Roman-german filologiyasi fakulteti
1.13K subscribers
8.4K photos
551 videos
27 files
1.66K links
O'zDJTU, Roman-german filologiyasi fakulteti rasmiy kanali


Shikoyat, taklif va murojaat uchun: Yoshlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Shahzoda Matlabxonova
@matlabxonovaa
Download Telegram
O’zDJTU | RGF Yoshlar ittifoqi
Video message
🔥🔥🔥

Birinchu haftalik “5 tashabbus haftaligi” deb belgilangan. Haftalik doirasida 🔥 ayni damda 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti kengashi tashabbusi bilan Shaxmat-shashka musobaqasi bo’lib o’tmoqda.


#yoshlar_kuni
#yoshlar_oyligi
#haftalik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1
O’zDJTU | RGF Yoshlar ittifoqi
Video message
🔥🔥🔥

Birinchu haftalik “5 tashabbus haftaligi” deb belgilangan. Haftalik doirasida 🔥 ayni damda 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti kengashi tashabbusi bilan voleybol musobaqasi bo’lib o’tmoqda.


#yoshlar_kuni
#yoshlar_oyligi
#haftalik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💙💙💙

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti 3-bosqich talabasi Sh.M. Matlabxonova tashabbusi bilan atoqli shoir va adib Aleksandr Faynberg hayoti va ijodining bugungi kundagi ahamiyatiga bag‘ishlangan “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etiladi.

📚 Intellektual o‘yin davomida ishtirokchilar Aleksandr Faynbergning hayoti va boy ijodiy merosiga oid savollar orqali o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazadilar.

🗓 13-mart kuni
Soat 13:30 da
🗺 6-bino, 209-xona

📌 Ishtirok etish shartlari:
• Jamoa a’zolari kamida 3 nafardan kam bo’lmasligi bo‘lishi kerak, Maxsimal 6 ta.
• Ishtirokchilar adibning hayoti va ijodi haqida ma’lumotga ega bo‘lishlari lozim.

✉️ Murojaat uchun: jamoa tuzgan holda @matlabxonovaa ga murojaat qiling.

Barcha bilimga chanqoq talabalarni ushbu qiziqarli intellektual bellashuvga taklif etamiz!


Bizni kuzatib boring ;

📱 Telegram 📱Instagram 📱Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

#yoshlarkuni

#harpayshanba

🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti tyutori M. Abdurahmonova boshchiligida talabalarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etish maqsadida O‘zbekiston milliy kino saroyiga tashrif buyurdilar. Mazkur tashrif talabalar uchun nafaqat hordiq chiqarish, balki milliy kino san’ati orqali estetik did va ma’naviy dunyoqarashni boyitish imkonini berdi.
➡️ Mazkur madaniy tadbir talabalarning bo‘sh vaqtini foydali o‘tkazish, jamoada muloqot va hamjihatlikni mustahkamlash hamda milliy kino mahsulotlariga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qildi. Talabalar madaniy xordiq chiqarib, ijobiy kayfiyat bilan qaytdilar.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4❤‍🔥2🎉2🆒21🏆1
#yoshlarkuni #harpayshanba

🟦🟦🟦🟦🟦

“Biz — sog‘lom turmush tarzi tarafdorlarimiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda OIV infeksiyasining oldini olishga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi. Tadbir “Biz — sog‘lom turmush tarzi tarafdorlarimiz” mavzusida bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatini Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Valijon Sadiyev ochib berib, yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularning salomatligini asrash hamda turli kasalliklarning oldini olish borasida olib borilayotgan targ‘ibot ishlarining ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbirda universitet Tibbiy bo‘lim xodimlari — Azimbayeva Zilola Mamasidiqovna va Abdusattorova Nigora O‘ralboyevna ishtirok etib, talabalarga OIV infeksiyasi (Odam immunitet tanqisligi virusi) haqida batafsil ma’lumot berdilar. Ma’ruzada kasallikning yuqish yo‘llari, xavf-xatarlari hamda undan himoyalanish va oldini olish choralari keng yoritildi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, OIV infeksiyasi asosan himoyalanmagan jinsiy aloqa, umumiy shprits va ignalardan foydalanish, tekshirilmagan qon quyish hamda OIV bilan yashayotgan onadan bolaga yuqishi mumkin. Shu bilan birga, antiretroviral terapiya (ART) yordamida virusni nazorat ostida ushlab turish, hayot sifatini saqlash va uzoq umr ko‘rish imkoniyati mavjudligi qayd etildi.

Tadbir davomida sog‘lom turmush tarziga amal qilish, o‘z vaqtida tibbiy tekshiruvdan o‘tish, xavfsiz xatti-harakatlarga rioya qilish hamda jamiyatda stigma va diskriminatsiyani kamaytirish muhim ekani alohida ta’kidlandi. Shuningdek, O‘zbekistonda OIVga qarshi kurashish bo‘yicha testlarning maxfiy o‘tkazilishi va davolash xizmatlarining bepul taqdim etilishi haqida ham ma’lumot berildi.

Davra suhbati davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etib, mutaxassislardan batafsil javoblar oldilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Payshanba
#Yoshlar_kuni

🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti tyutori L. Raxmatullayeva 3-bosqich talabalari bilan birgalikda Oʻzbek Kino uyiga tashrif buyurdi.

🎬 Mazkur tashrif har payshanba kuni o‘tkaziladigan “Yoshlar kuni” doirasida tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni milliy kino san’ati bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.

🎬 Tashrif davomida talabalar Kino uyining faoliyati, undagi madaniy muhit hamda milliy kinematografiyani rivojlantirishdagi o‘rni va ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, ular kino san’ati orqali milliy qadriyatlar va madaniyatimizni targ‘ib qilish masalalari yuzasidan ham fikr almashdilar.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2