Roman-german filologiyasi fakulteti
1.12K subscribers
8.47K photos
553 videos
27 files
1.67K links
O'zDJTU, Roman-german filologiyasi fakulteti rasmiy kanali

Fakultet matbuot kotibi; @suxrobochilov

Shikoyat, taklif va murojaat uchun: Yoshlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Shahzoda
Matlabxonova

@matlabxonovaa
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Joriy yilning 5-mart sanasida 🇺🇿 OʻzDJTU RGF fakulteti Nemis tili nazariy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda 3-bosqich talabalari ishtirokida malakaviy amaliyot yakuniga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.
Tadbirni fakultet dekani X.Xakimov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida talabalarning malakaviy amaliyoti ularning kelajakdagi pedagogik faoliyatida muhim o‘rin tutishini, amaliyot davomida orttirilgan tajriba va ko‘nikmalar esa ularning kasbiy rivojlanishiga katta hissa qo‘shishini alohida ta’kidladi.
Tadbir davomida talabalar amaliyot jarayonida qo‘lga kiritgan natijalari, uchragan qiyinchiliklari hamda shakllangan kasbiy ko‘nikmalari haqida fikr almashdilar.
Tadbir yakunida quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib talabalar taqdirlandi:
“Eng yaxshi taqdimot”
“Eng yaxshi amaliyotchi-talaba”
“Eng yaxshi amaliyot portfoliosi”
“Eng yaxshi amaliyot PEP-mashg‘uloti”
Mazkur nominatsiyalarda g‘olib bo‘lgan talabalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
42🔥1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🧠 2026-yil 5-mart kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 84-sonli umumta’lim maktabida nemis tili to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Mazkur mashg‘ulot RGF filologiyasi fakulteti talabalari Abdusharipova Munisa va Axmatova Barchinoy tomonidan olib borildi.

Mashg‘ulot “Begrüßungsformen. Umlaut im Deutschen” mavzusiga bag‘ishlandi. Dars davomida o‘quvchilarga nemis tilida so‘zlashuvchi davlatlar haqida batafsil ma’lumot berildi, shuningdek, nemis tilida salomlashish shakllari va umlaut tovushlarining talaffuzi hamda qo‘llanishi tushuntirildi. Mashg‘ulot jarayonida turli interfaol usullar, savol-javoblar va kichik mashqlar orqali o‘quvchilarning mavzuga bo‘lgan qiziqishi yanada oshirildi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥63👍3😍2💯1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 Joriy yilning 5-mart kuni 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda 3-kurs kechki guruh talabalari ishtirokida malakaviy amaliyot yakuniga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

💠 Tadbirni fakultet dekani o‘rinbosari Sh. Elnazarov ochib berdi hamda talabalarning amaliyot jarayonini muvaffaqiyatli yakunlagani bilan ularni samimiy tabrikladi.

💠 Tadbir davomida talabalar amaliyot jarayonida erishgan yutuqlari, duch kelgan qiyinchiliklari hamda orttirgan kasbiy ko‘nikmalari haqida fikr bildirib, taqdimotlar qildilar. Shuningdek, ular amaliyot davrida dars jarayonida qo‘llagan metodlari va orttirgan tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

💠 Professor-o‘qituvchilar tomonidan talabalar faoliyatiga baho berilib, foydali tavsiyalar hamda kelgusidagi ilmiy-pedagogik faoliyat uchun muhim yo‘l-yo‘riqlar berildi.

💠 Mazkur uchrashuv talabalarning kasbiy tayyorgarligini oshirish, nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤‍🔥1🔥1
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂

🇺🇿 O‘zDJTU 🇺🇿 Yoshlar ittifoqi 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti hamda 🇺🇿 Sharq filologiyasi fakulteti Kengashlari, shuningdek, 5-TTJ hamkorligida 8-mart munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Ushbu ma’naviy-ma’rifiy kechani 5-TTJ tarbiyachi pedagogi O.Raximov ochib berdi va samimiy tilaklarini bildirdi.

🌷“Ayol — mehr va nafosat timsoli” shiori ostida o‘tgan kechada iqtidorli talabalar tomonidan ona va ayol obrazini ulug‘lovchi she’riy guldastalar, kuy-qo‘shiqlar hamda qiziqarli sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Tadbir barcha xotin-qizlarga ko‘tarinki kayfiyat va bayramona ruh bag‘ishladi. Tadbirda faol ishtirok etgan talaba-qizlar hamda tashkilotchilar munosib taqdirlandi.

🎉 Bayramingiz muborak bo‘lsin aziz ayollar!

🔹 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
🇺🇿 @rgf_ittifoq_tv
🇺🇿 @sharq_yoshlar_ittifoqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥2😍2🏆2👍1🔥1🎉1🆒1