bir qatorda Toshkent shahridagi turli oliy ta’lim muassasalaridan jami 44 nafar talaba ishtirok etdi. Ishtirokchilar dastlab fransuz tili bo‘yicha 50 ta savoldan iborat yozma test sinovini topshirdilar. Test natijalariga ko‘ra eng yuqori natijalarni qayd etgan 6 nafar ishtirokchi tanlovning keyingi bosqichiga yo‘l oldi va yakuniy bahsda o‘z bilim hamda nutqiy ko‘nikmalarini namoyish etdilar.

Tadbir davomida ishtirokchilar fransuz tilidagi bilimlari, muloqot madaniyati va tilga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etdilar. Tanlov do‘stona va ijodiy muhitda o‘tdi hamda talabalarga o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazish, yangi tajriba orttirish va fransuz tiliga bo‘lgan qiziqishni yanada mustahkamlash imkonini berdi.

Tadbir so‘ngida eng yaxshi natija ko‘rsatgan talaba munosib taqdirlandi va u Fransiyaning frankofon markazida bir oy davomida stajirovka o‘tash uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1