Oʻzbekiston DJTSU Fargʻona filiali direktorining rasmiy kanali
751 subscribers
6.01K photos
404 videos
51 files
1.79K links
Talab va takliflaringizni quyidagi bot orqali direktorga murojaat qilishingiz mumkin.
@uzdjtsuff_bot


Call center: +998732429431

Web-sayt: uzdjtsuff.uz

E-mail: info@uzdjtsuff.uz

Manzil: Farg'ona sh, "Kimyogarlar" ko'chasi 9- uy
Download Telegram
Forwarded from Azizbek Gofurov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘onada sport sohasidagi ilmiy tadqiqotlar rag‘batlantirilmoqda

Quyidagi lavhada shu haqda soʻz yuritiladi.

👉 Sportni rivojlantirish vazirligining telegram kanali
Sport maktablari va OTM hamkorligi
Boks bo'yicha 2004-2005 yilda tug'ilgan o'smirlarning viloyat birinchiligi va saralash musobaqasi bo'lib o'tdi.
Saralash tadbirini viloyat boks bosh murabbiyi Qo'ldosh Tojiboyev boshchiligida hakamlar hay'ati o'tkazdi.
Marg'ilon shahar 2- BO'SM da o'tkazilgan tadbirda filial professor -o'qituvchilari A.Ashurmatov hamda Q.Boymirzayevlar ishtirok etdi.
Sport maktablari va OTM hamkorligi tadbirlari doirasida filialda tashkil etilgan sport yo'nalishlari aytib o'tildi
Filial matbuot kotibi
Filial ma’muriyati Qo‘qon DPI bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda
Bugun filial rahbariyati Rasulov Ravshan Mirzayevich boshchiligida Qo‘qon DPI Axborot resurs markazi va jismoniy madaniyat fakultetida bo‘lib, ARM rahbari bilan kutubxona faoliyati bo‘yicha shartnoma imzolagan bo‘lsa, jismoniy madaniyat fakulteti bilan viloyat bo‘ylab o‘tkazilayotgan II liga o‘yinlari uchun o‘rtoqlik uchrashuvlarini kelishib oldilar.
Filial matbuot xizmati
#MARAFON
"Yangi Nafas” yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi
Bir vatanda, bir vaqtda, bir xil masofaga, bir maqsadda — birga yuguramiz!
Ushbu ezgu shior ostida “Yangi Nafas” yugurish musobaqasi ayni vaqtda poytaxtimiz hamda respublikamizning 8 ta shahrida bir vaqtda o‘tkazildi.
Ushbu sport trassasi doirasida minglab yurtdoshlarimiz qatori O'zbekiston davlat jismoniy tabiya va sport universiteti Farg'ona filiali ustozlari va talabalari ham ishtirok etdi
Filial matbuot kotibi
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Fargʻona filiali talabalari boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishmoqda
Maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda jismoniy tarbiya va sport yoʻnalish talabalari xayrli ishga qoʻl urishdi.Oʻzlari istiqomat qiladigan maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ertalabki badantarbiya va sogʻlomlashtirish ishlarini amalga oshirmoqda.
-Birinchi bosqichda olgan bilimlarimizni yana bir bor amaliyotda qoʻllash uchun imkoniyat boʻlmoqda -deydi tashkilotchilardan biri
Yozgi taʼtillarini maroqli oʻtsin!
Filial matbuot xizmati