Referee_time
792 subscribers
296 photos
196 videos
1 file
85 links
Referee Time | Futbol Analitika ⚽️
🤔 Penalti bormidi? Qizil kartochka-chi?
🚩 Har bir epizodga professional nigoh
📰 Futbol olami: Yangiliklar, gollar va emotsiyalar
Qoidalarni bilish — o'yinni tushunishdir!
​Savollar: @referee_time7
Download Telegram
Andrea Pirlo 2006-yilgi mundialni shunday eslaydi:

"Ertalab uyg‘ondim, biroz PlayStation o‘ynadim, va o‘sha kuni kechroq Jahon chempioni bo‘ldim."


Italiya muxlislariga yuborib qo‘ying
Kanal manzili 👉 @referee_time
👍1
Cristiano Ronaldo:
“Mesut men birga o‘ynagan futbolchilar orasida eng yaxshisi edi. U men qayerda bo‘lishimni, hatto men o‘zim bilishimdan oldin bilardi.”


Kanal manzili 👇👇
@referee_time
👏3
Transfermarkt reytingi Abduqodir Husanovni Osiyoda "tengsiz" qildi!

Nufuzli Transfermarkt portali jahon futbolidagi barcha konfederatsiyalar kesimida futbolchilarning transfer qiymatlari bo‘yicha yangi reytinglarni e’lon qildi. Yangilangan ro‘yxatda har bir konfederatsiyadagi eng qimmat o‘yinchilar alohida ko‘rsatilgan bo‘lib, bu reyting hozirgi futbol bozorida qaysi futbolchining “narxi” qanchalik yuksak ekanini yaqqol aks ettiradi.

Avvalo, raqamlar tushunarli bo‘lishi uchun bir jihatni qisqa izohlab o‘tish kerak: “konfederatsiya” degani nima? Futbol dunyosi mintaqa-mintaqa bo‘lib tashkil qilingan. Har bir mintaqada milliy federatsiyalarni birlashtiradigan, musobaqalarni o‘tkazadigan va umumiy qoidalarni muvofiqlashtiradigan konfederatsiya mavjud.

Osiyo futbol konfederatsiyasi esa hudud jihatidan eng kattalaridan biri sanaladi. Yaponiya va Janubiy Koreyadan tortib, O‘zbekiston, keyin esa Saudiya Arabistoni va Avstraliyagacha bo‘lgan ulkan maydonni aynan shu konfederatsiya qamrab oladi. Qisqasi, bu yerda raqobat ham, talab ham o‘ta qattiq.
ta qattiq.

Eng qiziq va muxlislarning qalbini tebratgan yangilik shundaki, Transfermarkt qayd etgan ro‘yxatda Osiyoning eng qimmat futbolchisi sifatida “Manchester Siti” himoyachisi Abduqodir Husanov ko‘rsatildi. 21 yoshli o‘zbek futbolchisi bugungi kunda O‘zbekiston milliy terma jamoasining asosiy markaziy himoyachilaridan biri sifatida tan olinadi.

Reytingga ko‘ra, Husanovning joriy transfer qiymati 35 million yevroni tashkil qilmoqda. Bu raqam shunchaki chiroyli ko‘rsatkich emas — bu O‘zbekiston futboli uchun katta voqelik, katta signal. Chunki hozirgacha hech bir o‘zbek futbolchisi bunday baland qiymatga chiqmagan, Abduqodirning bu darajasi esa mamlakat futboli uchun haqiqiy sensatsiya sifatida baholanmoqda.

E’tiborli tomoni, Husanov hali juda yosh bo‘la turib, Osiyo futbolining nomdor yulduzlarini ortda qoldirdi. Masalan, qit’aning eng qimmat o‘yinchilari ro‘yxatida ikkinchi o‘rinda turgan 28 yoshli Kaoru Mitoma 30 million yevroga baholangan. Angliyada to‘p tepayotgan bu chap qanot hujumchisi tezlik, dribling va kutilmagan harakatlari bilan tanilgan.

Kuchli uchlikda esa yana bir yapon yulduzi bor — 24 yoshli Takefusa Kubo. U o‘ng qanotda o‘ynaydi, Ispaniya chempionatida texnikasi va maydonni ko‘rish qobiliyati bilan ko‘pchilikning e’tiborini tortgan futbolchilardan biri. Transfermarkt bahosiga ko‘ra, Kubo ham 30 million yevro qiymatga ega.

