⚡2
Hissiyotlarga berilib ketib keskin reaksiya qilgani uchun diskvalifikatsiya
«Arsenal»ga qarshi o‘yinda g‘alaba golini urgach, Mateus Kunya kameraga yugurib kelib:
deb baqirdi.
Taxminlarga ko‘ra, braziliyalik futbolchi bu bilan «Manchester Yunayted»ni nazarda tutgan, ya’ni u dunyodagi eng katta klub degan ma’noda aytgan.
FA (Angliya Futbol Assotsiatsiyasi) qoidalariga ko‘ra, futbolchilarga maydonda so‘kinish, haqoratli yoki behayo so‘zlar va ishoralardan foydalanish taqiqlanadi. Agar hakam buni o‘yin vaqtida ko‘rsa — qizil kartochka ko‘rsatishi mumkin. Agar ko‘rmay qolsa, futbolchi o‘yindan keyin ham jazolanishi ehtimoli bor.
Avvalroq shunga o‘xshash holat uchun Ueyn Runi 2011 yilda «Vest Xem»ga qarshi xet-trikdan keyin kameraga qarab haqoratli so‘z ishlatgani sababli 2 o‘yinga diskvalifikatsiya qilingan edi.
Do‘stlar bilan ulashing @referee_time

It’s fking biggest!” — ya’ni: *“Eng kattasini yasadik!”*

😁3👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Olomon kabi bo‘lmang.
Bu postni futbolni tushunmaydigon do‘stingizga yuborib qo‘ying😂😂
Biz bilan futbolni chuqurroq anglaysiz @referee_time

😁8⚡1🔥1
Manchester Yunaytet jamoasining fevral-mart oylarida APL doirasidagi tur o‘yinlari.
«qizil iblis»lar nechi ochko oladi deb o‘ylaysiz?
Futbol biz bilan yanada yaqinroq @referee_time

⚡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
MLSda penalti boshqacha bo‘lgan davr:
11 metr emas, xokkey uslubida!
Bugun biz biladigan penalti — 11 metr nuqtadan turib zarba berish.
Lekin AQShning MLS ligasida bir paytlar penalti butunlay boshqacha bo‘lgan!
MLSda 1996–1999-yillarda klassik penalti yo‘q edi.
O‘rniga ular “shootout” deb atalgan usulni ishlatishgan.
To‘p darvozadan 32 metr (35 yard) uzoqlikka qo‘yilgan
🔹 Futbolchi to‘p bilan yugurib keladi
🔹 Unda atigi 5 soniya vaqt bo‘lgan
🔹 Darvozabon chiziqda turib qolmasdan, oldinga chiqib hujumchiga qarshi yurishi mumkin
🔹 Hujumchi dribbling, aldash, yoki tez zarba bilan vaziyatni hal qiladi
👉 Ya’ni bu — oddiy penalti emas, balki darvozabon bilan yakkama-yakka duel edi.
❌ Nega bekor qilindi?
📌 Juda “shou”ga o‘xshab ketdi
📌 FIFA qoidalariga mos emas edi
📌 Jahon futbol an’analariga zid deb topildi
🔁 2000-yildan boshlab MLS ham butun dunyo kabi klassik 11 metrlik penalti tizimiga qaytdi.
🔔 O‘tkazib yubormang — futbolni boshqacha ko‘rasiz!
kanalga obuna bo‘ling👇👇
@referee_time

💯1
✅ Chempionlar ligasi oxirgi 8-turidan keyin musobaqa jadvali
• 1-8 jamoalar nimchorakka yo'l oldi
• 9-24 jamoalar o'tish bosqichiga ketdi
• 25-36 jamoalar turnir bilan xayrlashdi
🛜 @referee_time

👏2
Benfika vs Real Madrid o‘yinida hakam nega Mbappening golini xisobga olmadi?Futbol qoidalari 12-qoida: "Erkin zarba" bandida aniq yozilgan.
Futbolchi raqib darvozabonini to‘pni o‘yinga kiritishiga halal bersa unda bu qoida buzilish xisoblanadi. O‘yin erkin zarba bilan qayta boshlanadi.
To‘p darvozabon nazoratida xisoblamadi agar to‘pni darvozabon ushlab tursa, to‘p ochiq qo‘l kaftida tursa, to‘pni havoga otganida yoki yerga urib sopchiganida ham to‘p darvozabon qo‘lidagi to‘p xisoblanadi.
Mbappe jarima maydoni ichida edi, darvozabonga juda yaqin turgan edi va to‘pni o‘yinga kiritishga halal berdi.
Aslida qoidalarga asosan raqib darvozabondan 9.18m uzoqda turishi kerak. Ko‘pincha masofaga eʼtibor qaratilmaydi, hujumchilar halal berishmasa. Ammo darvozabon hakamdan ularni uzoqlashishini
so‘rashga haqli.
Ko‘pchilik qoidalar o‘zgarganmi, Benzema Kariusga urgan gol bilan adashtirishyabdi. Aslida bular alohida vaziyatlar.
Xulosa: Hakam qarori to‘g‘ri.
Gol bekor qilinib va o‘yin erkin zarba bilan qayta boshlanadi. Rodrigo esa hakam qaroriga ochiqcha eʼtiroz bildirgani uchun ikkinchi ogohlantirish olib chetlatildi.
Futbol qoidalari, bahsli vaziyatlar tahlili faqat @referee_time kanalida
🔥2
Referee_time
Benfika vs Real Madrid o‘yinida hakam nega Mbappening golini xisobga olmadi? Futbol qoidalari 12-qoida: "Erkin zarba" bandida aniq yozilgan. Futbolchi raqib darvozabonini to‘pni o‘yinga kiritishiga halal bersa unda bu qoida buzilish xisoblanadi. O‘yin erkin…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Benfikani kuchli 24talikga olib kirgan gol,
darvozabon qutqaruvchi rolida
Bu videoni Realchi tanishlarga yuborib azoblang😁😁
@referee_time
darvozabon qutqaruvchi rolida
Bu videoni Realchi tanishlarga yuborib azoblang😁😁
@referee_time
"Hayotda har birimizning muammolarimiz bor, lekin futbol eng arzon terapiya." 🩷
© Diego Forlan
@referee_time
👏2👍1🔥1
Суарез нега ўз севимли жамоаси Барселонага урган голини манашундай усулда нишонлаган?!
2020 йилда Барселона Луис Суарез билан хайрлашишга қарор қилди ва уни атиги 6 миллион еврога Атлетико Мадридга сотди.
Роналд Куман бу хабарни ҳатто телефонда берган эди:
Охир-оқибат Суарез 21 та гол урди ва Атлетико Мадридни 7 йилдан сўнг Ла Лига чемпиони қилди. Барселона дарвозасига гол урганида эса, у ўша телефон қўнғироғини унутмаган эди…
Канални дўстлар билан улашинг👇👇

"Куманнинг мени ҳисобга олмаётганини айтган қўнғироғи 40 сония давом этди, бу афсонани ишдан бўшатиш усули эмас. Аввал у менга режаларида йўқлигимни айтди, кейин эса агар шартномамни ҳал қилмасам, Вильярреалга қарши ўйнамаслигимни билдирди. У менга аниқ айта оладиган шахсиятига эга эмас эди — мени истамаяптими ёки бу клубнинг қарори эдими, билмадим."
Охир-оқибат Суарез 21 та гол урди ва Атлетико Мадридни 7 йилдан сўнг Ла Лига чемпиони қилди. Барселона дарвозасига гол урганида эса, у ўша телефон қўнғироғини унутмаган эди…
Канални дўстлар билан улашинг👇👇
@referee_time
Роберт Левандовски:
Тушунтириб бераман. Мактабдаги даврингизни эслайсиз. Қайси ўқитувчини кўпроқ эслайсиз? Сизга ҳамма нарсани осон қилиб берганини эмас. Йўқ, йўқ. Сиз қатъий бўлган, сиздан кўп талаб қилган, сиздан энг яхшисини чиқариб олишга ҳаракат қилган ўқитувчини эслайсиз. Ана ўша сизга ривож берган устоз бўлади, тўғрими? Юрген ҳам худди шундай эди.
У сизнинг “ўртамийёна” бўлиб қолишингизга рози эмасди. Юрген сизни A+ даражага чиқаринг деб хоҳларди. Буни ўзи учун эмас, сиз учун хоҳларди.
У менга жуда кўп нарсани ўргатди. Мен Дортмундга келганимда ҳамма ишни тез бажаришни хоҳлардим: кучли пас, фақат бир тегиниш. Юрген эса мени тинчланишга ўргатди — керак бўлса, икки марта тегинишга.
Бу менинг табиатимга мутлақо зид эди, лекин тез орада кўпроқ гол ура бошладим.
Шундан кейин у мени яна тезлаштирди: бир тегиниш. БУУУМ! Гол. У мени секинлаштириб, аслида тезлаштирди. Оддийдек туюлади, лекин бу ҳақиқий даҳолик эди.»
Дўстларга ҳам улашинг👇👇
@referee_time
«Юрген мен учун фақат устоз эмас, гўё отадек эди. Мураббий сифатида эса у “ёмон” ўқитувчига ўхшарди — лекин бу сўзни энг яхши маънода айтяпман.»
Тушунтириб бераман. Мактабдаги даврингизни эслайсиз. Қайси ўқитувчини кўпроқ эслайсиз? Сизга ҳамма нарсани осон қилиб берганини эмас. Йўқ, йўқ. Сиз қатъий бўлган, сиздан кўп талаб қилган, сиздан энг яхшисини чиқариб олишга ҳаракат қилган ўқитувчини эслайсиз. Ана ўша сизга ривож берган устоз бўлади, тўғрими? Юрген ҳам худди шундай эди.
У сизнинг “ўртамийёна” бўлиб қолишингизга рози эмасди. Юрген сизни A+ даражага чиқаринг деб хоҳларди. Буни ўзи учун эмас, сиз учун хоҳларди.
У менга жуда кўп нарсани ўргатди. Мен Дортмундга келганимда ҳамма ишни тез бажаришни хоҳлардим: кучли пас, фақат бир тегиниш. Юрген эса мени тинчланишга ўргатди — керак бўлса, икки марта тегинишга.
Бу менинг табиатимга мутлақо зид эди, лекин тез орада кўпроқ гол ура бошладим.
Шундан кейин у мени яна тезлаштирди: бир тегиниш. БУУУМ! Гол. У мени секинлаштириб, аслида тезлаштирди. Оддийдек туюлади, лекин бу ҳақиқий даҳолик эди.»
Дўстларга ҳам улашинг👇👇
@referee_time
Gvardiola: "G'azoni yolg'iz qoldirdik, bu bizning aybimiz"
@Referee_time
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola kecha, 29-yanvar kuni kechqurun Barselonada bo'lib o'tgan Falastinni qo'llab-quvvatlash xayriya konsertida yana bir bor G'azodagi falastinlik bolalarni himoya qilib chiqqan. Tadbir Barselonadagi Palau Sant Jordi sport arenasida, Gvardiolaning tug'ilgan shahrida o'tkazilgan "Act X Palestine" xayriya konserti doirasida bo'lib o'tgan.
Futboldan tashqari falastinliklarni qo'llashi bilan ham tanilgan kataloniyalik murabbiy sahnada falastin ro'moli – kufiyani yelkasiga tashlagan holda nutq so'zlagan. U nutqini "xayrli kech" so'zi bilan boshlab, "Assalomu alaykum" deb davom ettirgan. Gvardiola ota-onasidan ayrilgan bolalar haqida gapirgan. U so'nggi 2 yil davomida ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan, G'azodagi bolalar tasvirlariga ishora qilib, "menimcha, biz ularni yolg'iz qoldirdik, tashlab ketdik" degan.
"Oxirgi ikki yil davomida ijtimoiy tarmoqlar va televizorda vayronalar orasida 'Onam qayerda?' deb yordam so'rab, o'zini videoga olayotgan bolani ko'rganimda, doim bir xil fikr keladi. U hali ham onasining qayerda ekanini bilmaydi", degan murabbiy nutqida.
U, shuningdek, dunyo yetakchilarining sukutini keskin qoralagan. 55 yoshli murabbiy dunyo davlatlarini tanqid qilib, hokimiyatdagilarni "qo'rqoq" deb atagan. Uning aytishicha, ular o'zlari issiq uylarida xavfsiz holda yashab, begunoh odamlarni boshqa begunoh odamlarga qarshi urushga yubormoqda.
@Referee_time
🇪🇺 Chempionlar Ligasi o'tish bosqichiga qur'a tashlandi.
✅ Natijalar bilan tanishing !
👇KANALIGA A'ZO BO'LISH👇
https://t.me/referee_time
✅ Natijalar bilan tanishing !
👇KANALIGA A'ZO BO'LISH👇
https://t.me/referee_time
«Бавария» яна «Челси» ўйинчисига қизиқиш билдирмоқда»
Мюнхеннинг «Бавария» клуби «Челси» ҳимоячиси Жош Ачимпонгни диққат билан кузатиб бормоқда. 19 ёшли футболчи баварияликлар қидираётган ўйинчи профилига жуда мос: у ёш, трансфери жуда қимматга тушмайди ва айни пайтда келажакда ўсиш учун катта салоҳиятга эга.
Албатта, немис клуби ҳали ҳам марказий ҳимояда Дайо Упамекано ва Жонатан Та атрофида режа тузмоқда. Раҳбарият дарҳол асосий таркибни талаб қиладиган «юлдуз» футболчини таклиф қилишни истамайди. Шунинг учун Ачимпонг каби футболчилар «Бавария»да жиддий қизиқиш уйғотмоқда — улар ривожланишга тайёр ва таркиб чуқурлигини таъминлай олади.
BavarianFootballWorks маълумотларига кўра, «Бавария» ўтган ёзда ҳам «Челси»нинг ёш ўйинчига қизиқиш билдирган эди. Аммо ҳозирда клубнинг фаол ҳаракатлари Дайо Упамеканонинг жамоадаги келажаги бўйича қарорга боғлиқ.
Канални дўстларга ҳам улашинг 👇👇

👍2🔥2
Pep Guardiola rekord o‘rnatdi: 400 g‘alabaga eng tez yetgan murabbiy!
Angliya premier ligasi jamoalari orasida eng kam o‘yin bilan 400 talik g‘alabaga erishgan murabbiy bo‘ldi.
Pep 400ta g‘alabaga erishish uchun unga 569 o‘yin yetarli bo‘ldi.
Kanalga obuna bo‘lishni unutmang 👇👇

🔥1
Jurnalist: “Jamoa charchaganmidi?”
Joze Mourinyo:
Futbol biz bilan yanada yaqin👇👇
@referee_time
Joze Mourinyo:
“Charchaganmi? Kun bo‘yi ishlab, uyiga 50 dollar bilan qaytadigan ota charchaydi. Biz emas.”
Futbol biz bilan yanada yaqin👇👇
@referee_time
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ronaldo faoliyatidagi 961-golini urdi. Minglik davonga yana 39 gol qoldi.
Kanalga obuna bo‘ling 👇👇
@referee_time
Kanalga obuna bo‘ling 👇👇
@referee_time
Luka Modrić Zinedin Zidan haqida:
«Ketma-ket uchta Chempionlar Ligasi… Uning kiyinish xonasiga kelishi ajoyib edi. Biz unga bolalardek qarardik. U bilan gaplashardik, mashg‘ulotlarda birga ishlardik. Anchelottining yordamchisi paytida u kamtar va sokin edi, lekin bosh murabbiy sifatida — fenomenal edi.
Unda o‘ziga xos bir aura bor, futbolni ich-ichigacha biladi. U jamoaga nima kerakligini aniq bilardi, sifatni ko‘ra olardi, talabchan edi va hammaga ishonib, ko‘p rotatsiya qilardi. Bu uning harakatlaridan bilinib turardi. U bilan o‘tgan davr biz uchun juda alohida edi.
Bazan u mashg‘ulotlarda biz bilan birga o‘ynardi.
U ko‘p yugura olmasdi, lekin sifati aql bovar qilmas darajada edi. U Mourinyodek halol va to‘g‘riso‘z».
Futbol biz bilan yanada maroqli👇👇

Пьерлуиджи Коллина, фаолиятидаги энг таъсирли лаҳза ҳақида:
«Ўйиннинг охирги икки дақиқаси эди. Мен Бавария заҳира ўриндиғидаги футболчилар чемпионликни нишонлашга ҳозир бўлиб турганини кўрдим. Трибуналардаги мухлислар эса финал ҳуштагини кутиб, бир-бирини қучоқлаб туришарди.
Шу пайт бирданига “Манчестер” икки дақиқа ичида иккита гол урди ва ҳисобни бутунлай ўзгартириб юборди. Инглизлар заҳира ўриндиғидаги футболчиларнинг қувончини ҳеч қачон унутмайман — гўё шерлар наъра тортаётгандек эди. Бавария томонда эса сув қуйгандек жимжит сукунат ҳукм сурди.
“Юнайтед” футболчилари майдонда телбалардек югуришарди. Шу билан бирга, бир Бавария футболчисини ерда ётиб, йиғлаётганини кўрдим — умидсизлик ва улкан алам ичида. Униинг ёнига бордим, лекин унга айтишга бошқа сўз топа олмадим:
👉
Ўша лаҳзада мен футболнинг асл қиёфасини кўрдим: одамлар стадионда бутун умрини беришга тайёр бўладиган ўйин — кимдир қувончдан қичқиради, бошқалар эса қалбан синдирилади.» ❤️

«Ўрнингдан тур ва кураш, ҳали 20 сония бор!»