Roman-german filologiyasi fakulteti
1.12K subscribers
8.46K photos
553 videos
27 files
1.67K links
O'zDJTU, Roman-german filologiyasi fakulteti rasmiy kanali

Fakultet matbuot kotibi; @suxrobochilov

Shikoyat, taklif va murojaat uchun: Yoshlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Shahzoda
Matlabxonova

@matlabxonovaa
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🧠 2026-yil 5-mart kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 84-sonli umumta’lim maktabida nemis tili to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Mazkur mashg‘ulot RGF filologiyasi fakulteti talabalari Abdusharipova Munisa va Axmatova Barchinoy tomonidan olib borildi.

Mashg‘ulot “Begrüßungsformen. Umlaut im Deutschen” mavzusiga bag‘ishlandi. Dars davomida o‘quvchilarga nemis tilida so‘zlashuvchi davlatlar haqida batafsil ma’lumot berildi, shuningdek, nemis tilida salomlashish shakllari va umlaut tovushlarining talaffuzi hamda qo‘llanishi tushuntirildi. Mashg‘ulot jarayonida turli interfaol usullar, savol-javoblar va kichik mashqlar orqali o‘quvchilarning mavzuga bo‘lgan qiziqishi yanada oshirildi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥63👍3😍2💯1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 Joriy yilning 5-mart kuni 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda 3-kurs kechki guruh talabalari ishtirokida malakaviy amaliyot yakuniga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

💠 Tadbirni fakultet dekani o‘rinbosari Sh. Elnazarov ochib berdi hamda talabalarning amaliyot jarayonini muvaffaqiyatli yakunlagani bilan ularni samimiy tabrikladi.

💠 Tadbir davomida talabalar amaliyot jarayonida erishgan yutuqlari, duch kelgan qiyinchiliklari hamda orttirgan kasbiy ko‘nikmalari haqida fikr bildirib, taqdimotlar qildilar. Shuningdek, ular amaliyot davrida dars jarayonida qo‘llagan metodlari va orttirgan tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

💠 Professor-o‘qituvchilar tomonidan talabalar faoliyatiga baho berilib, foydali tavsiyalar hamda kelgusidagi ilmiy-pedagogik faoliyat uchun muhim yo‘l-yo‘riqlar berildi.

💠 Mazkur uchrashuv talabalarning kasbiy tayyorgarligini oshirish, nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤‍🔥1🔥1
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂

🇺🇿 O‘zDJTU 🇺🇿 Yoshlar ittifoqi 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti hamda 🇺🇿 Sharq filologiyasi fakulteti Kengashlari, shuningdek, 5-TTJ hamkorligida 8-mart munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Ushbu ma’naviy-ma’rifiy kechani 5-TTJ tarbiyachi pedagogi O.Raximov ochib berdi va samimiy tilaklarini bildirdi.

🌷“Ayol — mehr va nafosat timsoli” shiori ostida o‘tgan kechada iqtidorli talabalar tomonidan ona va ayol obrazini ulug‘lovchi she’riy guldastalar, kuy-qo‘shiqlar hamda qiziqarli sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Tadbir barcha xotin-qizlarga ko‘tarinki kayfiyat va bayramona ruh bag‘ishladi. Tadbirda faol ishtirok etgan talaba-qizlar hamda tashkilotchilar munosib taqdirlandi.

🎉 Bayramingiz muborak bo‘lsin aziz ayollar!

🔹 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
🇺🇿 @rgf_ittifoq_tv
🇺🇿 @sharq_yoshlar_ittifoqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥2😍2🏆2👍1🔥1🎉1🆒1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakultetida “Bo‘lajak olim” nomli to‘garak doirasida “Xorijiy jurnallar bilan ishlash” mavzusida navbatdagi mashg‘ulot tashkil etildi.

💠 Mazkur to‘garak talabalarning ilmiy faoliyatga qiziqishini oshirish, ularni ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanishga yo‘naltirish hamda xalqaro ilmiy manbalar bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida o‘tkazildi. Mashg‘ulot to‘garak rahbari Yusuf Ismoilov tomonidan olib borildi.

💠 Mashg‘ulot davomida talabalarga xorijiy ilmiy jurnallarni izlash, ularni tanlash mezonlari, maqolalarni tahlil qilish, ilmiy manbalardan to‘g‘ri foydalanish hamda xalqaro ilmiy bazalar bilan ishlash usullari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ilmiy maqola yozishda xorijiy manbalardan foydalanishning ahamiyati va ularni to‘g‘ri keltirish qoidalari ham tushuntirib o‘tildi.

💠 Amaliy mashg‘ulotlar jarayonida talabalar bilan ilmiy maqolalarni tahlil qilish, xorijiy jurnallardan foydalanish va ilmiy ma’lumotlarni saralash bo‘yicha mashqlar bajarildi. Talabalarga ilmiy faoliyatni rivojlantirish hamda xalqaro ilmiy jurnallar bilan ishlash bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

Mazkur to‘garak yosh tadqiqotchilarni ilmiy izlanishlarga jalb etish va ularning ilmiy salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1🔥1