O'zbek tili va adabiyoti (Davron Akbar bilan)
63.8K subscribers
1.59K photos
162 videos
479 files
758 links
Davron Akbarning sahifasiga xush kelibsiz!

Kanalda test kitoblarimiz haqida ma'lumot, sara testlar, shuningdek, ta'lim yangiliklari berib boriladi.

Manzil: Namangan viloyati

Donat: https://tirikchilik.uz/davronakbar

Reklama: @Renessansstudy_reklama
Download Telegram
Xudo xohlasa, shu besh-to'rtta kanalni kuzatib tursanglar, imtihonning maksimal javoblariga ham ega bo'lib olasizlar - bu kinoya emas lekin)

Hamma, menimcha, ko'rib-bilib turibdi, shamol nima-yu, bulut nima ekanini! O'lmasak, ko'raverar ekanmiz, tavba qildim!

Unaqa-bunaqa deymiz-u, tarix ham takrorlanadigan narsa-da! Tarix odatda bir necha avlod o'tib takrorlanardi, hozir esa bitta avlodning o'zida takrorlanyapti.

Vatanparvarlik qayerda qoldi, o'rtoqlar?!

@Renessansstudy
367😁188🔥46🤔43💯12❤‍🔥11😢11🤯8👏7👍4💘4
"Sochmoq ovuch birla guhar ot uchun" deb boshlanadigan masnaviyni bir necha yillardan beri o'quv dasturimizda tahlil qildiramiz, tahlil qilib beramiz. Buni bir necha yil avval guruhimizda o'qiganlar ham tasdiqlaydi. Nafaqat bu masnaviy, balki boshqa masnaviylar tahlil qilinganda juda ko'pchilik inson darsda qatnashmaydi. Nega desa, sababi bu masnaviylarni tahlil qilishni o'zlariga ep ko'rishmaydi, mensishmaydi. Imtihonda tushsa, xato javob olishganini ko'rsam yoki tahlili qanday ekanini so'rashsa, jonim chiqib ketadi.

Yaratganning adolati shunaqaki, kim nimani mensimasa, o'sha narsa bilan sinaladi. Men bu adolatning mohiyatiga iymon keltirganman.

@Renessansstudy
234👍81🔥42🥰14💯9🤩1
O'zbek tili va adabiyoti (Davron Akbar bilan)
"Sochmoq ovuch birla guhar ot uchun" deb boshlanadigan masnaviyni bir necha yillardan beri o'quv dasturimizda tahlil qildiramiz, tahlil qilib beramiz. Buni bir necha yil avval guruhimizda o'qiganlar ham tasdiqlaydi. Nafaqat bu masnaviy, balki boshqa masnaviylar…
Kim riyo, odamlarning ko'ziga (xalqko'rsin: Shokir Tursun neologizmi) ko'rinish uchun ehson (saxovat) qilsa, bu aqldan emas. Odamlarga o'zini ko'rsatish uchun qilingan saxovatdan ko'ra baxillik qilgani yaxshi (sababi riyo baxillikdan og'irroq gunoh hisoblanadi).

@Renessansstudy
167💯28🔥23👍19👏6🥰2
To'g'ri javobni aniqlang.

@Renessansstudy
93🔥22
Forwarded from Narzullayev Eldor
❗️‼️O'ZBEKISTON TARIXI (majburiy fan) uchun 2 kunda bir marta 30 daqiqa ajratsangiz yetarli. O'ylab ko'ryapsizmi atigi YARIM soatda majburiy tarixni yanchib tashlaysiz. Bu degani 10 tadan 10 tani naqd qilasiz😊 biz bilan oson, sifatli va tez o'rganishni boshlang 👇

🔔🔔🔔🔔TARIXNI MAJBURIY FAN sifatida bu yil abituriyentlar 100% test ishlaydi. Olib tashlash muhokamalari 2028-yildan boshlab amalga oshirilishi mumkin.

https://t.me/+fp-yBwE11bkzNWU6
https://t.me/+fp-yBwE11bkzNWU6
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
72👏8🤷‍♂6🔥5😭4🕊2🥰1
Olmosh so'z turkumi (test).pdf
267.2 KB
Olmosh so'z turkumi bo'yicha test topshiriqlari.

