Roman-german filologiyasi fakulteti
1.13K subscribers
8.44K photos
551 videos
27 files
1.67K links
O'zDJTU, Roman-german filologiyasi fakulteti rasmiy kanali

Fakultet matbuot kotibi; @suxrobochilov

Shikoyat, taklif va murojaat uchun: Yoshlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Shahzoda
Matlabxonova

@matlabxonovaa
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💛💛💛

🇺🇿 O‘zDJTU 🇺🇿 Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti
🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti tashabbusi bilan
⚖️🎙 “MEDIA SUD: Haqiqat kim tomonda?” mavzusida interaktiv bahs-munozara mashg‘ulotidan videolavha!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥21👍1🔥1
❤️❤️❤️

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti kengashi hamda 3-bosqich talabasi Sh. Matlabxonova tashabbusi bilan
🎭 Aleksandr Faynberg asarlariga bag‘ishlangan “Kitob qahramonini jonlantir” tanlovi tashkil etildi.

💠 Mazkur tanlov kitobsevar va ijodkor talabalarni birlashtirib, ularning badiiy ijro mahoratini namoyon etishiga imkon yaratdi. Tanlov davomida ishtirokchilar jahon va o‘zbek adabiyotidagi turli qahramonlar obraziga kirib, ularning nutqidan parchalarni (monolog va dialoglar) sahna ko‘rinishida mahorat bilan ijro etdilar.

💠 Ishtirokchilar chiqishlari obrazga moslik, nutq ravonligi va sahna madaniyati mezonlari asosida baholandi. Qiziqarli va ijodiy ruhda o‘tgan ushbu tanlov talabalarning badiiy tafakkuri, sahna madaniyati hamda nutq mahoratini rivojlantirishga xizmat qildi.

🔻 Tadbir yakunida faol ishtirok etgan talabalar e’tirof etilib, eng yaxshi ijrolar alohida taqdirlandi.

Tanlov barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, adabiyotga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti kengashi hamda 3-bosqich talabasi Sh. Matlabxonova tashabbusi bilan
🎭 Aleksandr Faynberg asarlariga bag‘ishlangan “Kitob qahramonini jonlantir” tanlovidan videolavha!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🗣Jadidlar haqida insholar tanlovi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida insholar tanlovining joriy yilgi mavsumini e’lon qiladi.

🗣️ Tanlov 2 bosqichda tashkil etiladi: oliy ta’lim muassasasi va respublika bosqichi;
Insholar tanlovi 2 xil: “Jadidlar jasorati – millatimiz faxri” hamda “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzularida o‘tkaziladi;
Har bir mavzu bo‘yicha alohida o‘rinlar belgilanadi.

🔷 Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan quyidagi tartibda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
🥇 1-o‘rin – 8 000 000 so‘m;
🥈 2-o‘rin – 6 000 000 so‘m;
🥉 3-o‘rin – 5 000 000 so‘m.

Tanlovning birinchi bosqichi joriy yil mart oyining birinchi o‘n kunligida, yakuniy respublika bosqichi esa mart oyi yakunigacha o‘tkaziladi.

📍O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida tanlovning universitet bosqichi 12-mart kuni soat 11:00 da Asosiy bino, Ingliz tili birinchi fakulteti 2-ma’ruzalar xonasida bo‘lib o‘tadi.

➡️ Tanlov nizomini o‘qish

Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar o‘z fakultetining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muoviniga murojaat qilishlari mumkin.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🧠 Talabalar turar joyiga tashrif amalga oshirildi

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti tyutorlari P.Jabborova hamda L.Rahmatullayeva talabalarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishish hamda ularning holidan xabar olish maqsadida 5- va 6-sonli talabalar turar joylariga tashrif buyurdilar.

⭐️ Tashrif davomida talabalar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning yashash sharoitlari ko‘zdan kechirildi. Talabalarga xonalarni toza va ozoda saqlash, umumiy foydalaniladigan joylarda tartib-intizomga rioya qilish, shuningdek, gigiyena qoidalariga amal qilish yuzasidan tavsiyalar berildi.

➡️ Shuningdek, talabalar bilan samimiy muloqot olib borilib, ularning muammo va takliflari tinglandi. Bunday tashriflar talabalarning yashash sharoitlarini yaxshilash hamda turar joylarda sog‘lom muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3❤‍🔥1🔥1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakultetida “Jadidlar jasorati – millatimiz faxri” hamda “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzularida insholar tanlovining fakultet bosqichi bo‘lib o‘tdi.

🖋 Mazkur tanlov talaba-yoshlar o‘rtasida jadid bobolarimizning boy ma’naviy merosini o‘rganish, ularning milliy uyg‘onish yo‘lida ko‘rsatgan jasorati va fidoyiligini keng targ‘ib etish maqsadida tashkil etildi. Tanlov davomida talabalar tomonidan yozilgan insholarda jadidlarning millat ravnaqi, ma’rifat va istiqlol yo‘lidagi g‘oyalari, ularning tarixiy xizmatlari yoritib berildi.

👥 Ishtirokchilar o‘z ijodiy ishlari orqali milliy o‘zlikni anglash, Vatanga muhabbat, jadidlar merosiga hurmat kabi g‘oyalarni ifodaladilar. Tanlov yakunida eng yaxshi deb topilgan insholar mualliflari saralab olinib, keyingi bosqichga tavsiya etildi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2❤‍🔥1👍1🔥1
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Umumxalq xayriya hashariga qo‘shiling!

13–14-mart kunlari butun mamlakatimiz bo‘ylab umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.

Yurtimizning barcha barcha fuqarolarini “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi” shiori ostida bo‘lib o‘tadigan ushbu ezgu tashabbusda faol ishtirok etishga chorlaymiz. O‘z yashab turgan hududimizni toza va ozoda saqlash, ko‘chalarimizga ko‘rk bag‘ishlash aynan bizning qo‘limizda.

Yurtimiz obodligiga o‘z munosib hissangizni qo‘shing!

#Hashar #ObodMahalla
Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram