Roman-german filologiyasi fakulteti
1.12K subscribers
8.45K photos
553 videos
27 files
1.67K links
O'zDJTU, Roman-german filologiyasi fakulteti rasmiy kanali

Fakultet matbuot kotibi; @suxrobochilov

Shikoyat, taklif va murojaat uchun: Yoshlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Shahzoda
Matlabxonova

@matlabxonovaa
Download Telegram
8️⃣-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan 4-sonli talabalar turar joyida talaba-qizlarni e’zozlash, ularning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini yuksaltirishga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir ko‘tarinki ruhda va samimiy muhitda bo‘lib o‘tdi.

🧠 Tadbirni 4-sonli talabalar turar joyi tarbiyachi-pedagogi M. Bo‘riyev hamda kengash raisi S.Sharipova lar tashkillashtirishdi. Barcha ayol-qizlarni ushbu qutlug‘ bayram bilan tabrikladilar. Ular o‘z nutqlarida xotin-qizlarning jamiyatimiz hayotidagi o‘rni, oiladagi mehr-muhabbat manbai ekani, shuningdek, ilm-fan, ta’lim va turli sohalarda erishayotgan yutuqlari haqida alohida to‘xtalib o‘tdilar.

⭐️Tadbir ishtirokchilari tomonidan ijro etilgan musiqiy chiqishlar, samimiy tilaklar va badiiy sahna ko‘rinishlari barchada katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, talaba-qizlarning faol ishtiroki tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1🔥1👌1
🟦🟦🟦

Muhtarama professor-o‘qituvchilar, aziz xodimalar va qadrli talaba-qizlar!

Sizlarni 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!

Universitetimiz hayotida ayollarning o‘rni beqiyos. Sizlarning fidokorona mehnatingiz, ilmiy izlanishlaringiz, yangilikka intilishingiz va tashabbuskorligingiz ta’lim jarayonining sifatini yuksaltirib, dargohimiz nufuzini oshirmoqda. Ilm-fan, ta’lim va tarbiya sohasida erishayotgan yutuqlaringiz biz uchun g‘urur va iftixor manbaidir.

Bugun universitetimiz jamoasida samarali faoliyat yuritayotgan ko‘plab professor-o‘qituvchilarimiz xalqaro ilmiy maydonda munosib o‘rin egallab, xorijiy tajribalarni o‘zlashtirib, ilmiy maktablar yaratmoqda. O‘tgan davr mobaynida qator xodimalarimiz davlat mukofotlari va nufuzli tanlovlar sovrindori bo‘lgani quvonarlidir.

Talaba-qizlarimiz esa o‘z bilim va salohiyati bilan nafaqat universitet, balki mamlakatimiz miqyosida ham yuqori natijalarga erishmoqda. Prezident va rektor stipendiyalari sohibalari, fan olimpiadalari g‘olibalari, sport musobaqalari chempionlari safi yildan-yilga kengayib bormoqda. Xorijiy oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan qizlarimiz esa Vatanimiz sha’nini munosib himoya qilmoqda.

Sizlarning intilinganingiz, matonatingiz va mehr-muruvvatingiz jamiyatimiz taraqqiyotining mustahkam tayanchidir. Kelgusida ham yuksak marralarni zabt etishingizga, orzu-intilishlaringiz ro‘yobga chiqishiga tilakdoshman.

Har biringizga sihat-salomatlik, oilaviy totuvlik, ilmiy va ijodiy zafarlar yor bo‘lsin. Bahoriy kayfiyat, e’tibor va ehtirom sizni doimo tark etmasin.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Ilxomjon Tuxtasinov
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🔥3❤‍🔥2😍2🎉1
📢 “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovi e’lon qilinadi! 📢

🎓 Oliy ta’lim tashkilotlari talaba-yoshlari o‘rtasida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovi o‘tkaziladi.

🎯 Tanlovning maqsadi:
Buyuk alloma Mirzo Ulug‘bekning hayoti va faoliyatini o‘rganish, uning ilm-fanga qo‘shgan ulkan hissasini chuqur tahlil qilish, yoshlar orasida ilmiy tafakkur, vatanparvarlik va yuksak ma’naviyatni rivojlantirish. 📚

👨‍🎓 Kimlar ishtirok etishi mumkin?
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridagi barcha oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talaba-yoshlar.

📚 Tanlov sharti:
Ishtirokchilar Mirzo Ulug‘bekning hayoti, faoliyati va ilm-fanga qo‘shgan hissasi haqida ixtiyoriy mavzuda ilmiy maqola yozishlari kerak. ✍️

📑 Maqolaga qo‘yiladigan talablar:
📄 4–6 sahifa hajmda bo‘lishi;
🔤 Times New Roman shriftida, 14 o‘lchamda yozilishi;
📏 Satrlar oralig‘i – 1,5 interval;
🧾 Matn ilmiy-uslubiy tahrir qilingan bo‘lishi;
🔑 Annotatsiya va kalit so‘zlar bo‘lishi shart;
📚 Adabiyotlar ro‘yxati maqola oxirida alifbo tartibida keltirilishi lozim.

📍 Tanlov 3 bosqichda o‘tkaziladi:
1️⃣ Oliy ta’lim tashkiloti bosqichi
2️⃣ Respublika saralash bosqichi
3️⃣ Respublika final bosqichi

🏛 Respublika final bosqichi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida (oflayn) o‘tkaziladi.

✍️ Final bosqichida ishtirokchilar:
🔬 Mirzo Ulug‘bekning ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi
📜 Temuriylar davridagi buyuk alloma sifatidagi faoliyati
🏛 Davlat arbobi sifatidagi faoliyati

mavzularidan biri bo‘yicha insho yozish hamda 20 ta test savoliga javob berishadi.

🏆 G‘oliblar quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
🥇 1-o‘rin — 5 000 000 so‘m
🥈 2-o‘rin — 4 000 000 so‘m
🥉 3-o‘rin — 3 000 000 so‘m

📖 Respublika final bosqichi g‘oliblarining maqolalari “Yoshlar va ilm-fan” ilmiy-ommabop jurnalida chop etiladi.

📌 Tanlovda faol ishtirok eting!

Maqola topshirish muddatining oxirgi kuni: 9-mart

Maqola shu profilga yuboring!
TALABALARIMIZDAN XAYRLI TASHABBUS: VOLONTYORLIK — OLIYJAMOATLIK NAMUNASI

🇺🇿 O'zDJTU 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti talabalari jamiyatdagi ijtimoiy loyihalarda faol ishtirok etib kelishmoqda.
🗓 2026-yil 7-mart kuni O'zbekiston Qizil Yarim Oy jamiyatining 100-yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Yordam+” loyihasida fakultetimizning 2-bosqich FFRA-2401 guruh talabalari Jumakulova Durdona hamda Matmurodova Jasmina volontyor sifatida qatnashdilar.
Fransuz tili amaliy fanlar kafedrasi dotsenti Z.Davronova tashabbusi bilan talabalarimiz “Taskin” hospisiga tashrif buyurishdi. U yerda saraton kasalligi bilan kurashayotgan bolajonlar uchun ko'ngilochar tadbirlar tashkil etilib, maxsus sovg'alar ulashildi.
📜 Ma’lumot o’rnida:
O'zbekiston Qizil Yarim Oy jamiyati 1992-yildan buyon mustaqil maqomda, xalqaro Jeneva konvensiyalari va milliy qonunchilik doirasida insonparvarlik yo'nalishida faoliyat yuritib kelmoqda.
🏆 Talabalarimizning fidoyiligi yuqori baholanib, ular faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar. Bunday tashabbuslar nafaqat ijtimoiy mas'uliyatni oshiradi, balki kelajak avlodda mehr-oqibat tuyg'ularini mustahkamlaydi.
Fidoyi talabalarimizga kelgusi ishlarida zafarlar tilaymiz!


Bizni kuzatib boring ;

📱 Telegram 📱Instagram 📱Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥123😍21👍1🔥1👏1🏆1🆒1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇫🇷 “On parle français” to’garagi o’tkazilib borilmoqda!
🇺🇿 O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasida talabalarning til ko’nikmalarini rivojlantirish maqsadida maxsus to’garak mashg’ulotlari o’tkazildi. Va muntazam olib borilmoqda.
🎯 To’garakning asosiy maqsadlari:
* Talabalarning chet tiliga bo’lgan qiziqishini oshirish;
* Til bilish darajasini (CEFR/DELF/DALF) yuksaltirish;
* Xalqaro sertifikatlar olish uchun zaruriy bilim va ko’nikmalarni shakllantirish.
Darslar zerikarli ma'ruzalardan xoli! Interaktiv metodlar, qiziqarli savol-javoblar va jonli muloqot orqali olib borildi!
🚀 Fransuz tilida erkin so'zlashish vaqti keldi! Bizga qo'shiling!


Bizni kuzatib boring ;

📱 Telegram 📱Instagram 📱Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥1😍1
Intelekt cho'qqisi-2026.pdf
238.9 KB
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂

🇺🇿 O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti kengashi tashabbusi bilan

🎓 “Intellekt cho‘qqisi – 2026” intellektual musobaqasiga start beriladi!

🗓 Sana: 2026-yil 12-mart
📍 Manzil: O‘zDJTU Zakovat ko’chasi 4-uy (Literaturniy) Ma’naviyat va ma’rifat markazi

📌Musobaqada talabalar jamoa shaklida ishtirok etib, 4 ta qiziqarli va mantiqiy shart asosida bellashadilar. Eng koʼp ball toʻplagan kuchli jamoa gʼolib deb topilib, maxsus sovgʼa va sertifikatlar bilan taqdirlanadilar.

Agar siz:
☑️ mantiqiy savollarni yaxshi ko‘rsangiz
☑️tez fikrlasangiz
☑️jamoa bilan ishlashni yoqtirsangiz
☑️risk qilishdan qo‘rqmasangiz
Unda
bu musobaqa aynan siz uchun.
Hoziroq jamoangizni tuzing va roʼyxatdan oʻting!

💬Batafsil ma’lumot uchun: @Mllegavhar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 O‘zDJTU 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi (PhD) Nigora Xudoyberdiyeva tomonidan “Ilmiy tadqiqot sari ilk qadam” mavzusida ilmiy to‘garak tashkil etildi.

💠 Mazkur ilmiy to‘garak talabalarda ilmiy-tadqiqot ko‘nikmalarini shakllantirish, ularni mustaqil izlanishga yo‘naltirish, shuningdek ilmiy maqola yozish, ilmiy manbalar bilan ishlash hamda zamonaviy tadqiqot metodlari bilan tanishtirishga qaratildi.

💠 To‘garak davomida talabalar ilmiy izlanish bosqichlari, tadqiqot mavzusini to‘g‘ri tanlash, ilmiy manbalarni tahlil qilish hamda olingan natijalarni taqdim etish bo‘yicha muhim bilim va tavsiyalar bilan tanishtirildi.

💠 Ushbu tashabbus talabalarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish, ularni ilmiy faoliyatga keng jalb etish hamda kelajakdagi ilmiy izlanishlari uchun mustahkam zamin yaratishga xizmat qiladi.


Bizni kuzatib boring ;

📱 Telegram 📱Instagram 📱Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2