Shu tarzda, Osiyo futbol bozoridagi eng baland qiymatli o‘yinchi sifatida Abduqodir Husanovning birinchi o‘ringa chiqqani nafaqat statistika, balki kelajak uchun ham katta ishora. Bunday natija o‘zbek futbolidagi yangi avlod “katta sahnaga tayyor” ekanini ko‘rsatyapti. Endi eng muhimi — shu sur’atni ushlab qolish va bu nomni yanada balandroq pog‘onalarga olib chiqish.

Kanalga obuna bo‘ling 👇👇
@referee_time
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
VAR Alavés – Real Sociedad o‘yinida ishga tushdi

👉🏻 Ćaleta-Car Toni Martínezni futbolkasidan tortib, uni yechib yubordi va hujumni davom ettirishiga to‘sqinlik qildi.

📖 Bu aniq penalti va sariq kartochka.
Chunki qizil libosli futbolchi to‘p uchun umuman harakat qilmagan va raqibini libosidan tortib qolib, uni istiqbolli hujumini to‘xtatib qo‘ydi.

Hakam Quentaro Gonzales qoidabuzarlikni ko‘rish uchun VAR ga borishga majbur bo‘ldi.
Bosh hakamlar har bir VARga borishi yoki xato qarorini VAR to‘g‘rilashi uning bahosi pastlashiga olib keladi.

Kanalga obuna bo‘lishni unutmang
@referee_time
Jurnalist: “Siz eng zo‘r bo‘lishni xohlaganmisiz?”
Zidan: “Men har doim eng zo‘ri bo‘lishni xohlaganman va buning uchun mehnat qilganman. Men har doim katta masqadlar sari intilganman. Lekin men eng zo‘r bo‘lmadim, xolos. Hatto Top-5 ga ham kirmayman. Oxir-oqibat, ehtimol, eng yaxshi 20 futbolchidan biri bo‘lsam kerak.”
Jurnalist: “Unda Top-5 ga kimlarni qo‘yardingiz?”
Zidan: “Men undan ham ko‘proq qo‘yamman (kuladi): Maradona, Pele, Kroyff, Di Stefano, Platini, Messi, ikkala Ronaldo va… Franchescoli.”


Kanalga obuna bo‘ling 👇👇
@referee_time
1
Gennaro Gattuso:
“Ba’zilar pianinochi bo‘lib tug‘iladi, boshqalar esa pianinoni ko‘tarib yuradi. Hayot shunaqa. Menda faqat barqarorlik va o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoq bor.
Xudo menga bergan yagona iste’dod — hech qachon taslim bo‘lmaslik. Men allaqachon plyajda futbol o‘ynab, bandargohda baliq sotib, Vespamda mashg‘ulotlarga qatnab yurib ham baxtli edim. Hayotimdagi yagona farq —“Men ich-ichimdan o‘sha oddiy Gattusoman. Faqat hozir bankdagi pulim ko‘proq — xolos. Boshqa tomondan men oddiy odamlardan farq qilmayman.” Men shuncha pulga loyiq emasman.”

Haqiqiy futbol ishqibozlariga yuboring
@referee_time
Koul Palmer APLda birinchi bo‘limning o‘zida uch marta xet-trik qayd etdi😳

🎩 Evertonga qarshi (2024-yil aprel)
🎩 Brightonga qarshi (2024-yil sentabr)
🎩 Wolvesga qarshi 🆕

Qiziqali maʼlumotlar faqat @referee_time kanalida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Barselona vs Mallorka o‘yinida Levandovskiy goli "o‘yindan tashqari holatda" kiritildimi?

YO‘Q

Reshford to‘pni darvozaga yo‘llagan birinchi vaziyatda Levandovskiy o‘yindan tashqari holatida edi, lekin u o‘yinga hech qanday tasir o‘tkazmadi. Raqibga halal bermadi. Himoyachi to‘pni boshi bilan qaytarib yubordi ammo to‘p Olmoga tegib yana unga qaytib tushdi. Olmoga to‘p tekkan vaziyatda esa Levandovskiy himoyachidan orqaroqda edi.
Xulosa: Gol qoidalarga asosan urildi.

Barselona muxlislariga yuborib qo‘ying 👇
@referee_time
Manchester Yunayted vs Totenham "Romero"ga ko‘rsatilgan qizil asoslimi?

HA ✓

Jiddiy qoidabuzarlik (Serious foul play)
Jiddiy qoidabuzarlik — bu raqib o‘yinchining xavfsizligiga xavf tug‘diradigan yoki haddan tashqari kuch ishlatilgan, shafqatsizlik bilan sodir etilgan to‘qnashuv yoki kurash harakati bo‘lib, bunday harakatlar jiddiy qoidabuzarlik sifatida jazolanishi kerak.

Xulosa: Romero o‘yin qoidasini jiddiy ravishda buzdi. Kazemironi to‘piq qismi yani himoyalanmagan qismiga haddan ortiq kuch bilan zarba berdi. Kontakt davomli va pauza bilan bo‘ldi va bu raqib sog‘liki uchun xavfli harakat. 
VAR bu holatni tekshirib chiqdi va bosh hakam Teylorning qarorini tasdiqladi.

Futbol qoidalari va bahsli vaziyatlar tahlili faqat bizning kanalda 👇👇
@referee_time
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Barselona vs Mallorka
Yamal yiqilgan vaziyat penalti bormidi?

Penalti yo‘q

O‘yinning 48-daqiqasida Yamal jarima maydonida to‘p bilan harakatlanyabdi, unga 22-raqamli raqibi to‘pga o‘ynashga urunib oyoqini Yamalni oldiga tashladi.
Oq libosli futbolchini chap oyoqi, Yamalni chap oyoqiga tegdi. Penalti uchun yetarli emas. Yamal o‘zi maydonga quladi.

Quentara Gonsalez vaziyatga juda yaqin turgan edi, VAR ham o‘yinga aralashmadi.
Ammo ARCHIVO VAR bu aniq penalti deb xulosa berdi.

Vaziyat 50/50 bersa ham asos bor. Sabab 22-raqam to‘pga ulgurmadi va kontakt bor.

Bermaslikga asos kontakt juda kuchsiz va Yamal penalti ishlash uchun o‘zini maydonga otdi, o‘zidan qo‘shdi yani.

Bu vaziyatda siz qanday fikrdasiz penalti bormidi yoki yo‘q? Izohlarda yozib qoldiring.

Postni yaqinlaringizga yuborib qo‘ying
@referee_time
Lisandro Martines “Shporlar”ga qarshi o‘yinda 103 ta aniq pas uzatdi — bu Manchester Yunayted futbolchilaridan joriy mavsumda APLdagi bir o‘yinda eng ko‘p pas bergan natija 🎯

Qiziqarli maʼlumotlar bizning kanalda
@referee_time
11👍1🔥1👏1🏆1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Сабослаига қизил кўрсатиш учун «Сити»ни голдан маҳрум қилиш шартмиди?

Ҳа шарт эди

Ҳолланд яққол гол уриш имкониятига эга эди ва Собаслаи уни тортиб қолиб қоидани бузди. Аммо Ҳолланд тўҳтамади ва ҳужумни давом эттирди.

Футбол қоидалари: "LAWS OF THE GAME"нинг 12-қоидасига асосан ҳакам"advantage" дан фойдаланди. Сўнги сонияларда Ҳолланд Сабослаини ушлаб қолиб уни тўпни қайтариб қолиш имкониятидан маҳрум қилди яни гол қоида бузиш эвазига( ҳужумда фол) билан урилди.

Дастлабки қоида бузарлик Сабослаи тамонидан содир этилгани учун гол бекор қилинди ва футболчи қизил карточка олди.

Агар Ҳолланд қоида бузмаганида гол инобатга олинар ва Собаслаи сариқ карта билан жазоланар эди, «DOGSO» дан кейин ҳужум давом этса карта даражаси бир поғона пастлайди.

Маълумот учун: Сабослаи фақатгина битта ўйинни ўтказиб юборади. Яни у DOGSO учун қизил олди. Жиддий қоида бузарлик ёки тажавузкор ҳаракат учун эмас.
Каналга обуна бўлинг
@referee_time
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Liverpul vs Manchester Siti 90+1 daqiqadagi penalti to‘g‘ri berildimi?

Menimcha YO‘Q


Chunki hujum epizodi allaqachon tugagan edi, shu sababli keyingi kontaktning hech qanday ahamiyati yo‘q.

Liverpul posboni to‘p uchun harakat qildi va tashlandi ammo to‘pga ulgurmadi. Alisson jiddiy qoidabuzarlik sodir etmadi. Raqib sog‘liki uchun xavfli o‘ynamadi, shunchaki to‘pga otildi. Nunes va Alisson o‘rtasida yengil kontakt bo‘ldi, Nunes zarbasidan so‘ng
to‘p maydonni darvoza chiziqi tamonidan tark etayotgan edi Nunes to‘pni nazorat qila olmas edi. Bunday holatlarda kontakt eʼtiborga olinmaydi.