Ushbu testlar Davron Akbarning online kursdagi materiallari sifatida yuklanmoqda.

@Renessansstudy
🔥5435👏14🤷‍♀3👍2👻2🥰1
Forwarded from Xalq ta’limi Info
“X-variant” mavzusi yana sahnada: yanvar oyida ham milliy sertifikat savollari sotilganmi?

Bu safar xalqtaliminfo.uz'ga 2026-yil yanvar oyida o‘tkazilgan tarix fanidan milliy sertifikat test sinovlari sotilgani bilan bog‘liq yangi audio, video va boshqa materiallar kelib tushdi.

Tahririyatdagi mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, buning uchun yopiq guruh tashkil qilinib, unda jami 133 nafar ishtirokchi yig'ilgan. Manbalarga ko‘ra, Telegram guruhga kirish narxi 500 AQSH dollari, oflayn tarzda borib yodlash esa 1000 AQSH dollari bo‘lgan.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1586

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Instagram l YouTube
😢9064😱29🥴21💔6👍3🔥2👏2👨‍💻1
Xalq ta’limi Info
“X-variant” mavzusi yana sahnada: yanvar oyida ham milliy sertifikat savollari sotilganmi? Bu safar xalqtaliminfo.uz'ga 2026-yil yanvar oyida o‘tkazilgan tarix fanidan milliy sertifikat test sinovlari sotilgani bilan bog‘liq yangi audio, video va boshqa materiallar…
Ba'zida yemagan somsaga ham pul to'lashga to'g'ri kelib qoladi. Balki, agentlik X-variant bilan bog'liq masalalarning ommaviy axborotda faol tarqalayotganidan manfaatdordir. Odamning tishi bor, ammo toshga o'tmaydi. Tosh esa odatda tog'ning juda baland qismida bo'ladi. Uning ildizi ham mustahkam bo'ladi. Tishi o'tadigan odamlar ketdi, lekin hali toshday qattiq - tish o'tmaydigan odamlar qolgandir, bilmayman!

Ammo menda faqat va faqat bitta fikr takrorlanyapti: "Agentlik bu masalalarning yuzaga chiqayotganidan xursand bo'lsa kerak".

@Renessansstudy
👏7849😁29💯24🤔9🔥6😢5👍3😐3
Tarix-ku, mayli, bir gap bo'lar. Yozgi imtihondagi huquqshunoslik fanini ham yaxshilab tekshirishni maslahat beraman. Juda yaxshilab tekshirsangiz, hammaga foydasi katta bo'ladi. Har qalay, huquqshunoslik ortidan kimsan Yuridik yo'nalishga kiriladi-ya!

@Renessansstudy
219😁125💯38👍32🔥10👌5❤‍🔥4👀4👏2
Tarix fanidan natijalar borasida qiziq ishlar bo'lyapti.

Kuzatib turing, nimadir bo'ladi shu bir-ikki kunda!

@Renessansstudy
💯238😁10156👍35🤔18😢17😱15🔥5🤷‍♀4😭3❤‍🔥2
Bilimni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-amaliy markazda yozma topshiriqlarni baholash va test savollarini shakllantirish yuzasidan o'qituvchilarni tashqi ekspertlikka qabul qilish va o'qitish borasida bir nechta murojaatlar kelib tushmoqda.

Unda darslar yetarlicha tashkil etilmagani, saralab olish adolatli o'tkazilmagani, saralashdagi ayrim jihatlar juda shubhali tuyilgani, shuningdek, murojaat qilinishiga qaramay asosli javob berilmayotgani iddao qilinmoqda.

Mirigul opa ustozlar bilan faol bog'lanishi, ularning murojaatlarini asosli va adolatli hal etib berishlarini so'rab qolamiz. Aks holda, o'qituvchi ekspertlar to'lagan pulini qaytarishlarini talab qilishmoqda.

P/s: Men ham bir marta o'qigandim. Vaziyatni o'z ko'zim bilan ko'rgandim. Gapiraman desam, gap ko'p. Hech yo'q, shu 80 dan ortiq o'qituvchi-pedagoglarning masalasini hal qilib beringlar, oyligidan qiyib pul to'lagan axir.

@Renessansstudy
176🔥30👍29🕊16💯2
BEPUL online kurs!!!

Ona tili va adabiyot fanidan online kursga taklif etamiz. Bu kursda siz:
✔️O‘qishni ko‘chirish(perevot) uchun,
✔️Milliy sertifikat uchun,
✔️BMBA testlari uchun,
✔️Attestatsiya uchun “NOL” dan tayyorlanishingiz mumkin.

Dars 11 yillik repetitorlik tajribaga ega ustoz tomonidan olib boriladi.


Hoziroq guruhga a’zo bo’ling:
📥📥📥📥📥📥📥
@bepul_onatili_kurs
@bepul_onatili_kurs
@bepul_onatili_kurs
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
52👍8🤩8
Kuzgi milliy sertifikat imtihoni uchun iyul oyining o'rtalarida online guruh uchun qabul ochishni rejalashtiryapmiz. "Bu safargi kurs qanday bo'ladi?" - deb so'rayotganlar uchun juda ko'p yangiliklarni amalga oshirishni ko'zlab turibmiz! Hozirda rejalashtirganlarimiz quyidagicha, yana qo'shimchalar kiritilishi mumkin!

1) Test bazamiz to'liq yangilanadi va bu baza imtihon muhitiga to'liq moslanadi.

2) Faqat grammatikasi tugagan, qattiq o'qiydigan talabgorlarni saralab olamiz hamda ular bilan qattiq shug'ullanamiz. Noldan tayyorlanmoqchi bo'lgan o'quvchilarni qabul qilmaymiz.

3) Imtihon natijasiga ko'ra eng yuqori ball (75 balldan ortiq to'plaganlar ichidan eng yuqori bitta talabgor tanlanadi) to'plagan talabgorga noutbook sovg'a qilamiz.

4) Real rejimda natijalarimizni ko'rsatadigan platforma tayyorlaymiz. Guruhga qo'shilish avvalida turgan talabgorlar natijalarimiz bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'ladi.

5) Bu safargi imtihon uchun 50 ta talabgorni bepul o'qitishni reja qilganmiz. Ularni ajratib olish asoslarini keyinroq e'lon qilamiz.


6) Attestatsiya va milliy sertifikatni birlashtirish ham amalga oshiriladi. Milliy sertifikatga tayyorlanish davomida attestatsiyaga ham tayyor bo'lasiz. Bu bo'yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Xullas, buyoqdagi imtihonlarga jiddiy tayyorgarlikni boshlaganmiz. Siz tartibga amal qilib o'qib berishingiz va oxirida natijani kafolatlasangiz bo'ldi.

@Renessansstudy
1245👍64🥰19😍15😁7😇5❤‍🔥2🔥2
Forwarded from Xalq ta’limi Info
“X-variant” tarqalganiga qaramay, tarixdan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi

Aprel oyida o‘tkazilgan tarix fanidan milliy sertifikat imtihonining savollari oldindan tarqalgan bo'lsa-da, Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan tarix fani milliy sertifikat natijalarining e’lon qilindi.

Imtihon savollarining bir qismi oldindan tarqalishi butun test jarayonining shaffofligi va adolatliligiga jiddiy putur yetkazadi. Ushbu sertifikat natijalari abituriyentlarning oliy ta’limga kirishi, pedagoglarning ustama olishi va boshqa muhim imkoniyatlarga ta’sir qilishini hisobga olsak, masala yanada jiddiy tus oladi.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1588

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Instagram l YouTube
130😭83👍18😁17💔5🔥2🥰2😢2💯2👀1
Rasmiy munosabat

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar va ayrim internet nashrlarida tarix fanidan milliy sertifikat imtihonlari bilan bog‘liq test topshiriqlari oldindan tarqalgan bo‘lishi mumkinligi haqida turli taxminlar bildirilmoqda.

Agentlik ushbu holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

Tarix fanidan milliy sertifikat imtihonlari bir nechta smenada, keng qamrovli test bazasi asosida tashkil etilgan. Agentlikda test topshiriqlarining maxfiyligini ta’minlash bo‘yicha barcha tashkiliy va texnik xavfsizlik choralari ko‘rilgan.

Milliy sertifikat imtihonlarining test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblanadi. Bunda imtihon natijalarining klassik va zamonaviy test nazariyalari bo‘yicha statistik tahlili amalga oshiriladi.

Tarix fanidan milliy sertifikat imtihonlari natijalarining statistik tahlilida testologiya meʼyorlarining buzilishi yoki taqsimotning normal taqsimotdan keskin farq qilishi bilan bog‘liq holatlar aniqlanmadi.

Xalqaro amaliyotda ham bunday holatlar bo‘yicha yakuniy xulosa rasmiy tekshiruvlar va statistik tahlil natijalariga asoslangan holda qabul qilinadi.

Agentlik test sinovlarida adolat va shaffoflikni ta’minlashni o‘zining ustuvor vazifasi deb biladi va o‘z faoliyati bilan bog‘liq har qanday asosli murojaatlarni ko‘rib chiqish uchun ochiqligini ma’lum qiladi.

Shuningdek, test materiallarining noqonuniy tarqatilishi yoki sotilishiga oid aniq dalillar mavjud bo‘lgan taqdirda, ularni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etishni, aniq dalillar bo‘lmagan taqdirda, asossiz taxminlar orqali jamoatchilikda noto‘g‘ri tasavvur uyg‘otmaslikni so‘raydi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
126🥴64🔥18😁17👍12💯7💔73❤‍🔥2🙈2
Forwarded from Xalq ta’limi Info
“X-variant” mojarosi davom etadi: imtihondan 1 kun oldin mavjud bo‘lgan “Yangi fayl” tahririyatga yetib keldi va undagi 31 ta test savoli imtihonda tushgani ma’lum bo‘ldi

Joriy yilning 2-aprel kuni (imtihondan 1 kun oldin) mavjud bo‘lgan yana bir fayl tahririyat ixtiyoriga kelib tushdi. Unda 72 ta savol mavjud bo‘lib, hozirgacha aniqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, ularning 31 tasi 4, 5 va 7-aprel kunlari tarix fanidan bo‘lib o‘tgan “Milliy sertifikat” imtihonlarida tushgan.

Avvalroq imtihondan oldidan o'tkazilgan audiochatda o‘qib eshittirilgan 50 ta savoldan 33 tasi “Milliy sertifikat” imtihonlarida tushgani haqida xabar bergandik.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1590

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Instagram l YouTube
🥴7931🔥17😢16🤔7👏6
Tarixchilardan faollar prokuratura (1007) ga telefon qilib ariza qoldirsin. Nizomga ko'ra savollar (aynan savol so'zma-so'z mos kelmasa ham, mazmun bir xil) avvaldan sizdirilsa, imtihon natijalari bekor qilinishi lozim.

Agentlik bunaqa lag'mon osishlarga to'la bayonoti bilan vaziyatni yumshata olmaydi va buni o'zining foydasiga hal eta olmaydi. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar X variantni (haqiqatdan, X variant chiqqani tasdiqlansa) aynan agentlikdagi qaysi odam sotdi (berdi), uni kimga sotdi, sotib olgan yana kimlarga sotdi - barchasini aniqlashi kerak.

@Renessansstudy
💯14451🥴19🤷‍♀5😐52🤔2🥰1
Trollar armiyasi kelib, hammasi shaffof demasin, iltimos. Odamlar ishonmay qo'ydi. Yangi ma'muriyat davrida erishilgan eng katta g'alaba imtihon tizimining shaffofligi deb bilardim, ammo ko'p narsalarni ko'rdim, oxirgi bu voqealar esa bu fikrimni chilparchin qilib tashladi.

Kimdir kelib, vatanparvarlar ishlaydi-da, desa, ko'nglim ayniydigan bo'lib qolibdi. Ko'rdim vatanparvarlarning ahvolini...

@Renessansstudy
102💯73😁30👍18🔥11🤔5🥴3
охирги версия узб (2).pdf
174.3 KB
$1000 lik yopiq guruhda imtihon avvalida o'qib eshittirilgan va imtihonda 31 ta savoli tushgan fayl. Ushbu fayl X variant sifatida foydalanilgan deb iddao qilinmoqda.

Ushbu fayldagi savollar aynan imtihondan avval o'qib eshittirilgani haqida audio, video dalillar borligi Xalq ta'lim info nashri tomonidan e'lon qilindi.

Mazkur nashrning ta'kidlashicha, bundan boshqa yana bir qancha dalillar ham mavjud.

@Renessansstudy
122😁50🔥20😢16💯12💔12🤔8🥴54👏3🕊2
O'zbek tili va adabiyoti (Davron Akbar bilan)
Bilimni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-amaliy markazda yozma topshiriqlarni baholash va test savollarini shakllantirish yuzasidan o'qituvchilarni tashqi ekspertlikka qabul qilish va o'qitish borasida bir nechta murojaatlar kelib tushmoqda. Unda darslar…
Bilimni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy amaliy markazi bu murojaatimiz bo'yicha munosabat bildiribdi.

Unda:

"Assalomu alaykum,

1) Malaka oshirish kursi mashg‘ulotlari hali yakunlanmaganini inobatga olishingizni so‘raymiz. Hozirga qadar faqat 1-modul nazorat ishlari yakunlandi. Mazkur kurs  “Test topshiriqlarini shakllantirish va yozish ko‘nikmalarini baholash” bo‘lib, jami 32 soatdan iborat va 20-mayga qadar davom etadi.

2) 1-modul yakuniy natijalari bugun 5-may kuni
@MonitoringExpertBot
bot orqali e’lon qilindi. Hali 2- modul bor.

3) Shu bilan birga, kursda ishtirok etish majburiy emas.

4) Mazkur kurs ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan pedagoglar uchun kasbiy rivojlanishga xizmat qiluvchi qo‘shimcha imkoniyat sifatida tashkil etilgan.

5) Bu kurs Bilimni baholash va testologiya sohasi bo'yicha ko'nikmaga ega bo'lishni istagan barcha xohlovchilar uchun.
https://t.me/IlmiyMarkazUz/935

6) Kurs davomida ekspertlikka 100 foiz qabul qilinishi yuzasidan kafolat yoki va’da berilmagan.
https://t.me/IlmiyMarkazUz/935

7) Modul yakunida yozma ishlar xolis baholanib, ijobiy natijalarga erishgan, yetarli tajriba va kasbiy kompetensiyaga ega pedagoglarga tashqi ekspertlikka qabul qilish bo‘yicha taklif berilishi e'londa ham ta'kidlangan.
https://t.me/IlmiyMarkazUz/935

8) Bunda asosiy e’tibor pedagogning bilim darajasi, mas’uliyati, mustaqil fikrlashi hamda har tomonlama adekvat yondashuviga qaratiladi. Zero, ekspertlik faoliyati insonlar taqdiri bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan mas’uliyatli jarayondir.

9) Shuni alohida ta’kidlash joizki, BMBA Ilmiy-o‘quv amaliy markazi faoliyatida ochiqlik, shaffoflik va xolislik tamoyillariga qat’iy amal qiladi hamda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslikni ustuvor vazifa sifatida belgilagan.

10) Shu munosabat bilan, tanlov jarayonlariga nisbatan xolis yondashuvni to‘g‘ri tushunishingizni, masalani keskinlashtirmasdan, kurs yakuniy natijalarini kutib, umumiy jarayon asosida baho berishingizni so‘raymiz. Turli instansiyalarga murojaat qilishdan avval mavjud tartib va jarayonlarga hurmat bilan yondashish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Hurmat bilan,
Ilmiy-o'quv amaliy markazi"
deyiladi.

Murojaatimizga javob berilgani, pedagoglar bilan konstruktiv muloqot olib borilganidan xursandmiz va mas'ullarga minnatdorchilik bildiramiz!

@Renessansstudy
60❤‍🔥13👍9🙏5💯5🔥1👏1