Science | Gym | Life
214 subscribers
169 photos
27 videos
42 files
73 links
Канал, который перевернёт ваше сознание и изменит мировоззрение🐣
Download Telegram
Bugun, 4-dekabr 2025-yil, MOXT (fors) guruh talabalari ishtirokida “Ekstremizm va terrorizmning oldini olish” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi. Darsning asosiy maqsadi — talabalarda ogohlik, axborot xavfsizligi madaniyati va radikal g‘oyalarga nisbatan barqaror immunitetni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.

Ochiq dars quyidagi bosqichlarda tashkil etildi:
1. Sahna ko‘rinishi
Talabalar tomonidan mavzuga oid hayotiy holatlar sahnalashtirildi. Ushbu ko‘rinishda ekstremizm va terrorizmning individ hamda jamiyat uchun xavfli oqibatlari badiiy tarzda yoritildi.
2. Krossvord bajarilishi
Talabalar guruhlarga bo‘lingan holda mavzu asosida tuzilgan krossvordni to‘ldirishdi. Ushbu topshiriq mavzuga oid asosiy tushunchalarni mustahkamlashga xizmat qildi.
3. Keys-topshiriqlar
Guruhlarga real hayotga yaqin vaziyatlar berilib, ularni tahlil qilish, xavf belgilarini aniqlash va to‘g‘ri qaror qabul qilish topshirig‘i berildi. Talabalar keyslar bo‘yicha faol fikr almashib, o‘z xulosalarini aniq bayon qildilar.

• Darsda barcha guruhlar faol ishtirok etdi.
• Talabalar ekstremizm va terrorizmning asosiy belgilarini, ularning oldini olish choralarini amaliy misollar orqali mustahkamlashdi.
• Baholash jarayonida eng faol ishtirok etgan guruh alohida ta’kidlanib, esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandi.

Ochiq dars yuqori saviyada o‘tkazildi. Talabalar mavzuga qiziqish bilan yondashib, faol muzokara olib bordilar. Tadbir o‘quvchilarda hushyorlik, mas’uliyat va axborot madaniyatini shakllantirishga xizmat qildi.
🔥311
Добрый вечер дорогие студенты! Вниманию всем кто находится в Ташкенте и не уезжает завтра…


Завтра в 9:00 состоится конференция СДП Адолат. Всех приглашаю. Желательно сразу дайте фамилии кто поедет.

Приветствуется офисный стиль и собранный вид (волосы и нейтральный макияж)

Плюсы конференции: фотоотчет от мероприятий для вашего портфолио и для тех кто хочет сохранить грант)))
Forwarded from Ahmedov I.
Касается всех всех студентов (первые и вторые курсы) из восточки и НИХД
Третьи курсы тоже, если хоть кто-то остался😅
⚖️ “Yosh adolatchilar” V hisobot-saylov konferensiyasi

📅 2025-yil 25-dekabr kuni
📍 “Renessans” kino uyida
O‘zbekiston “Adolat” SDP “Yosh adolatchilar” qanoti Kengashining V hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

👤 Tadbirda O‘zbekiston “Adolat” SDP Siyosiy Kengashi raisi Robaxon Mahmudova hamda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Savdullayev ishtirok etib, yoshlarning siyosiy-huquqiy faolligini oshirish masalalariga alohida to‘xtaldilar.

✍️ Konferensiya doirasida “Adolat” SDP va Yoshlar ishlari agentligi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi, partiya faoliyatiga oid videorolik namoyish etildi.

📊 2021–2025-yillarda “Yosh adolatchilar” tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tinglandi, yoshlarning siyosiy-huquqiy faolligini oshirishga qaratilgan uzoq muddatli amaliy dastur taqdim etildi.

🗳 Shuningdek, qanot Nizomiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, hamda “Yosh adolatchilar” Respublika Kengashining yangi tarkibini saylash masalalari muhokama qilindi.

Savol-javoblar va fikr almashuvlardan so‘ng ishtirokchilar 🇺🇿 Milliy gvardiya poligonida bo‘lib o‘tgan ayollar o‘rtasidagi 🐎 “Polo” ot sporti bo‘yicha “Adolat” kubogi musobaqasida qatnashdilar.

Adolat – yoshlar bilan, yoshlar uchun!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1🗿1
Bugun xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi XVIII sessiyasida ishtirok etish imkoniga ega bo‘ldim. Ushbu sessiyada yoshlarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi o‘rni, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda Yoshlarga oid davlat siyosatini samarali amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgani biz, yoshlar uchun katta mas’uliyat va ishonchdir.

Yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlarni targ‘ib qilishdagi faoliyatimiz munosib baholanib, Tashakkurnoma bilan taqdirlanganim men uchun katta sharaf va rag‘bat bo‘ldi. Bu e’tirof kelgusida yanada faol, tashabbuskor va fidoyi bo‘lib ishlashim uchun kuch bag‘ishlaydi.

Shu munosabat bilan xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi R. Kalanovga, Yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi J. Shermuhammedovaga hamda Yoshlar maslahat guruhi rahbari S. Irgashevga chuqur minnatdorlik bildiraman.

Shuningdek, sessiya yakunida tashkil etilgan o‘quv seminari yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish va jamoatchilik bilan ishlash borasida muhim bilim va tajriba berdi.

Bildirilgan ishonch va e’tibor uchun rahmat. Yoshlar manfaatlari yo‘lida mas’uliyat bilan faoliyat yuritishda davom etaman.
1🔥5👍43