Roman-german filologiyasi fakulteti
1.12K subscribers
8.44K photos
551 videos
27 files
1.67K links
O'zDJTU, Roman-german filologiyasi fakulteti rasmiy kanali

Fakultet matbuot kotibi; @suxrobochilov

Shikoyat, taklif va murojaat uchun: Yoshlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Shahzoda
Matlabxonova

@matlabxonovaa
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇫🇷 “On parle français” to’garagi o’tkazilib borilmoqda!
🇺🇿 O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasida talabalarning til ko’nikmalarini rivojlantirish maqsadida maxsus to’garak mashg’ulotlari o’tkazildi. Va muntazam olib borilmoqda.
🎯 To’garakning asosiy maqsadlari:
* Talabalarning chet tiliga bo’lgan qiziqishini oshirish;
* Til bilish darajasini (CEFR/DELF/DALF) yuksaltirish;
* Xalqaro sertifikatlar olish uchun zaruriy bilim va ko’nikmalarni shakllantirish.
Darslar zerikarli ma'ruzalardan xoli! Interaktiv metodlar, qiziqarli savol-javoblar va jonli muloqot orqali olib borildi!
🚀 Fransuz tilida erkin so'zlashish vaqti keldi! Bizga qo'shiling!


Bizni kuzatib boring ;

📱 Telegram 📱Instagram 📱Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥1😍1
Intelekt cho'qqisi-2026.pdf
238.9 KB
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂

🇺🇿 O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti kengashi tashabbusi bilan

🎓 “Intellekt cho‘qqisi – 2026” intellektual musobaqasiga start beriladi!

🗓 Sana: 2026-yil 12-mart
📍 Manzil: O‘zDJTU Zakovat ko’chasi 4-uy (Literaturniy) Ma’naviyat va ma’rifat markazi

📌Musobaqada talabalar jamoa shaklida ishtirok etib, 4 ta qiziqarli va mantiqiy shart asosida bellashadilar. Eng koʼp ball toʻplagan kuchli jamoa gʼolib deb topilib, maxsus sovgʼa va sertifikatlar bilan taqdirlanadilar.

Agar siz:
☑️ mantiqiy savollarni yaxshi ko‘rsangiz
☑️tez fikrlasangiz
☑️jamoa bilan ishlashni yoqtirsangiz
☑️risk qilishdan qo‘rqmasangiz
Unda
bu musobaqa aynan siz uchun.
Hoziroq jamoangizni tuzing va roʼyxatdan oʻting!

💬Batafsil ma’lumot uchun: @Mllegavhar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 O‘zDJTU 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi (PhD) Nigora Xudoyberdiyeva tomonidan “Ilmiy tadqiqot sari ilk qadam” mavzusida ilmiy to‘garak tashkil etildi.

💠 Mazkur ilmiy to‘garak talabalarda ilmiy-tadqiqot ko‘nikmalarini shakllantirish, ularni mustaqil izlanishga yo‘naltirish, shuningdek ilmiy maqola yozish, ilmiy manbalar bilan ishlash hamda zamonaviy tadqiqot metodlari bilan tanishtirishga qaratildi.

💠 To‘garak davomida talabalar ilmiy izlanish bosqichlari, tadqiqot mavzusini to‘g‘ri tanlash, ilmiy manbalarni tahlil qilish hamda olingan natijalarni taqdim etish bo‘yicha muhim bilim va tavsiyalar bilan tanishtirildi.

💠 Ushbu tashabbus talabalarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish, ularni ilmiy faoliyatga keng jalb etish hamda kelajakdagi ilmiy izlanishlari uchun mustahkam zamin yaratishga xizmat qiladi.


Bizni kuzatib boring ;

📱 Telegram 📱Instagram 📱Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

⭐️ Ilmiy to‘garaklar davom etmoqda

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿Roman-german filologiyasi fakulteti Nemis tili nazariy fanlar kafedrasi dotsenti Gulbahor Kinjayeva tomonidan “Ilmiy jurnallarda maqola nashr etish” mavzusida navbatdagi ilmiy to‘garak tashkil etildi. Mazkur to‘garak talabalarga ilmiy maqola yozish tartibi hamda universitetda faoliyat yuritayotgan ilmiy jurnallar haqida batafsil ma’lumot berishga bag‘ishlandi.

⭐️ To‘garak davomida talabalarga ilmiy maqola tayyorlash bosqichlari, mavzu tanlash, manbalar bilan ishlash, maqolani rasmiylashtirish talablari hamda uni ilmiy jurnallarda chop etish tartibi haqida atroflicha tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishning ahamiyati va ilmiy maqolalarning ilmiy salohiyatni oshirishdagi o‘rni haqida ham so‘z yuritildi.

➡️To’garak yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ilmiy maqola yozish jarayoni, mavzu tanlash, manbalarni to‘g‘ri tanlash va maqolani ilmiy jurnallarga taqdim etish tartibi bo‘yicha zarur tavsiya hamda maslahatlar oldilar. Bundan tashqari, universitetda faoliyat yuritayotgan ilmiy jurnallar, ularning talablari va maqolalarni taqdim etish jarayoni haqida ham batafsil ma’lumot berildi.


Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2😍1
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂

🇺🇿O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti jamoasi siz aziz talabalar uchun doim harakatda!

📝Mart oyini " Yoshlar oyligi " deb e'lon qilgan holda 🇺🇿O'zDJTU 🇺🇿Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti 🇺🇿Roman-german filologiyasi fakulteti kengashi jamoasi ushbu oy davomida har bir haftada talabalarimiz uchun turli yoʻnalishlarda loyihalarni tashkil etamiz.
Birinchi haftalik:
🌎5 TASHABBUS haftaligi deb belgilandi, haftalikka 10-mart kuni start beriladi. Haftalik doirasida:
📚Kitobxonlik
🏋️‍♀️Sport (futbol, voleybol, shaxmat-shashka)
🇺🇿Milliy namoyishlar
yoʻnalishlarida oʻz iqtidoringizni, isteʼdodingizni namoyish qilishingiz mumkin.

Qatnashish istagidagi talabalar fakultet Yoshlar Ittifoqi koordinatorlariga jamoa tuzgan holda murojaat qiling:
➡️Kitobxonlik:
📅📊Sana va vaqti: 11-mart 11:20da
📍Joyi: Roman-German filologiyasi fakulteti (Literaturniy binosi) 6-bino 211-xona
💬 Murojaat uchun: @Tangr1yevaa
➡️Sport:
📅🕓Sana va vaqti: 12-mart:
Futbol - 11:00
Voleybol - 13:20
Arqon tortish qizlar o'rtasida - voleybol musobaqasi yakunlangandan keyin
Shaxmat/shashka - 14:00
📍Joyi: Roman-German filologiyasi fakulteti (Literaturniy binosi):
Futbol - stadion
Voleybol - sport zal
Arqon tortish - universitet hovlisida
Shaxmat/shashka - 6-bino 211-xona
😀 Murojaat uchun:
Voleybol - @kmlvs_2
Futbol - @zukhrriddinov
Arqon tortish - @Egamov2
Shaxmat/shashka - @Sylphina_00

➡️Milliy namoyishlar:
📅🕓Sana va vaqti: 13-mart 12:30da
📍Joyi: Roman-German filologiyasi fakulteti (Literaturniy binosi) 6-bino fayasi
💬Murojaat uchun: @tumora_1
📌Haftaliklar davomida barcha talabalarni faollikka chaqiramiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
💛💛💛

🇺🇿 O‘zDJTU 🇺🇿 Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti
🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti tashabbusi bilan
⚖️🎙 “MEDIA SUD: Haqiqat kim tomonda?” mavzusida interaktiv bahs-munozara mashg‘uloti tashkil etildi.

💠 Mazkur tadbir o‘zbek adabiyotining taniqli shoiri Aleksandr Faynberg hayoti va ijodiga bag‘ishlandi. Tadbir Roman-german filologiyasi fakulteti 3-bosqich talabasi Sh. Matlabxonova tashabbusi bilan tashkil etildi.

📝 Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar sud jarayoni shaklida rollarga bo‘linib, sudya, prokuror, himoyachi, guvoh, jurnalist va hakamlar hay’ati sifatida faol ishtirok etdilar. Tanlangan mavzu yuzasidan dalillar keltirilib, qarshi savollar berildi hamda ayblov va himoya nutqlari orqali qizg‘in bahs-munozara olib borildi.

🔺 Interaktiv tarzda o‘tgan ushbu mashg‘ulot talabalarning tanqidiy fikrlash, notiqlik va tahliliy yondashuv ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi. Tadbir yakunida hakamlar hay’ati tomonidan faol ishtirok etgan talabalar e’tirof etildi.


Bizni kuzatib boring ;

📱 Telegram 📱Instagram 📱Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥21👍1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💛💛💛

🇺🇿 O‘zDJTU 🇺🇿 Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti
🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti tashabbusi bilan
⚖️🎙 “MEDIA SUD: Haqiqat kim tomonda?” mavzusida interaktiv bahs-munozara mashg‘ulotidan videolavha!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥21👍1🔥1
❤️❤️❤️

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti kengashi hamda 3-bosqich talabasi Sh. Matlabxonova tashabbusi bilan
🎭 Aleksandr Faynberg asarlariga bag‘ishlangan “Kitob qahramonini jonlantir” tanlovi tashkil etildi.

💠 Mazkur tanlov kitobsevar va ijodkor talabalarni birlashtirib, ularning badiiy ijro mahoratini namoyon etishiga imkon yaratdi. Tanlov davomida ishtirokchilar jahon va o‘zbek adabiyotidagi turli qahramonlar obraziga kirib, ularning nutqidan parchalarni (monolog va dialoglar) sahna ko‘rinishida mahorat bilan ijro etdilar.

💠 Ishtirokchilar chiqishlari obrazga moslik, nutq ravonligi va sahna madaniyati mezonlari asosida baholandi. Qiziqarli va ijodiy ruhda o‘tgan ushbu tanlov talabalarning badiiy tafakkuri, sahna madaniyati hamda nutq mahoratini rivojlantirishga xizmat qildi.

🔻 Tadbir yakunida faol ishtirok etgan talabalar e’tirof etilib, eng yaxshi ijrolar alohida taqdirlandi.

Tanlov barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, adabiyotga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM