Roman-german filologiyasi fakulteti
1.13K subscribers
8.41K photos
551 videos
27 files
1.66K links
O'zDJTU, Roman-german filologiyasi fakulteti rasmiy kanali


Shikoyat, taklif va murojaat uchun: Yoshlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Shahzoda Matlabxonova
@matlabxonovaa
Download Telegram
🧠 Talabalar turar joyiga tashrif amalga oshirildi

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti tyutorlari P.Jabborova hamda L.Rahmatullayeva talabalarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishish hamda ularning holidan xabar olish maqsadida 5- va 6-sonli talabalar turar joylariga tashrif buyurdilar.

⭐️ Tashrif davomida talabalar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning yashash sharoitlari ko‘zdan kechirildi. Talabalarga xonalarni toza va ozoda saqlash, umumiy foydalaniladigan joylarda tartib-intizomga rioya qilish, shuningdek, gigiyena qoidalariga amal qilish yuzasidan tavsiyalar berildi.

➡️ Shuningdek, talabalar bilan samimiy muloqot olib borilib, ularning muammo va takliflari tinglandi. Bunday tashriflar talabalarning yashash sharoitlarini yaxshilash hamda turar joylarda sog‘lom muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3❤‍🔥1🔥1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakultetida “Jadidlar jasorati – millatimiz faxri” hamda “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzularida insholar tanlovining fakultet bosqichi bo‘lib o‘tdi.

🖋 Mazkur tanlov talaba-yoshlar o‘rtasida jadid bobolarimizning boy ma’naviy merosini o‘rganish, ularning milliy uyg‘onish yo‘lida ko‘rsatgan jasorati va fidoyiligini keng targ‘ib etish maqsadida tashkil etildi. Tanlov davomida talabalar tomonidan yozilgan insholarda jadidlarning millat ravnaqi, ma’rifat va istiqlol yo‘lidagi g‘oyalari, ularning tarixiy xizmatlari yoritib berildi.

👥 Ishtirokchilar o‘z ijodiy ishlari orqali milliy o‘zlikni anglash, Vatanga muhabbat, jadidlar merosiga hurmat kabi g‘oyalarni ifodaladilar. Tanlov yakunida eng yaxshi deb topilgan insholar mualliflari saralab olinib, keyingi bosqichga tavsiya etildi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2❤‍🔥1👍1🔥1
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Umumxalq xayriya hashariga qo‘shiling!

13–14-mart kunlari butun mamlakatimiz bo‘ylab umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.

Yurtimizning barcha barcha fuqarolarini “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi” shiori ostida bo‘lib o‘tadigan ushbu ezgu tashabbusda faol ishtirok etishga chorlaymiz. O‘z yashab turgan hududimizni toza va ozoda saqlash, ko‘chalarimizga ko‘rk bag‘ishlash aynan bizning qo‘limizda.

Yurtimiz obodligiga o‘z munosib hissangizni qo‘shing!

#Hashar #ObodMahalla
Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 O‘zDJTU 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakultetida “O‘tkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarning oldini olish chora-tadbirlari” mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi. Tadbir O‘zDJTU tibbiyot bo‘limi hamshirasi M.Kahharova bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

⭐️ Tadbir davomida talabalarga yurak-qon tomir kasalliklari hamda serebrovaskulyar kasalliklarning kelib chiqish sabablari, ularning dastlabki belgilari va oldini olish yo‘llari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollikni oshirish hamda zararli odatlardan voz kechish orqali bunday kasalliklarning oldini olish mumkinligi ta’kidlab o‘tildi.

➡️ Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan javob oldilar hamda sog‘liqni saqlash, gigiyena va profilaktika masalalari yuzasidan foydali tavsiyalar berildi. Mazkur tadbir talabalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va ularning tibbiy savodxonligini oshirishga xizmat qildi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇺🇿 Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti jamoasi siz aziz talabalar uchun doimo faoliyat olib bormoqda!

📑 Mart oyi universitetimizda “Yoshlar oyligi” deb e’lon qilindi. Mazkur oy davomida talabalar uchun har hafta turli yo‘nalishlarda qiziqarli loyihalar va tadbirlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

🏆 Ushbu loyihalarning birinchi haftaligi “5 tashabbus haftaligi” deb belgilandi. Haftalik doirasida 11-mart kuni 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti kengashi tashabbusi bilan “Kitobxonlik kuni” doirasida tadbir tashkil etildi.

📚 Tadbir davomida “Oltoyning tug‘ilgan yili” nomli asar muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar asar mazmuni, g‘oyasi hamda qahramonlari haqida fikr almashdilar. Shuningdek, asar yuzasidan savol-javoblar tashkil etilib, talabalar o‘z bilim va mulohazalarini faol tarzda namoyish etdilar.

🌟 Tadbir yakunida faol ishtirok etgan talabalar kitoblar bilan taqdirlandi.

📖 Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ularning dunyoqarashi va tafakkurini kengaytirishga xizmat qiladi.


Bizni kuzatib boring ;

📱 Telegram 📱Instagram 📱Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍32😍2❤‍🔥1