Roman-german filologiyasi fakulteti
1.12K subscribers
8.46K photos
553 videos
27 files
1.67K links
O'zDJTU, Roman-german filologiyasi fakulteti rasmiy kanali

Fakultet matbuot kotibi; @suxrobochilov

Shikoyat, taklif va murojaat uchun: Yoshlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Shahzoda
Matlabxonova

@matlabxonovaa
Download Telegram
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂

🇺🇿 O‘zDJTU 🇺🇿 Yoshlar ittifoqi 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti hamda 🇺🇿 Sharq filologiyasi fakulteti Kengashlari, shuningdek, 5-TTJ hamkorligida 8-mart munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Ushbu ma’naviy-ma’rifiy kechani 5-TTJ tarbiyachi pedagogi O.Raximov ochib berdi va samimiy tilaklarini bildirdi.

🌷“Ayol — mehr va nafosat timsoli” shiori ostida o‘tgan kechada iqtidorli talabalar tomonidan ona va ayol obrazini ulug‘lovchi she’riy guldastalar, kuy-qo‘shiqlar hamda qiziqarli sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Tadbir barcha xotin-qizlarga ko‘tarinki kayfiyat va bayramona ruh bag‘ishladi. Tadbirda faol ishtirok etgan talaba-qizlar hamda tashkilotchilar munosib taqdirlandi.

🎉 Bayramingiz muborak bo‘lsin aziz ayollar!

🔹 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
🇺🇿 @rgf_ittifoq_tv
🇺🇿 @sharq_yoshlar_ittifoqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥2😍2🏆2👍1🔥1🎉1🆒1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakultetida “Bo‘lajak olim” nomli to‘garak doirasida “Xorijiy jurnallar bilan ishlash” mavzusida navbatdagi mashg‘ulot tashkil etildi.

💠 Mazkur to‘garak talabalarning ilmiy faoliyatga qiziqishini oshirish, ularni ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanishga yo‘naltirish hamda xalqaro ilmiy manbalar bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida o‘tkazildi. Mashg‘ulot to‘garak rahbari Yusuf Ismoilov tomonidan olib borildi.

💠 Mashg‘ulot davomida talabalarga xorijiy ilmiy jurnallarni izlash, ularni tanlash mezonlari, maqolalarni tahlil qilish, ilmiy manbalardan to‘g‘ri foydalanish hamda xalqaro ilmiy bazalar bilan ishlash usullari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ilmiy maqola yozishda xorijiy manbalardan foydalanishning ahamiyati va ularni to‘g‘ri keltirish qoidalari ham tushuntirib o‘tildi.

💠 Amaliy mashg‘ulotlar jarayonida talabalar bilan ilmiy maqolalarni tahlil qilish, xorijiy jurnallardan foydalanish va ilmiy ma’lumotlarni saralash bo‘yicha mashqlar bajarildi. Talabalarga ilmiy faoliyatni rivojlantirish hamda xalqaro ilmiy jurnallar bilan ishlash bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

Mazkur to‘garak yosh tadqiqotchilarni ilmiy izlanishlarga jalb etish va ularning ilmiy salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 OʻzDJTU 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti fransuz tili yoʻnalishi 2-bosqich, FFRA-2404-guruh talabasi Raxmatullaeva Maxfuzar tomonidan Chilonzor tumanidagi 184-umumta’lim maktabida 1–2-sinf oʻquvchilari ishtirokida 8-Mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

💠 Tadbir davomida oʻquvchilar uchun qiziqarli va mazmunli dastur tashkil qilindi. Bayram munosabati bilan bolajonlar onalar va ayollarga bagʻishlangan she’rlar oʻqib, qoʻshiqlar kuylashdi. Shuningdek, oʻquvchilar tomonidan tayyorlangan tabrik soʻzlari hamda sahna koʻrinishlari tadbirga yanada bayramona ruh bagʻishladi.

💠 Tadbir doirasida turli interaktiv oʻyinlar va qiziqarli tanlovlar ham oʻtkazildi. Ushbu mashgʻulotlar orqali oʻquvchilar faol ishtirok etib, jamoada ishlash, bir-birini qoʻllab-quvvatlash hamda bayram muhitini yanada chuqurroq his etish imkoniyatiga ega boʻlishdi.

🔺 Mazkur tadbir yosh avlod qalbida ayollarga boʻlgan hurmat va ehtirom tuygʻularini mustahkamlash, shuningdek, talabalarning ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15❤‍🔥5👍3💯32🔥2😍2🏆1🆒1
🇺🇿O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti

🇺🇿Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti jamoasi siz aziz talabalar uchun doim harakatda !

📑 Mart oyini " Yoshlar oyligi " deb e'lon qilamiz hamda ushbu oy davomida har bir haftada talabalarimiz uchun turli yoʻnalishlarda loyihalarni tashkil etamiz. Birinchi haftalik
🏆 5 TASHABBUS haftaligi deb belgilandi, haftalikka 10-mart kuni start beriladi. Haftalik doirasida :

🟢Sport (futbol, voleybol, shaxmat-shashka)
🟢Kibersport
🟢Kitobxonlik
🟢Milliy namoyishlar
yoʻnalishlarida oʻz iqtidoringizni, isteʼdodingizni namoyish qilishingiz mumkin.

✔️Qatnashish istagidagi talabalar fakultetingiz Yoshlar Ittifoqi koordinatoriga jamoa tuzgan holda murojaat qiling:

Ingliz tili birinchi fakulteti;
@Velora_17
Ingliz tili ikkinchi fakulteti;
@ceo_m7
Ingliz tili uchinchi fakulteti;
@sayliyeva_jasminabonu
Tarjimonlik fakulteti;
@Azimjon1013
Ingliz filologiyasi fakulteti;
@shahzoda_shavkatovna04
Sharq filologiyasi fakulteti;
@znxamrayeva
Roman-german filologiyasi fakulteti;
@matlabxonovaa
Xalqaro jurnalistika fakulteti;
@dilshoda_murodillayeva
Rus filologiyasi fakulteti;
@Murodjon_Tulanboyev
Sirtqi va kechki ta’lim fakulteti
➡️Haftaliklar davomida barcha fakultetlarni faollikka chaqiramiz.

#talabalar #uzdjtuyoshlari #yoshlarittifoqi #manaviyat_edu_uz #sport #fakultet
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti Fransuz tili amaliy fanlar kafedrasi dotsenti Z. Davronova tashabbusi bilan 2-bosqich FFRA-2404-guruh talabalari tomonidan 8-Mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan maxsus videorolik tayyorlandi.

🌷 8-Mart butun dunyoda nishonlanadigan muhim sanalardan biri bo‘lib, u Xalqaro xotin-qizlar kuni sifatida e’tirof etiladi. Ushbu bayram ayollarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, ularning huquqlari, erkinliklari hamda ijtimoiy hayotdagi faolligini e’tirof etish maqsadida keng nishonlanadi.

💠 Mazkur videorolikning asosiy maqsadi talabalarning ijodiy salohiyatini namoyon etish, xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini keng yoritish, shuningdek ta’lim jarayonida o‘zlashtirilgan nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llashdan iborat bo‘ldi.


🔺 Ushbu tashabbus talabalarning madaniy va ijtimoiy mas’uliyatini mustahkamlashga, shuningdek xotin-qizlarga bo‘lgan hurmat va e’tiborni yanada oshirishga xizmat qildi.

Bizni kuzatib boring ;

📱 Telegram 📱Instagram 📱Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9❤‍🔥44👍3🔥2🫡2🆒2👏1💯1🏆1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 Joriy yilning 6-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti Fransuz tili amaliy fanlar kafedrasi dotsenti Z. Davronova tashabbusi bilan fransuz tili yo‘nalishi 2-bosqich talabalari o‘rtasida 8-Mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan devoriy gazetalar tanlovi tashkil etildi.

Tanlov jarayonida har bir guruh talabalari 8-Mart bayramining mazmun-mohiyati, ayollarning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati hamda mashhur ayol shaxslar haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan devoriy gazetalarni tayyorladilar. Gazetalarda bayramga bag‘ishlangan tabrik so‘zlari, she’rlar, qiziqarli ma’lumotlar, illyustratsiyalar va badiiy bezaklar keng o‘rin oldi. Bu esa talabalarning nafaqat ijodiy salohiyati, balki estetik didi va jamoada ishlash ko‘nikmalarini ham namoyon etdi.

Tanlov davomida ishtirokchilar tomonidan tayyorlangan devoriy gazetalar mazmundorligi, badiiy bezatilishi, mavzuning to‘liq yoritilishi hamda ijodiy yondashuv kabi mezonlar asosida baholandi.

Hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra quyidagi guruhlar g‘olib deb topildi:
🥇 1-o‘rin — 2401-guruh talabalari
🥈 2-o‘rin — 2404-guruh talabalari
🥉 3-o‘rin — 2402-guruh talabalari

G‘olib guruhlar maxsus sertifikat va sovg‘alar bilan taqdirlandi.

🔺 Mazkur tadbir talabalar o‘rtasida bayramona muhit yaratish, xotin-qizlarga bo‘lgan hurmat va ehtirom tuyg‘ularini mustahkamlash hamda talabalarning ijodiy faolligini oshirishga xizmat qildi. Shuningdek, bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarning madaniy dunyoqarashini kengaytirish va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 🌷
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥178👍52🎉2🏆2🔥1💯1🆒1