https://youtu.be/h5m8NJIzYBE?si=EJmzfuWZ3xIm1bu8
💻 Ko’pchilik o’quvchilar dars tinglash uchun zoomni o’rnatishiga to’g’ri keladi.
☑️ Bu video qo’llanma orqali zoomdan qiyinchiliksiz foydalanishingiz mumkin.
🏙 Rebels
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥2✍1👏1🏆1
Forwarded from Rebel Korean Books
OSH BO’LSIN
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥32👍3 3💯1👨💻1
Forwarded from Rebel Korean Books
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥31👍16 11🏆3🤯2👏1
Ovqatlanish odobi_Rebels.pdf
484.2 KB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥36👍11🤝6🏆2👨💻2⚡1👏1 1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
تَقَبَّلَ اللَّهُ مِنَّا وَمِنْكُمْ صَالِحَ الأَعْمَالِ
Taqobbalallohu minna va minkum solihal-a‘māl
Alloh bizdan ham, sizdan ham (ibodatlarni) va solih amallarni qabul qilsin.
Rasululloh ﷺ ning sahobalari hayit kuni bir-birlari bilan uchrashganda, ular bir-birlariga: “Taqobbalallohu minna va minkum” der edilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥53⚡5👏5🤝4🎉3👍2🤯1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3💯48👍7🔥6⚡2🤯1🎉1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22💯1🤝1
❤️ Bugun Zulhijjaning birinchi kuni
Zulijjaning dastlabki o‘n kunining fazilatlari
Ibodat mavsumlarining eng buyuklaridan biri — Zulhijjaning dastlabki o‘n kunidir. Alloh bu kunlarni yilning barcha kunlaridan afzal qilgan. Hatto Ramazonning oxirgi o‘n kunidan ham. Ammo Ramazonning oxirgi o‘n kechasi Laylatul qadr sababli afzalroqdir.
Zulhijjaning dastlabki o‘n kunining fazilatiga sabablar
1. Alloh bu kunlar bilan qasam ichgan
Alloh taolo aytadi:
“Tong bilan qasam. O‘n kecha bilan qasam.”
(Fajr surasi, 1–2-oyatlar)
Ibn Abbos, Mujohid va boshqa mufassirlar bu “o‘n kecha”ni Zulhijjaning dastlabki o‘n kuni deb tafsir qilganlar.
2. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu kunlarni dunyoning eng afzal kunlari deb ta’riflaganlar
3. Bu kunlarda solih amallarga targ‘ib qilingan
4. Bu kunlarda takbir, tahmid va tahlil ko‘paytiriladi
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:
“Alloh huzurida bu o‘n kundan ulug‘roq va undagi amallardan suyukliroq kunlar yo‘q. Bas, bu kunlarda tahlil, takbir va tahmidni ko‘paytiringlar.”
(Ahmad rivoyati)
5. Bu kunlar ichida Arafa kuni bor
Araf kuni- Alloh dinni mukammal qilgan kundir. Bu kunning ro‘zasi ikki yil gunohiga kafforat bo‘ladi.
6. Bu kunlarda Qurbon hayiti kuni bor
Qurbon hayiti — yilning eng buyuk kunidir. U Hajning eng ulug‘ kunidir.
Qurbonlik qilmoqchi bo‘lgan odam uchun man qilingan narsalar
Kim qurbonlik qilmoqchi bo‘lsa, Zulhijja kirganidan keyin:
-sochini olmasligi,
-tirnog‘ini kesmasligi,
-terisidan biror narsani olib tashlamasligi sunnatdir.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:
“Kim qurbonlik qilmoqchi bo‘lsa, Zulhijjaning hilolini ko‘rganidan keyin qurbonligini qilgunicha sochi va tirnog‘idan hech narsa olmasin.”
(Imom Muslim rivoyati)
Agar kimdir unutib yoki bilmay olib qo‘ysa, tavba qiladi. Qurbonligi esa sahih bo‘ladi.
Agar tirnoq singani yoki yara sabab zarar yetayotgan bo‘lsa, olish joiz.
Bu hukmning hikmati — qurbonlik qiluvchi kishi ayrim jihatlarda ehromdagi hojilarga o‘xshashi va Allohga yaqinlashishidir.
Zulhijjada qilinadigan eng afzal amallar
1. Ro‘za tutish
Ayniqsa Arafa kuni ro‘za tutish juda fazilatli.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
- Zulhijjaning dastlabki to‘qqiz kunida,
- Ashuro kuni,
- Har oy uch kun ro‘za tutar edilar.
2. Takbir aytish
Quyidagilarni ko‘paytirish sunnat:
“Allohu akbar”
“Alhamdulillah”
“La ilaha illalloh”
“Subhanalloh”
Takbir lafzi
“Allohu akbar, Allohu akbar, la ilaha illalloh. Vallohu akbar va lillahil hamd.”
Bu sunnat bugungi kunda ko‘p joylarda tark etilgan sunnatlardan bo‘lib qolgan.
Zulhijjaning 9-kuni (Arafa) bomdod namozidan boshlab, 13-kuni asr namozigacha (jami 23 vaqt namozda) har bir farz namozidan keyin salom berish bilanoq takbiri tashriq aytish vorib (majburiy) hisoblanadi.
3. Haj va Umra qilish
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:
“Qabul bo‘lgan hajning mukofoti faqat jannatdir.”
4. Ko‘proq yaxshi amallar qilish
Kim hajga bora olmasa:
- namozni ko‘paytirsin,
- Qur’on o‘qisin,
- zikr qilsin,
- duo qilsin,
- sadaqa bersin,
- ota-onaga yaxshilik qilsin,
- qarindoshlik rishtalarini bog‘lasin,
- yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarsin.
5. Qurbonlik qilish
Bu kunlarda Allohga yaqinlashtiradigan ulug‘ amallardan biri — qurbonlik qilishdir.
Yaxshi va semiz hayvon tanlab, Alloh yo‘lida mol sarflash katta savobdir.
6. Chin tavba qilish
Bu kunlardagi eng muhim amallardan biri — Allohga samimiy tavba qilishdir.
Tavba:
- gunohni tark qilish,
- qilganiga pushaymon bo‘lish,
- qaytmaslikka qat’iy ahd qilishdir.
Alloh taolo aytadi:
“Kim tavba qilsa, iymon keltirsa va solih amal qilsa, bas ular najot topuvchilardandir.”
(Qasos surasi, 67-oyat)
Musulmon bu ulug‘ mavsumlarni qo‘ldan boy bermasligi kerak. Vaqt tez o‘tadi. O‘lim to‘satdan keladi. Qabrda inson faqat o‘z amali bilan qoladi.
Alloh taolo aytadi:
“Kim zarra miqdoricha yaxshilik qilsa, uni ko‘radi. Kim zarra miqdoricha yomonlik qilsa ham, uni ko‘radi.”
(Zalzala surasi, 7–8-oyatlar)
Shunday ekan, bu bebaho va qaytmas kunlarni g‘animat biling.
O‘lim kelishidan oldin solih amallarga shoshiling..
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3💯21🔥13👍3🤩3💊3🤝2🤓1
تَقَبَّلَ اللَّهُ مِنَّا وَمِنْكُمْ صَالِحَ الأَعْمَالِ
Taqobbalallohu minna va minkum solihal-a‘māl
Alloh bizdan ham, sizdan ham (ibodatlarni) va solih amallarni qabul qilsin.
Rasululloh ﷺ ning sahobalari hayit kuni bir-birlari bilan uchrashganda, ular bir-birlariga: “Taqobbalallohu minna va minkum” der edilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🎉29 9🤝7⚡2🔥1