Lekin VAR ko‘rib chiqib bu qoida buzarlikni penalti deb topdi.

Bu vaziyatda sizning qaroringiz qanday?

Futbol qoidalari va bahsli vaziyatlar tahlili faqatgina bizning kanalda.

@referee_time bilan futbol yana maroqli...
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Barselona vs Mallorka o‘yinining 23-daqiqasida VAR va hakamlar xatoga yo‘l qo‘yishgan edimi?

Xa, hakamlar va VAR xatoga yo‘l qo‘ydi


Jarima maydoni ichida darvozaga qarab ketayotgan to‘pni oq libosdagi 27-raqamli futbolchi qo‘li bilan o‘ynab yo‘nalishini o‘zgartirdi.

Bu "LAWS OF THE GAME"ning 12-qoidasi
" Qo‘l bilan o‘ynash" bandi bo‘yicha qoida buzarlik. Chunki qo‘l tanasidan notabiiy ravishda kattalashtirilgan hamda to‘p qo‘lga tegmagan, balki ataylab qo‘lni to‘p tamon olib borgan, yani qo‘l bilan o‘ynalgan. Bosh hakam Quentaro Gonzales qoidabuzarlikni ko‘rmay qolishi mumkin, negadir VAR ham o‘yinga aralashmadi. Bu jiddiy xato sifatida baholandi.

ARCHIVOVAR bergan maʼlumotga asosan bosh hakam 2.00bal oldi hakamliki uchun.

Tushunarli bo‘lishi uchun hakamlarga 10ballik sistemada baho qo‘yiladi odatda eng zo‘r hakamlar 9 bal bilan baholanadi va 7.6baldan past olsa bu maktabdagi 3-baho bilan teng degani.

Xulosa: Kutilgan qaror penalti ogohlantirishsiz!

@referee_time
“Роналдо ҳам эътироф этган ҳакам: футбол тарихидаги энг зўри”

У майдонда бўлганида 4 тилда мулоқот қилган: француз, испан, италян ва инглиз тилларида.
Ҳар бир ўйиндан олдин бошқарадиган жамоалардаги футболчиларни ўрганиб чиқарди ва барча футболчиларнинг исмларини ёдлаб оларди.
2002 йил Корея–Япония жаҳон чемпионати финалида Роналдо унга ўз футболкасини совға қилган, у эса ўйиннинг тўпини олиб кетган. Бразилия ва Германия футболчилари унинг фаолиятини олқишлашган.
У футбол видео ўйини (PES 3) муқовасида чиққан ягона ҳакам бўлган.
France Football нашри томонидан тарихдаги энг яхши ҳакам деб эътироф этилган.
У 7 марта А Серияда “Йил ҳаками” деб топилган.
У Чемпионлар Лигаси, Европа Лигаси, Олимпия ўйинлари ва Жаҳон чемпионати финалларида ҳакамлик қилган.
IFFHS (Халқаро Футбол Тарихи ва Статистика Федерацияси) томонидан 1988, 1989, 1998, 1999, 2000, 2001, 2002 ва 2003 йилларда дунёдаги йилнинг энг яхши ҳаками деб эътироф этилган.

Фойдали маълумотларни ўтказиб юбормаслик учун саҳифамга обуна бўлинг
@referee_time
🔥4
ДИДЬЕ ДРОГБА:
«Торреснинг “Челси”даги даври кўпчилик умид қилгандек ўтмади. Айримлар ҳатто уни трансфер нархи билан ўйинини солиштириб, клуб тарихидаги энг омадсиз харидлардан бири деб аташди. Лекин у ҳар бир “Челси” мухлиси умри бўйи унутмайдиган бир гол урди.
2012 йилги Чемпионлар Лигаси юришида Торрес Ди Маттеонинг асосий режаларида деярли йўқ эди. У “Барселона”га қарши ярим финалнинг икки ўйинида ҳам жами тахминан 10 дақиқа майдонга тушган, холос.
Лекин у “Камп Ноу”да урган ўша ҳисобни тенглаштирувчи гол жуда катта аҳамиятга эга эди. Мен буни жуда аниқ эслайман — “Барселона” қаттиқ босим қиларди, жарима майдонимиз яқинидаги хавфли ҳужумдан кейин Хави ҳал қилувчи пас беришга уринган эди. Агар ўша пайт Торрес ўша ерда бўлмаганида, “Барса” яна бир катта имкониятга эга бўлиши мумкин эди. Билмайсан, ўша вазият қандай якунланиши мумкин эди.
Сўнг эса ўйиннинг сўнгги сонияларида у якка ўзи қочиб чиқди, тўпни уларнинг ярим майдонида қабул қилди ва аниқ зарба билан дарвозага жойлади. Манзаралар ишониб бўлмас даражада эди. Ди Маттеонинг реакцияси, барча ўйинчиларнинг қувончи…
Ўйиндан кейин Роман Абрамович кийим алмаштириш хонасига кириб, Торресга:
“Сен бу ердан ҳеч қачон кетмайсан”, — деган.»

Сиз бу ўйинни эслайсизми, хотирангизда бу баҳс қандай сақланиб қолган?


Футбол иқтибослари, баҳсли вазиятлар таҳлили, энг ишончли ва расмий маълумотлар бизнинг каналда👇👇
@referee_time
Жаҳон юлдузларининг РоландинЬо ҳақида эътирофлари

Деку:
«Роналдиньо Месси ва Криштиану Роналдудан ҳам иқтидорлироқ эди. Биз нима қилишни билмай қолган пайтларда, у ўзи гол уриш имкониятларини яратиб берарди.»

Серхио Рамос:
«Роналдиньо энг яхши пайтида деярли тўхтатиб бўлмас футболчи эди — ҳам ҳужумчи, ҳам плеймейкер сифатида.»

Неймар Жр.:
«Роналдиньога ҳеч кимни солиштириб бўлмайди. Унинг ҳаракатлари, дриблинглари ёдимда. “Камп Ноу”да барча совринларни ютганини ҳам эслайман.»

Нани:
«Тарихдаги энг яхши футболчими? Роналдиньо. Чунки у энг яхши ҳолатида бўлганида, ҳеч ким унга тенглаша олмасди. Унинг юзида доим табассум бўларди. У маҳоратли эди, ажойиб голлар урарди ва ўйинга сеҳр қўшарди.»

Лео Месси:
«Барселонадаги ўзгаришлар учун Роналдиньо жавобгар эди. “Барса” у қилган ишлари учун ҳар доим миннатдор бўлиши керак.»
Роналдиньо Гаучо қанчалик ўзига хос ва бетакрор бўлганини ҳеч қачон унутманг 😍🇧🇷

РоналдЬно муҳлисларига ташлаб қўйинг
@referee_time
#statistika

O‘tgan mavsum Manchester Yunayted 38 o‘yinda 44 ochko jamg‘argan edi.
Joriy mavsum Maykl Kerrik ketma ket to‘rt g‘alabali seriya qayd etib kelmoqda va 25 o‘yinda o‘tgan mavsumdagi ochkolarini jamoa jamg‘arib bo‘ldi. Turnir jadvalida 2-o‘rindagi ʼʼManchester Sitiʼʼ dan atiga 6 ochko ortda bormoqda.«qizil iblislar» kelasi mavsum chempionlar ligasida o‘ynash uchun ajoyib imkoniyatga ega.
Aytgandek agar Manchester Yunayted Vest Hamni mag‘lub qilsa anavi brat nihoyat sochini oldiradi. Deyarli 500kundan beri akam sartaroshga bormas ekanlar😂😂.

Manchester Yunayted muxlislariga yuborish esdan chiqmasin.

Kanal manzili 👉 @referee_time
Pep Gvardiola VARda “sog‘lom mantiq” yetishmayotganini aytdi — Premyer-liga tarixidagi eng yorqin lahzalardan biri bekor bo‘lgani ortidan:

Pep:
“Biz o‘yinda g‘alaba qozondik, lekin endi Saboslai o‘ynay olmaydi. Bilaman, u raqibini tortdi, ammo o‘yin davomida juda ko‘p shunday tortishlar bo‘ladi va hakamlar ‘Davom eting, davom eting’, deydi.
Bu mamlakatda, Premyer-ligada har doim shunday bo‘lgan. Shuning uchun golni hisoblab, hisobni 3:1 qilib qo‘yish kerak edi. Saboslai o‘ynay olardi va hammamiz xursand bo‘lardik.”


Siz qanday fikrdasiz izohlarda yozib qoldiring👇👇
@referee_time
#statistika
🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 "Man Siti" 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿"Liverpul"ga qarshi o'zining Enfildga qilgan so'nggi 23 safarida atigi ikkinchi g'alabasini qo'lga kiritdi.

@referee_time